20-variant Moliyaviy hisobotlar shakllari, ulaming tavsifi va jamlangan moliyaviy hisobotlar


Download 490.54 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi490.54 Kb.
#1052570
  1   2   3   4   5
Bog'liq
20-V


20-variant

  1. Moliyaviy hisobotlar shakllari, ulaming tavsifi va jamlangan moliyaviy hisobotlar.

Молиявий таҳлил иқтисодий таҳлилнинг енг муҳим йўналишларидан бирини ўзида намоён қилади. Бунинг устига, сўнгги йилларда бу бўлим мустақил фан даражасигача кўтарилди. Рақобатдош иқтисодиёт шаклланиши таъсирида тобора кўпроқ фойдаланувчилар бевосита ёки молиявий ҳисобот маълумотларидан муайян ҳисоблашлар натижасида олиш мумкин бўлган тўлиқ ва ишончли ахборотлар олишга қизиқиши ортиб бормоқда. Бундай фойдаланувчилар сирасига аввало корхонанинг ўзидаги манфаатдор хизматларни (масалан, бухгалтерия бўлими, бизнес-режа бўлими), шунингдек, аксиядорлар, инвесторлар, кредиторлар ва бошқаларни киритиш мумкин. Таҳлил методологиясида турли фойдаланувчилар учун туб фарқлар йўқ, бироқ аналитиклар учун рухсат етилган ахборот базасида фарқ мавжуд. Ташқи фойдаланувчи қўлида фақатгина бухгалтерия ҳисоботининг расмий маълумотлари бўлади, ички фойдаланувчи еса оператив, статистик ва бухгалтерия ҳисоби ва ҳисоботининг барча маълумотлари, ҳатто бирламчи ҳужжатлардан ҳам фойдаланиши мумкин.
Buxgalteriya balansi. Buxgalteriya balansi ma‘lum sanaga korxonaning aktivlari, kapitali va majburiyatlari holati haqida axborot beruvchi hisobot shaklidir.
«Balans» atamasi lotincha ―bis‖ - ikki marta, ―banx‖ - tarozi pallasi so‗zlaridan tarkib topgan bo‗lib, ikkala palla degan ma‘noni anglatadi. U tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansini turli tasnifiy belgilari (tuzilish vaqti, axborot hajmi, aks ettirish obyekti, tozalash usuli) bo‗yicha turlarini tarkiblash mumkin.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlar uzluksiz faoliyatida iqtisodiy resurslarni harakatga keltiriladi va ularning tuzilishi doimo o‗zgarib turadi. Ushbu o‗zgarishlarni buxgalteriya balansida to‗rtta jihatini xarakterlash lozim. Birinchi jihat o‗zgarish aktiv va passiv tomonning o‗sishini xarakterlaydi, ikkinchi jihat o‗zgarishlar har ikki tomonning kamayishini, uchinchi jihat o‗zgarishlar faqat aktiv tomonning o‗zgarishini, to‗rtinchi jihat o‗zgarishlar faqat passiv tomonning o‗zgarishlarini xarakterlaydi. Buxgalteriya balansini moliyaviy tahlilga tayyorlash yuzasidan uning elementlari va moddalarini turli tasnifiy belgilari bo‗yicha ko‗rsatkichlar tizimiga jamlash talab etiladi. Bu tasnifiy belgilar ularning shakli, aylanuvchanlik darajasi, likvidligi bo‗lishi mumkin.

Download 490.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling