Tolali oʻsimliklar
Download 3.13 Kb.
|
tolali oʻsimliklar(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etibor uchun tashakkurlar
Tolali oʻsimliklarTolali oʻsimliklar - tola yoki yigiruv xom ashyolari, materiallari olinadigan bir va koʻp yillik oʻtsimon, buta va daraxtsimon oʻsimliklar. Oʻsimliklar dunyosidagi 292 oiladan 125 tasi tolali oʻsimliklar lar hisoblanadi. Tolali oʻsimliklarning ahamiyati toʻqimalari tarkibidagi lub tolalari (sklerenximali tolalar) va limbriformlar (mustahkam yogʻochlangan tolalar) miqdoriga bogʻliq. Tola oʻsimliklarning qaysi organlarida hosil boʻlishiga qarab tolali oʻsimliklar 3 guruhga ajratiladi: 1) tolasi urugʻida rivojlanadigan tolali oʻsimliklar — gʻoʻza (qarang Paxta tolasi); 2) tolasi ggoyasida rivojlanadigan tolali ozimlik — kanop, jut, nasha, tolali zigʻir, kendir, sida; 3) tolasi bargida rivojlanadigan tolali oʻsimliklar— tolali banan, agava, yukka, yangi Zelandiya zigʻiri. Tolali oʻsimliklar har xil botanik oila va turlarga mansub. Shuning uchun morfologik va biologik xususiyati boʻyicha birbiridan farq qiladi. Tola sifatining asosiy koʻrsatkichlari: uzunligi, diametri, egiluvchanligi va pishiqligidir. Tola oʻsimliqsan ajratilgan paytda oq, sariq va kulrang boʻladi. Biologik xususiyatlari xilmaxil boʻlgan Tolali oʻsimliklar yer yuzida turli tuproq — iqlim sharoitlarida yetishtiriladi. Toʻqimachilik sanoatida Tolali oʻsimliklar tolasining mayin yoki dagʻalligiga qarab har xil gazmollar ishlab chiqariladi. Jahon toʻqimachilik sanoatida paxta tolasidan mayin gazlamalar, lub tolali oʻsimliklarning tolasidan dagʻal gazlamalar, qop, qanor, arqon, choʻtka, qogʻoz kabi mahsulotlar va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi. Tolali oʻsimliklar urugʻi 18—42% moy boʻladi. Moy oziqovqatda, texnikada, lokboʻyoq sanoatida, sovun tayyorlashda va boshqa yoʻnalishlarda qoʻllaniladi. Etibor uchun tashakkurlarDownload 3.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling