20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2014 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqladi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar bermoqda


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Download 145.42 Kb.
bet11/11
Sana03.06.2024
Hajmi145.42 Kb.
#1840603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ish o\'rnini tashkil etish

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, OʻzRning kadrlar tayyorlash milliy dasturi — 1997 y. 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning maqsadi taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qoliplardan toʻla xalos etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak maʼnaviy va axloqiy talablariga javob beruvchi milliy tizimini yaratishdan iborat. K.t.m.d. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997 y. avg .) qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan boʻlib,milliy tajribaning tahlili va jahon miqyosi taʼlim tizimidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini roʻyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, taʼlim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta oʻzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va b. tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida oʻz javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.
2. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan davlat dasturlari va ularda belgilangan vazifalar hayotga izchil joriy etilmoqda. Tizimning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanmoqda, jahon tibbiyoti ilg‘or texnologiyalari amaliyotga keng joriy etilmoqda. Buning natijasida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha markazlardan iborat, eng yuqori talablariga javob beradigan sifat jihatdan yangi tibbiy muassasalar tarmog‘i yaratildi. Masalan, 2014 yilning o‘zida butun mamlakat bo‘yicha 133 ta tibbiy muassasalar qurildi va qayta ta’mirlandi. Ushbu maqsadlarga 400 mlrd.so‘mdan ziyod byudjet mablag‘lari va qariyb 30 mln.dollar chet el kreditlari va mablag‘lari yo‘naltirildi.
Farmatsevtika jadal rivojlandi. Viloyatlarda ko‘p tarmoqli klinikalar muvaffaqiyatli ishlamoqda, oilaviy poliklinikalarda aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayollar salomatligini saqlash va mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda, masalan, davlatimiz rahbari tomonidan “2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida” qarori qabul qilingan. Tibbiy ko‘riklar samaradorligini oshirish, nikoh qurayotgan barcha shaxslarni tibbiy ko‘rik bilan to‘liq qamrab olish, ona va bola skriningi xizmatini yanada rivojlantirish masalalari har tomonlama ishlandi.
Skrining-markazlar, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazlari, ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiy markazlari zamonaviy asbob-uskunalar va zarur materiallar bilan ta’minlanmoqda. Bularning barchasi tizimli asosda onalar va bolalar diagnostika ko‘rigini o‘tkazish imkonini beradi. 2014 yilning o‘zida butun mamlakat bo‘yicha 6,5 mln. nafar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab o‘quvchilari, kasb-hunar kollej va litseylar talabalarining chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigi o‘tkazildi, bu esa kasalliklarni erta aniqlash va ularga qarshi samarali kurashish imkonini beradi. Natijada so‘nggi o‘n yilda rivojlanishida nuqsoni bor bolalar tug‘ilishi soni 1,3 barobarga kamaydi. 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘tkir respirator virusli infeksiyalar bilan kasallanish darajasi 34,4%ga pasaydi, pnevmoniya bilan - 49,7 foizga, bronxit bilan - 32,8 foizga, skolioz bilan - 32,7%ga kamaydi.
Sog‘liqni saqlash sohasida qishloq vrachlik punktlari faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqildi, ular sonini yanada maqbullashtirish, zamonaviy diagnostik va davolash asbob-uskunalar bilan jihozlash, ular xodimlar shtatini malakali tibbiy kadrlar bilan mustahkamlash va ular mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni yanada rivojlantirish partiyamiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiradi. O‘zLiDeP zamonaviy tibbiyotning eng yangi yutuqlarini yanada joriy etish, aholiga xususiy kapitalni jalb qilgan holda malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish tarafdoridir. Partiyamiz o‘zining samaradorligini namoyon etgan sog‘liqni saqlashning xususiy shakllarini hayotga yanada keng tadbiq etish, xususiy kapitalni jalb etgan holda sog‘lom raqobatni yaratish va bu bilan aholiga malakali tibbiy xizmatlarni taqdim etishni ilgari suradi. O‘zLiDeP fikricha, odamlarning davlat yoki xususiy klinikada davolanishni tanlash huquqini amalga ta’minlash vaqti keldi, shuningdek, sohada munosabatlarni qonunchilik asosida tartibga solish, xususiy tibbiy muassasalarga kafolatlar berish va ularning majburiyatlari va mas’uliyatini belgilash zarur.
Shunday qilib, hozirgi kunda butun mamlakatimiz bo‘ylab – chekka qishloqlardan boshlab poytaxtgacha – xalqimiz Islom Karimov rahbarligida turmush sifatini oshirish, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, tibbiy madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar mevalaridan bahramand bo‘lmoqda. O‘zbekistonda aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan va ma’nan sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishildi.
Ta’kidlash zarurki, bularning barchasiga o‘z o‘zidan erishilmadi, davlatimiz rahbari strategik fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lib, ijtimoiy sohalardagi, shu jumladan, tibbiyotdagi islohotlarni kompleks tarzda iqtisodiyotning jadal o‘sishi jarayonlari, umuman chuqur o‘ylangan va samarali faoliyat yurituvchi davlat tizimi, belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash bilan bog‘ladi. Bularning barchasi mamlakatimizda oliy lavozimga nomzod bo‘lgan insonning buyuk shaxs fazilatlari va ulkan tajribasining nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini namoyon etmoqda.
Shu bois, O‘zLiDeP S’ezdi delegati sifatida aytishim mumkinki, aynan Islom Karimov mamlakatimizning haqiqiy etakchisi, yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan davlat siyosati samaradorligini izchil davom ettirish va kuchaytirishning kafolatidir.
Download 145.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling