20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2014 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqladi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar bermoqda


Sog’lom turmush tarzi–ma’naviy barkamollik namunasi


Download 145.42 Kb.
bet5/11
Sana03.06.2024
Hajmi145.42 Kb.
#1840603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ish o\'rnini tashkil etish

Sog’lom turmush tarzi–ma’naviy barkamollik namunasi
“Odamzodning sog’ligi ko’p jihatidan avvalambor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun sog’lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim.” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2004 yil 7 dekabrda so’zlagan nutqidan)
Turmush tarzi- inson hayotining shunday bir tayanch nuqtasiki, har bir inson unga tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishga erishishi mumkin.
Turmush tarzi- deganda inson bilan tabiiy ijtimoiy muhit o’rtasidagi barqaror va uzoqni ko’zlab o’rnatilgan munosabatlar tizimidan iborat bo’lgan jamiyatning axloqiy va moddiy qadriyatlari sifatida gavdalangan, intilishlari, maqsadlari, shakllangan xulqi, uzoq kelajakni o’ylab ish tutishi nuqtai nazardan esa jamiyatdagi mavjud qonunlar, ananalar va tartiblarga asoslangan holga o’zining turli xil ehtiyojlarini qondirib yashash tarzi tushuniladi.
Turmush tarzi – bu jamiyatda odamlarning faoliyati yurish turishi tartibi bo’lib, yashash sharoitlari bilan bog’langan, ularga javob beradi, ulardan u yoki bu darajada foydalanishni nazarda tutadi. Turmush tarzi- har bir shaxsning turmush kechirishi yoki boshqacha aytganda ularning yashash faoliyati shaklidir. Yashash sharoiti esa turmush tarzi bilan vositalashgan va shartlangan omillar yig’indisi bo’lib belglaydi yoki boshqacha qilib aytsak, yashash sharoiti turmush tarziga ta’sir kursatuvchi moddiy va manaviy omillar yig’indisidan tarkib topadi.
Turmush tarzi quyidagi 4 ta toifani o’z ichiga oladi: (Yu.P.Lisistin 1987y.)

  1. Iqtisodiy yoki “yashash darajasi” – farovon yashash toifasi bo’lib uni son jihatdan o’lchash mumkin. Bunga milliy daroma, iste’mol fondlari, aholining haqiqiy daromadlari va ulardan foydalanishni, uy- joy bilan ta’minlanish, tibbiy xizmat ko’rsatish va savodxonlik darajasi, ish vaqti va bo’sh vaqtning davomiyligi, daromadlari tarkibi va xokazolarni kiritish mumkin

  2. Ijtimoiy yoki “yashash sifati” esa uy-joy, yashash sharoitlari va ovqatlanish, qulayliklariga egaligi, ishdan qoniqishi, muloqotda bo’lishi kabilarni baholash uchun qo’llaniladigan toifa hisoblanadi.

  3. Ijtimoiy ruhiy tomoni “yashash uslubi” tarzida baholanib, u har bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlari- fikrlashi va tafakkur dirasi kabilarni qamrab oladi.

  4. Ijtimoi- iktisodiy tomoni esa –odamlarning jamiyatda tutgan o’rni, hayoti, turmushi, madaniyati hamda ularning yashash faoliyatlarini belgilaydi. Turmush tarzi – deganda insonlarning muayyan ijtimoiy muhitda, jamiyatda o’zini tutishi, ularning mehnat faoliyati va moddiy sharoitlarini o’zaro dialiktik munosabatlaridan iborat falsafiy kategoriya tushuniladi.

Shunday qilib turmush tarzi – ijtimoiy- iqtisodiy farmatstiya va jamiyatning ob’ektiv rivojlanish jarayonlari bilan bog’langan holda shakllanib, u tarixiy rivojlanishning malum bosqichida ishlab chiqarish usuliga bog’liq holda paydo bo’ladi.

  1. Odatda turmush tarzining quyidagi turlari farqlanadi: mexnat faoliyati bilan boo’liq turmush tarzi;

  2. Ijtimoiy – siyosiy faoliyat bilan bog’liq turmush tarzi;

  3. Tashqi dunyoni bilib olish, bilimlarga intilish bilan bog’liq turmush tarzi;

  4. Madaniy hayot bilan bog’langan turmush tarzi;

  5. Oila va tarbiyaviy jarayonlarbilan bog’liq turmush tarzi.

N 11.1
Siz, qadrli mehmonlarimizni, nufuzli xalqaro institutlar – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot bankining vakillarini, yetakchi olim va mutaxassislar, biznesmenlar, dunyoning 45 ta mamlakatidan tashrif buyurgan barcha konferensiya ishtirokchilarini qutlash, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromimni hamda anjuman ishida ishtirok etayotganingiz uchun samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. 


Bugungi anjuman uchun “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” degan mavzuning tanlanishi bejiz emas. Bu, birinchi navbatda, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilgani bizga eski mustabid, rejali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‘ta o‘tkir muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv bo‘lib xizmat qilgani bilan bog‘liq.


Mazkur sohani tez sur’atlar bilan taraqqiy toptirish va umuman, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha biz tanlagan model 2008-yilda boshlangan, bugungi kunda, afsuski, chuqurlashuv tendensiyasiga ega bo‘lib borayotgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozning salbiy va halokatli oqibatlarining oldini olish hamda bartaraf etishda O‘zbekiston uchun hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Jahon miqyosida yangi retsessiya va bankrotlik to‘lqini, stagnatsiya va ishlab chiqarishning pasayish xavfi tobora ortib borayotgani, qarzdorlik majburiyatlari va byudjet taqchilligi o‘sayotgani, ishsizlik muammosi, aholi hayot darajasi va turmush sharoitining keskin yomonlashuvi, shuning natijasida odamlarning umumiy noroziligi va ijtimoiy keskinlik kuchayib borayotgani xavotirga solmay qo‘ymaydi.
Bank sektorini yangi pul massasi, shuningdek, moliya bozorini turli derivativalar, ya’ni, ikkilamchi mahsulotlar hisobidan nazoratsiz ravishda to‘ldirish davom etayotgani nafaqat inqirozdan chiqish muddatining cho‘zilishiga, balki milliy valyutalarning yanada qadrsizlanishi va shu bilan bog‘liq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning ustiga, katta miqdordagi valyuta mablag‘lari real iqtisodiyotga yetib bormasdan, jahon iqtisodiyotida asosan spekulyativ holatlar va stagnatsiya jarayonini kuchaytirmoqda.
Qisqacha aytganda, yuzaga kelayotgan ahvol jahon iqtisodiyotidagi muammolarni tezda hal etish imkonini bermayapti.

2.
Mustaqillik yillarida muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan davlatimiz siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri, xususan, fuqarolik jamiyatining negizi bo’lmish oila, mahalla hamda ta’lim tizimini har tomonlama rivojlantirish, yoshlarni barkamol insonlar etib tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Davlatimiz rahbari “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” nomli kitobida yoshlarni har tomonlama sog’lom va barkamol etib voyaga yetkazishda oldimizda turgan ustuvor vazifalar haqida to’xtalib, “Bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda.
Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o’zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot va begona bo’lgan turli xil xurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g’arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yanada hushyor va ogoh bo’lishga da’vat etishi tabiiydir.
SHu sababli yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash masalalari bir zum ham e’tiborimizdan chetda qolmasligi darkor”, deb ta’kidlab o’tdilar.
Yoshlar ta’lim-tarbiyasi, sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, sport bilan shug’ullanishi, zamonaviy bilimlarni, kasb-hunarlarni egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish orqali sog’lom turmush tarzini qaror toptirishda fuqarolar yig’inlarining ta’siri tobora oshib bormoqda. Ayniqsa, oila, mahalla va ta’lim muassasalarining o’zaro hamkorligi muhim ahamiyatiga ega.
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini ta’minlash bo’yicha belgilangan chora-tadbirlar: erishilgan natijalar va muammolar” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi tomonidan tashkil etilgan anjumanda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Xotin-qizlar qo’mitasi, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi vakillari, fuqarolar yig’inlari raislari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo’yicha maslahatchilar hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik kabi xislatlar bilan birga diniy va milliy bag’rikenglik, yuksak ma’naviyat egasi bo’lish hamda boshqa millatlarga nisbatan hurmat bilan qaraydigan, insoniy qadr-qimmatni e’zozlaydigan qilib tarbiyalashda oilaning, qolaversa, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida qayd etilgan ushbu mas’uliyatli ishlar faoliyati bo’yicha bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lgan uch omil, ya’ni “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi asosida tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu hamkorlikning samarali yo’lga qo’yilishi o’smirlar orasida turli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishining, shuningdek, giyohvandlik, diniy ekstremizm, “ommaviy madaniyat” va shunga o’xshash illatlarning oldini olishda, ularni sportga jalb etish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda qo’l kelmoqda. Asosiysi, bu hamkorlik yoshlarni har tomonlama barkamol, ham jismonan, ham ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashda, ularning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishda hal qiluvchi kuchga aylangan.
Anjumanda barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish, mustahkamlash va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 iyundagi “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 175-sonli qarori bilan “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi tasdiqlanib, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi” Jamoat kengashi faoliyati yo’lga qo’yilgani alohida e’tirof etildi.
Bugungi kunda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmini kuchaytirish bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlarda belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlash, xususan, jismonan sog’lom, ma’naviy yetuk, har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o’zaro hamkorligini tizimli yo’lga qo’yish, ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o’rni, majburiyati, mas’uliyati hamda farzandlar bilan yaqin munosabatlarini mustahkamlashga ko’maklashish maqsadida “Mahalla” fond va Xalq ta’limi tuzilmalari hamda respublikamizdagi o’n mingga yaqin fuqarolar yig’inlari tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida hamkorlik doirasida mahallalarda va ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini o’rganish, o’quvchilarning dars jarayoniga jalb etilishi, o’qishga muntazam qatnamaydigan o’quvchilarning ota-onalari o’rtasida tushuntirish ishlari bo’yicha jami 75 mingga yaqin targ’ibot tadbirlari o’tkazildi. Ta’lim muassasalari, mahalla faollari tomonidan mazkur oilalar farzandlarining darslarga to’liq qatnashishi, ularning ta’lim-tarbiyasi va odob-ahloqini alohida nazoratga olish, mas’ullarni biriktirish, ularni turli ijodiy o’quv va sport to’garaklariga imtiyozli jalb etishga mas’ullar biriktirilgan.
Shuningdek, fuqarolar yig’inlari huzurida faoliyat yuritayotgan 9046 ta “Ota-onalar universitetlari” tomonidan ota-onalarning huquqiy bilimlarini oshirish bo’yicha 26 mingga yaqin, ma’naviy-axloqiy bilimlarini oshirish bo’yicha 31 mingdan ortiq, fiziologik bilimlarini oshirish bo’yicha esa 21 mingdan ziyod targ’ibot tadbirlari o’tkazilishida amaliy yordamlar ko’rsatildi.

N.10.2


Download 145.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling