20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2014 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqladi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar bermoqda


Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari


Download 145.42 Kb.
bet6/11
Sana03.06.2024
Hajmi145.42 Kb.
#1840603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ish o\'rnini tashkil etish

Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari



08.09.2015 y.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlar Bosh boshqarmasiga qarashli 7552 harbiy qismda shaxsiy tarkibning huquqiy ongini yanada yuksaltirish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Zafar Arslonov “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” mavzusida davra suhbati uyushtirdi. Tadbirda harbiy qism komandiri podpolkovnik D.To‘ychiev, ofitserlar hamda serjantlar ishtirok etishdi.
Davra suhbatini olib borgan Zafar Arslonov, istiqlolning dastlabki kunlaridan O‘zbekistonda amalga oshirib kelinayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega demokratik huquqiy davlat qurish, inson oliy qadriyat hisoblangan, uning huquqlari, manfaatlari va erkinligi ta’minlanib, salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi. 
Shuningdek, bugungi kunga kelib mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar yangi pallaga kirgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan shakllantirilgan “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili asosida amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar natijasida sifati va mohiyatiga ko‘ra butunlay yangi jamiyat shakllanganini, xalq irodasi davlat siyosati va boshqaruvida o‘z ifodasini topishi ta’minlanganligiga alohida ta’kidlab o‘tildi.
Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo‘lida qabul qilingan va o‘z navbatida fuqarolar manfaatlarining yorqin ifodasi sifatida amal qilayotgan normativ huquqiy hujjatlarni ijtimoiy huquqiy qadriyatlar sirasiga kiritish mumkin. Bularga Mehnat kodeksi, “Bandlik to‘g‘risida”gi, “Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida”gi, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarni davlat nafaqasi bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Harbiy xizmatchilarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi, “Davlat yoshlar siyosati asoslari to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlarni kiritish mumkin.
Demokratik huquqiy davlatda fuqarolarda qonunga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, jamiyatda muayyan huquqiy munosabatlar joriy etish zarur. Davlatning muhim vazifalaridan biri jamiyatda qaror topgan huquqiy nigilizmni, davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqorolarning qonunni mensimaslik kayfiyatini bartaraf etish, uning o‘rniga jamiyatda ijobiy huquqiy ongni shakllantirish lozim. Bunday yondashuv huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatnini qurish vazifalarini hal qilish imkonini beradi.
N7.2
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishi — fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o’z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolar o’zini o’zi boshqaruvining kafolatini o’zida mujassam etgan normalar mavjud bo’lib, bunga asosan davlat nuqtai-nazaridan fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruviga muhim ahamiyatga ega institut sifatida yondoshilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasida fuqarolarning “davlat ishlarini boshqarishda o’z vakillari orqali ishtirok etish” huquqiga egaligi, davlat hokimiyati organlarida o’z vakillariga egaligi bilan chegaralanmaydi, balki mazkur printsipning xalq hokimiyatining barcha organlariga birdek qo’llanilishini bildiradi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini konstitutsiyaviy qoidalar bilan mustahkamlaganligi uning ommaviy-huquqiy xarakterini belgilab beradi. Demak, davlat hokimiyati fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini qonuniy-huquqiy baza va yuridik kafolat bilan ta’minlagan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari o’zini o’zi boshqara oladigan aholi faoliyati va uning organlarining, ommaviy hokimiyatni davlat vositalari va xizmat ko’rsatish uslublari o’rnini to’liq bosa olmaydigan joylarda tashkil qilinadi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini tartibga solib turishda “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonun eng muhim o’rin tutadi. SHu bilan birga O’zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylov institutining huquqiy asoslari mustahkamlab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2004 yil 29 aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida”gi qonun ana shu kabi qonunlar jumlasiga kiradi. Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish instituti mavjud bo’lgan davlatda shaxs manfaati, davlat manfaati, shu bilan birga mahalliy manfaatlar e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Bunda mahalliy manfaatlar, davlat manfaati ifoda etilish usulining tarkibiy ko’rinishi sifatida emas, balki alohida mustaqil ahamiyatga va kafolatga ega bo’lgan manfaat hisoblanadi.
Bizning jamiyatda jamoa bo’lib yashashning eng oliy shakli mahalladir. O’zbekcha “mahalla” so’zi arabchada “joy” ma’nosini bildiruvchi “mahallun” so’zidan kelib chiqqan. X asrdayoq shaharlardagi savdo-hunarmandchilik guzarlari, keyinchalik esa uy-joy mavzelari “mahalla” so’zi bilan atalgan. “Mahalla” atamasidan shaharning tabiiy shakllangan bir qismini bildiruvchi tom ma’nosidan tashqari, shaharning shu qismida yashovchilarning hududiy jamoasi, muayyan kasb-hunar bilan shug’ullanuvchilar ma’nosida ham foydalanilgan. Mahalla aholisining ijtimoiy tarkibi bir xil bo’lmagan. Mahalla aholisining tarkibi har qancha xilma-xil bo’lmasin – sinfiy tengsizlikka, kasb jihatdan uyushmaganligiga qaramay, ular shaxsiy aloqalar, mushtarak manfaatlar va majburiyatlar, umumiy ishlarda ishtirok etish orqali mahalla jamoasiga birlashgan. Mahalla hayotining jamoa bo’lib yashash tarzi o’zini-o’zi boshqarish tizimini keltirib chiqardi. Mahalliy jamoalarni, mahalliy darajada o’zini o’zi boshqarishni tashkil etishning bu shakli asrlar osha yashab kelmoqda.
Bugungi kunda ham u tarix qa’riga singib ketayotgani yo’q. Chuqur tarixiy ildizlarga ega bo’lgan, xalqning kundalik hayotini tashkil etib va yo’lga solib turgan mahalla demokratik poydevorga asoslangan muntazam axloq-odob tizimini keltirib chiqardi. Hozirda mahallada fuqarolar yig’ini raisiga ko’pgina vakolatlar belgilab qo’yilgan. Shuningdek, fuqarolar yig’ini raisining quyidagi vakolatlari mavjud. Fuqarolar yig’inining raisi (oqsoqoli): fuqarolar yig’inini chaqiradi; rais maslahatchilarining, mas’ul kotibning, fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalar hamda ma’muriy komissiya raislari va a’zolarining nomzodlarini saylash uchun fuqarolar yig’iniga taqdim etadi; qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, fuqarolar yig’ini va uning kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi; fuqarolar yig’ini mablag’larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi; egasiz mol-mulkni, shuningdek meros tariqasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga o’tgan mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini ko’radi; fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi; kam ta’minlangan oilalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr ko’rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash to’g’risida tegishli organlarga takliflar kiritadi; o’z hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib borishni, shuningdek tegishli hududda jamoat tartibini ta’minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o’smirlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko’maklashishga doir ishlarni tashkil etadi; voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo’yicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar haqidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga ko’maklashadi; ichki ishlar organlarining profilaktika bo’yicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
SHuningdek, yarashtiruv komissiyasida raislik qiladi; tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bog’liq ommaviy tadbirlar o’tkazilishini tashkil qiladi; ro’yxatdan o’tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko’rsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni uyushtiradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog’liq boshqa masalalarni hal etadi; fuqarolarni qabul qiladi, ularning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko’rib chiqadi; fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli to’g’risida ma’lumotnomalar hamda hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini ta’minlaydi; fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish to’g’risida qonunda belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdimnomalar kiritadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Fuqarolar yig’inining raisi (oqsoqoli) belgilangan namunadagi guvohnomaga ega bo’ladi. Fuqarolar yig’ini aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiladigan qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Xulosa qilib aytish joizki, zamonaviy demokratik sivilizatsiya nafaqat o’zining rivojlanishi haqida, balki o’zligini saqlab qolish to’g’risida qayg’urmoqda. Bir so’z bilan aytganda mahalla – fuqarolik jamiyati yo’nalishida erishiladigan ijtimoiy murosani ta’minlash – turli guruhlar o’rtasida barqaror uyg’unlikka erishishga asoslanadi.
1«Barkamol avlod — 2014» sport o‘yinlari respublika final bosqichiga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
— Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan uch bosqichli uzluksiz tizim — «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va Universiada sport musobaqalari mamlakatimiz yoshlari uchun katta hayot yo‘lini belgilab beradigan muhim sport bayramlariga aylandi, — deydi Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari Qahramon Quronboyev. — Ushbu noyob tizim maktab, litsey, kollej va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi, talaba-yoshlarini qamrab olgani bilan ham alohida ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘g‘il-qizlarimizni ezgu g‘oyalar yo‘lida birlashtirish va sport bilan muntazam shug‘ullanish ko‘nikmasini shakllantirishda ushbu sport bayramlarining o‘rni beqiyosdir.
«Barkamol avlod» sport o‘yinlari Respublika final bosqichi ilk marotaba 2001 yilda Jizzaxda o‘tkazilgan edi. Shundan so‘ng musobaqalarga Andijon (2003 yil), Chirchiq (2005 yil), Nukus (2008 yil) va Termiz (2011 yil) shaharlari mezbonlik qildi. «Barkamol avlod — 2014» sport o‘yinlari may oyi-ning oxirida Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi. Sport musobaqalari ishtirokchilari yashashi, maishiy-madaniy va zarur servis xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishlari uchun barcha sharoitlar hozirlandi.
Mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan uch bosqichli sport o‘yinlarining yana bir muhim jihati shundaki, barcha hududlarda musobaqalarning o‘tkazilishi munosabati bilan sport infratuzilmasi yanada yaxshilanmoqda. Yangi va zamonaviy sport inshootlari barpo etilib, zarur jihozlar bilan ta’minlanmoqda. Bu esa o‘sha hududda sport yanada ommalashuviga xizmat qilmoqda.
— Namanganda «Barkamol avlod — 2014» o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda, — deydi «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari bosh muharriri, «Barkamol avlod — 2014» sport o‘yinlari matbuot markazi rahbari Safar Ostonov. — Sport bazalari musobaqalarga tayyor, mehmonlarni kutib olish va joylashtirish masalalari to‘liq hal etilgan. Shuningdek, jurnalistlarimiz «Barkamol avlod» sport o‘yinlarini keng yoritishi va axborotlarni tahririyatlarga o‘z vaqtida uzatishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Matbuot markazi kerakli texnik jihozlar bilan ta’minlandi. Markazda ishlaydigan guruh shakllantirilgan. Biz ma’lumotlarni o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan tashqari, yana beshta xorijiy tilga tarjima qilgan holda tarqatamiz. Ommaviy axborot vositalarining 140 nafardan ziyod xodimi musobaqalarni yoritishda ishtirok etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, barkamol-avlod-2014.uz saytida ham sport bayrami batafsil yoritib boriladi.
Bu sport bayramini yoritishda uning ahamiyati va mohiyatiga ko‘proq e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. «Barkamol avlod» o‘yinlari doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ular nafaqat Namangan shahrida, balki viloyatning ko‘plab tumanlarida ham o‘tkaziladi. Bugun namanganliklar «Barkamol avlod» o‘yinlariga kelgan har bir ishtirokchi Namanganga yana qaytishni orzu qilsin, degan maqsad bilan bayramga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
— «Barkamol avlod» o‘yinlari doirasida sportning besh turi — futbol, gandbol, basketbol, voleybol va boks bo‘yicha mintaqaviy saralash bahslari mart-aprel oylarida o‘tkazildi, — deydi Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Tojiboyev. — Ushbu sport turlari bo‘yicha yarim finalga yo‘llanma olgan jamoalar, boks bo‘yicha esa chorak finalga yo‘llanma olgan sportchilar final bahslarida ishtirok etadi. Qolgan 11 sport turi bo‘yicha sportchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Namanganda o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.
Ilk bor o‘tkazilgan «Barkamol avlod» musobaqalarida o‘smirlar sportning 7 turi — futbol, voleybol, basketbol, kurash, tennis, suzish, yengil atletika bo‘yicha kuch sinashgan edi. 2011 yili Termizda sportning 12 turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Namanganda esa o‘n olti sport turi bo‘yicha kurash olib boriladi. Musobaqaning tantanali ochilish va yopilish marosimlari «Navbahor» markaziy stadionida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
N.6
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning muvaffaqiyati xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof qilinmoqda. Bu boradagi chora-tadbirlarning o‘ziga xos jihati ularning sog‘lom jamiyatni shakllantirishga qaratilgan davlat siyosati bilan uzviy bog‘liqligidan iborat, zero millat salomatligini saqlash – eng xayrli vazifadir. Mustaqillikning ilk yillaridanoq O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Bunday xayrli ishlar samarasida so‘nggi o‘n yilda rivojlanishida tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalar soni 1,3 barobar kamaydi. 6-15 yoshli bolalar orasida o‘tkir yuqumli kasalliklar bilan og‘rish 34,4 foizga, pnevmoniyaga chalinish 49,7 foizga, bronxit bilan xastalanish 32,8 va skolioz bilan kasallanish 32,7 foizga kamaydi.
O‘zLiDeP fikricha, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining keng qatlamlari tizimli ravishda sport bilan shug‘ullanishi, sifatli ovqatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratish, zararli illatlardan voz kechish ahamiyatiga bag‘ishlangan tushuntirish ishlarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bu jarayonda erishilayotgan muvaffaqiyatlarning omili bo‘lmoqda. Xususan, barkamol avlodni tarbiyalashga O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi munosib hissa qo‘shmoqda. Jamg‘arma mablg‘alari evaziga mamlakatimizda 1,7 mingdan ziyod sport ob’ektlari barpo etildi, zamonaviy sport jihozlari va anjomlari bilan ta’minlandi. Bu bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanib, salomatligini mustahkamlashiga xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov raisligida o‘tgan O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi yakunlarining tahlili bolalar sportini rivrojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga xizmat qilayotgan mazkur tashkilotning yaratilishi naqadar to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatmoqda. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyati sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oilalarni mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza, shu orqali millat salomatligini mustahkamlash va aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Jamg‘arma tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor jamg‘arma faoliyatini keng miqyosligidan dalolat beradi. Jumladan, bugungi kunga qadar 278 bolalar musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirilib, ular yangi musiqa asboblari, milliy va jahon musiqasiga oid o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlandi. SHu tarzda insonning ikki qanoti bo‘lgan jismoniy va ma’naviy etuklikka erishilmoqda.
Shundan kelib chiqib, O‘zLiDeP davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida bu borada amalga oshirilayotgan keng miqyosli ishlarni davom ettirish strategik muhim ahamiyatga ega ekaniga qat’iy ishonadi. Ijtimoiy sohadagi yangilanishlar farzandlarimizning jismoniy va ma’naviy rivojlanishi, yoshlarga oid davlat siyosatini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirdi. Sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan, o‘ziga ishongan, san’atga oshno bo‘lgan, keng dunyoqarashga ega bunday yoshlar jamiyatni boyitadi, hech qachon adashmaydi.
N 6.2


Download 145.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling