20-variant Moliyaviy hisobotlar shakllari, ulaming tavsifi va jamlangan moliyaviy hisobotlar
Pul oqimlari to„g„risidagi hisobot
Download 490.54 Kb.
|
20-V
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy kapital to„g„risidagi hisobot.
Pul oqimlari to„g„risidagi hisobot. Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‗jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‗zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‗g‗risidagi axborot bilan ta‘minlaydi.
Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‗jalik yurituvchi subyektning pul mablag‗larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo‗lib xizmat qilish bilan foydalidir. Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot pul tushumlari va to‗lovlarni uchta asosiy toifaga ajratadi: - operatsion faoliyat; - investitsiya faoliyati; - moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag‗iga birgalikda ta‘siri hisobot davrida pul mablag‗ining sof o‗zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to‗g‗risidagi axborot bo‗lajak pul oqimlari prognozi to‗griligini tekshirish chog‗ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‗zgarishi ta‘siri o‗rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chog‗ida zarur bo‗ladi. Xususiy kapital to„g„risidagi hisobot. Xususiy kapital (sarmoya) tushunchasi O‗zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to‗g‗risida‖gi qonunida, BXMS da keltirilgan. Xususiy kapital (sarmoya) – xo‗jalik yurituvchi subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir. Xususiy kapital (sarmoya) tarkibiga: - ustav kapitali; - qo‗shilgan kapital; - rezerv kapitali; - taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) kiradi. Xususiy kapital (sarmoya) to‗g‗risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‗lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak. Hisobotda xususiy kapital (sarmoya) va uning tarkibiy qismlari to‗g‗risidagi, ustav kapitali, qo‗shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o‗z aksiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak. Hisobotda xususiy kapital (sarmoya) tarkibida bo‗lgan o‗zgarishlar: qimmatli qog‗ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirish chog‗ida valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aksiyalar ko‗rinishida to‗lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari to‗g‗risidagi axborotlar ochib beriladi. Download 490.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling