20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 2014 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqladi. Bu haqda Qonunchilik palatasining axborot xizmati xabar bermoqda
Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati
Download 145.42 Kb.
|
ish o\'rnini tashkil etish
Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati9 Dekabr 2015 Ma`ruzalar 3849 marta Mamlakatimizda mustaqil taraqqiyot yo’lida erishilgan barcha muvaffaqiyatlar, xususan, inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlanishi, samarali davlat boshqaruvi mexanizmining joriy etilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelishi va rivojlanishi kabi yutuqlar Konstitutsiya hamda u asosida qabul qilingan qonunlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qo’lga kiritildi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyat hayotining barcha sohalaridagi samarali islohotlar qatorida fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish, ular faoliyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki hamda mamlakat taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasini kuchaytirishga imkon yaratdi. Fuqarolik jamiyati huquq ustuvor bo’lgan, fuqarolarning huquq va erkinliklari to’liq ta’minlangan, fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanadigan, davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning erkin ishtiroki ta’minlangan erkin fuqarolar makoni ekan, aynan bunday omillarning shakllanishi uchun asos bo’lgan qoidalar Konstitutsiyamizning bir qator normalarida o’z ifodasini topgan. Asosiy Qonunimizdagi mantiqiy tizimlashtirilgan huquqiy normalar mohiyatan fuqarolik jamiyatining mazmuni va asosiy tamoyillarini, jamoat birlashmalari va ular faoliyatining kafolatlarini, haqiqiy demokratik jamiyatning siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy asoslarini huquqiy tartibga solishga yo’naltirilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, oldimizga qo’yilgan asosiy maqsad va ustuvor vazifalar mamlakatimizni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko’zlaydigan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyiliga asoslangan. Bu – demokratik islohotlarimiz izchil va tadrijiy, bosqichma-bosqich va uzluksiz tizimli jarayon ekanining yana bir isbotidir. «Fuqarolik jamiyati» degan tushunchaning tub ildizlari xalqimizning necha ming yillik olis tarixiga borib taqalishi ayni haqiqatdir. Fuqarolik jamiyatining noyob va betakror milliy instituti bo’lmish fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, jumladan, milliy demokratiya maktabi – mahallalar faqat bizning xalqimiz turmush tarziga, jamiyatimiz hayotigagina xos ekani ham shundan dalolat beradi. Shu o’rinda savol tug’iladi: fuqarolik jamiyati institutlari nima va ular jumlasiga qanday tashkilotlar kiradi? Birinchidan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, mahallalar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va fondlari, nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyatining nafaqat asosini tashkil etadigan, balki mazmun-mohiyatini ham belgilab beradigan fuqarolik institutlari sirasiga kiradi. Ikkinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari maqsad va vazifalarining asosiy yo’nalishi mamlakatimizda demokratik qadriyatlar va tamoyillar, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Fuqarolik institutlari, birinchi navbatda, aholining ijtimoiy faolligini oshirishga, milliy o’zlikni anglashga, jamiyat a’zolarining siyosiy madaniyati va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga ko’maklashmog’i zarur. Ular kishilarimiz hech kimdan kam emasligi va hech kimdan kam bo’lmasligini his etib yashashida, mustaqil fikr-mushohada yuritishida, o’z salohiyati va qobiliyatidan samarali foydalanishida, bir so’z bilan aytganda, buyuk kelajakni barpo etishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarida hamyurtlarimizga kamarbasta bo’lmog’i darkor. Uchinchidan, Asosiy Qonunimizning uchinchi bo’limi «Jamiyat va shaxs» deb nomlangan va fuqarolik jamiyatining an’analarini tiklash, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari maqomini huquqiy tarzda rasmiylashtirish, ularning real va barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidalardan tashkil topgan. Konstitutsiyamizning 34-moddasida: «O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar», – deya fuqarolarning jamoat birlashmalariga uyushish kabi konstitutsiyaviy huquqi mustahkamlab qo’yilgan. To’rtinchidan, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida demokratik qadriyatlar, inson huquqlari va erkinliklari, kishilarning qonuniy manfaatlari himoyasi alohida ustuvor ahamiyat kasb etishi shart. Bizning fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan maqsadimiz, avvalo, kishilarimiz ongiga demokratik qadriyatlarni va ko’nikmalarni izchillik bilan singdirib borishdir. Buning zamirida o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, atrofida ro’y berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabatda bo’ladigan, shu bilan birga, o’z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlar mujassamdir. O’zbekiston uchun istiqlol yillari aholimizning keng qatlamlari qo’llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo’ldi. Beshinchidan, Asosiy Qonunimizda ettita moddani o’z ichiga olgan alohida XIII bob bevosita jamoat birlashmalarining huquq va majburiyatlariga bag’ishlaganini ta’kidlash joiz. Xususan, Konstitutsiyamizning 58-moddasida: «Davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo’l qo’yilmaydi», – deb belgilab qo’yilgan. Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo bo’lish ixtiyoriydir. Download 145.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling