20-variant Biznesni yuritish indeksining mohiyati. Kapital qurilishni amalga oshirish xususiyatlari Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari. Javoblar


Download 24.41 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi24.41 Kb.
#1240857
Bog'liq
инвеститсия


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BAHOLASH ISHI VA INVESTITSIYALAR” KAFEDRASI
“INVESTITSIYA VA INNOVATSIYALAR” FANIDAN ORALIQ NAZORAT VARIANTI


20-variant

  1. Biznesni yuritish indeksining mohiyati.

  2. Kapital qurilishni amalga oshirish xususiyatlari

  3. Xususiy investitsiyalar yordamida iqtisodiyot va uning real sektorini rivojlantirishning xorij tajribalari.


JAVOBLAR:
1.
Biznesni yuritish qulayligi ko'rsatkichi to'g'ridan-to'g'ri biznesga ta'sir ko'rsatadigan me'yoriy hujjatlarni o'lchash uchun mo'ljallangan va mamlakatning katta bozorlarga yaqinligi, infratuzilmaning sifati, inflyatsiya yoki jinoyatchilik kabi umumiy shartlarni bevosita o'lchamaydi.190 mamlakatda kundalik ishlarida biznes qoidalari bilan shug'ullanadigan 12,500 dan ortiq mutaxassislar (advokatlar, buxgalterlar va boshqalar) ma'lumotlari bo'yicha so'rovlarni yig'ishning navbatdagi bosqichi. Ushbu shaxslar. Bilan o'zaro aloqada Biznes qilish konferents-qo'ng'iroqlarda, yozma yozishmalarda va global guruh tashriflarida. 2017 yilgi hisobot uchun guruh a'zolari ma'lumotlarni tekshirish va respondentlarni jalb qilish uchun 34 ta mamlakatga tashrif buyurishdi. So'rov ma'lumotlari bir necha tekshiruv turlaridan o'tkaziladi. So'rovnomalar statistik ma'lumot emas va natijalar hisobotga kiritilishidan oldin izohlanadi va muvofiqligi tekshiriladi. Natijalar nashrdan oldin tegishli hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Respondentlar yozma so'rovnomalarni to'ldiradilar va tegishli qonunlar, qoidalar va to'lovlarga havolalarni standart taxminiy stsenariylar asosida, masalan, biznesning eng yirik ishbilarmon shahrida joylashganligi kabi aniq taxminlar bilan taqdim etadilar. iqtisodiyot.Xalqning indeks bo'yicha reytingi o'rtacha 10 ta pastki ko'rsatkichga asoslanadi:
Biznesni boshlash - yangi biznes ochish uchun protseduralar, vaqt, xarajat va minimal kapital
Qurilish uchun ruxsatnomalar bilan ishlash - Omborni qurish uchun protseduralar, vaqt va xarajatlar
Elektr energiyasini olish - yangi qurilgan ombor uchun doimiy elektr aloqasini olish uchun biznes uchun zarur bo'lgan protseduralar, vaqt va xarajatlar
Mulkni ro'yxatdan o'tkazish - tijorat ko'chmas mulkini ro'yxatdan o'tkazish tartibi, vaqti va narxi
Kredit olish - Qonuniy huquqlar indeksining mustahkamligi, kredit ma'lumotlari indeksining chuqurligi
Investorlarni himoya qilish - oshkor qilinish darajasi, direktorning javobgarligi darajasi va aktsiyadorlarning da'vosi qulayligi to'g'risidagi ko'rsatkichlar.
Soliqlarni to'lash - to'langan soliqlar soni, yiliga soliq deklaratsiyasini tayyorlashga sarflangan soat va yalpi foyda ulushi sifatida to'lanadigan umumiy soliq
Chegaralar orqali savdo qilish - eksport va import qilish uchun zarur bo'lgan hujjatlar soni, qiymati va vaqti
Majburiy shartnomalar - qarz shartnomasini bajarish uchun protseduralar, vaqt va xarajatlar
To'lovga qobiliyatsizlikni hal qilish - bankrotlik jarayonidagi vaqt, narx va qoplanish darajasi tarmog’i bo’lgan «qurilish industriyasi» bilan amalga oshiriladi.

2.
«Kapital qurilish» tushunchasi adabiyotlarda va amaliyotda ikki xil tarzda talqin qilinadi:
–moddiy ishlab chiqarishning tarmog’i sifatida;
–ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida.
Tarmoq sifatida kapital qurilish quyidagi asosiy belgilari bo’yicha xarakterlanadi: aniq maqsadga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish; texnologik jarayonlarning umumiyligi; malakali mutaxassislarning mavjudligi.
Ishlab chiqarish faoliyatining turi sifatida kapital qurilish quyidagi kompleks ishlarni bajarishi asosida korxonalar bino va inshootlarini barpo etishni (yaratishni) tavsiflaydi: qurilishni amalga oshirish uchun uskunalar montaji; loyiha-qidiruv ishlari; qurilish maydonini tayyorlash; sanitar-texnik qurilmalarni (kanalizatsiya, suv o’tkazgichlar va h.k.) barpo etish va boshq.
Qurilish mahsuloti hisoblangan binolar, inshootlar va boshqa ob’ektlar ko’p qirrali, konstruktsiyasi murakkab bo’lgan ob’ektlar hisoblanadi. Bu qurilish ishlarini ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. Qurilishni industrlashtirish qurilish tarmog’ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab chiqarish bloklari va konstruktsiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab chiqarishini bino va inshootlarni montaj qilish va yig’ish jarayonini mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi.
Qurilishni industrlashtirish qurilish ishlarining texnologiyasi bo’yicha keng ko’lamdagi o’zgarishlarni olib kiradi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy elementlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: yig’ma qurilishni rivojlantirish; qurilish-montaj ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish; qurilish ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.
Kapital qurilish ko’p aloqalarni xarakterlaydigan murakkab jarayondir. Uning asosiy xususiyati: ob’ektlarni qurishning texnik va tashkiliy jihatdan murakkabligi; moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlarining ko’pligi, ishlab chiqarish tsiklining davomiyligidir.
Kapital qurilishning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy ahamiyatga doir ob’ektlar, uy-joy, bino va inshootlarni zamonaviy texnik asosda qurish, mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdan iboratdir.
Aholi farovonligining oshishi, moddiy ishlab chiqarish barcha tarmoqlarining yanada rivojlanishi kapital qurilishning hajmi va samaradorligiga bog’liq bo’ladi. Kapital qurilish o’z vazifasini bajara turib, investitsiya jarayonlarida muhim rol o’ynaydi. Investitsiya jarayonlarida kapital qurilishning o’rni va ahamiyatini aniqlash uchun kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibiga murojaat qilish zarur bo’ladi.

3.
Investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlarda investitsiya siyosatini amalga oshirishda quyidagi uchta yo’nalishga alohida e’tibor bilan qaraladi: - import o’rnini bosish strategiyasini rivojlantirish; - tayanch tarmoqlar va eksport salohiyatining mustahkamlash; - ilmtalab sohalar va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish. Ayniqsa,e’tiborli jihat Koreya Respublikasining investitsiya strategiyasida namoyon bo’ladi. Ushbu mamlakat xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishda shunday siyosat olib borganki, bunda Janubiy Koreyaga boshqa rivojlangan mamlakatlardan, xususan AQSh va Yaponiyadan investitsiyalar jalb qilishda ulardagi samarali menejment uslublari va ishlab chiqarish texnologiyasini o’ziga tatbiq qilishga intilgan. Malayziyaning investitsiya siyosatida esa ustuvor jihat investitsiyalarni qayta ishlash sanoatiga yo’naltirish bo’lib hisoblanadi55 . Ushbu mamlakatda investitsiyalarni ilmtalab va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalariga, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nanotexnologiyalar, yuqori malakali xizmatlar kabi sohalarga yo’naltirilmoqda. Xususiy sektorning o’zida investitsiyalarning yillik o’rtacha o’sishi 11-12 foizni tashkil etmokda. Ularning umumiy investitsiyalar hajmidagi salmog’i 50 foizdan ortiq bo’lib, so’nggi besh yil mobaynida xususiy investitsiyalarning umumiy miqdori 95 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan. Malayziyada Sanoatni rivojlantirishning bosh rejasiga asosan investitsiyalar sohasida quyidagi vazifalar belgilab olingan: - investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan mahsulot ishlab chiqarishni jadallashtirish va ilg’or texnologik tarmoqlarni rivojlantirish; - sanoatning ustuvor tarmoqlari rivojlanishiga ko’maklashish; - sanoatga ilg’or texnologiyalarni, jumladan, biotexnologiyalar, nanotexnologiyalar, simsiz uzatish texnologiyalari, mikroelektromexanik tizimlari, lazer texnologiyalarini tatbiq etishni yanada kengaytirish; - sanoatning o’sishida mehnat unumdorligi omilining rolini oshirish; - milliy sanoatning xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish; - ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini yanada rivojlantirish va ularni sanoatga tatbiq etishni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash; - iqtisodiy salohiyat va raqobatdoshlikni mustahkamlash maqsadida strategik hamkorlik va markazlashuvni rag’batlantirish. Shu bilan birga, Malayziyada investitsion jozibadorlikni oshirish maqsadida turli soliq imtiyozlari joriy qilingan bo’lib, bunda investitsiya natijasida olingan foydaning faqat 30 foizi dastlabki 5 yil davomida soliqqa tortiladi. Ayniqsa, hududlarning rivojlanishini qo’llab- quvvatlash yo’nalishida nisbatan yaxshi rivojlanmagan shtatlarda faoliyat ko’rsatuvchi investorlar foyda solig’idan dastlabki 5 yil davomida to’liq ozod qilinadi. Yaponiyada ham investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishi yuksak texnologiyalarga asoslangan va resurs tejovchi ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratilgan. Umuman olganda, Yaponiyaning rivojlanishi aynan ilmtalab sohalarning rivojlantirilishi hamda samarali ishlab chiqarish texnikalarining tatbiq etilishiga tayanadi. Yaponiyaning dastlabki rivojlanish davri tajribasi shuni ko’rsatdiki, nafaqat yangilik yaratish uchun kapital zarur, balki kapitaldan foydalanish uchun ham yangilik zarur bo’ladi. Ushbu ikkala yo’nalish bir-biri bilan uzviy bog’liq va o’zaro bir-birini to’ldirib turadi. Bu holat shunday izohlanadi, ya’ni yangilik yaratish uchun muayyan kapital zarur bo’lsa, mavjud kapitaldan samarali foydalanish uchun yangilik kiritilishi taqozo qilinadi. Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotidagi yana bir ahamiyatli jihat investitsiya jarayonida yirik transmilliy kompaniyalarning faol ishtiroki, moliya bozorining yuqori rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog’ozlar muomalasining keng tarqalganligi, turli jamg’armalarning investitsiya faoliyatiga jalb qilish mexanizmining yuqori darajada tarkib topganligi bilan ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlar investitsiya faoliyatida boy tajriba to’plangan bo’lib, undan O’zbekiston amaliyotida foydalanish investitsiyalash amaliyotini takomillashtirish va investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Bu borada bir qator rivojlangan mamlakatlarda investitsiya me’yorining nisbatan yuqori va barqaror darajasiga erishilganligining guvohi bo’lamiz. Yuqorida keltirilgan ayrim chet el mamlakatlaridagi investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlari mamlakatimizga tatbiq qilish muayyan ijobiy natijalarni bermasdan qolmaydi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi investitsiya siyosatining tajribasi o’zining ahamiyatliligi bilan ajralib turadi. Bu borada mamlakatimizda ham investitsiya siyosatining muhim ustuvorliklaridan biri aynan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda uzoq muddatli loyihalar asosida ilg’or texnika va texnologiyalar kiritishga qaratilgan. Zero, Birinchi Prezidentimiz alohida ta’kidlab o’tganidek, "O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etish tamoyiliga doimo amal qilib kelmoqda". Shu bilan birga, investitsiyalardan samarali foydalanishda bir qator rivojlangan mamlakatlar tajribasi bilan tanishganda, investitsiyalar asosan ilg’or texnologiyalarni joriy etish, innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, resurs tejovchi va ekologik talofati kam bo’lgan, mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiluvchi sohalarga yo’naltirilayotganining guvohi bo’lamiz.
Download 24.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling