20-variant O’zbekistoda so’nggi yillarda nima sabadan inflatsiyaning yuqori darajasi kuzatilmoqda
Download 27.67 Kb.
|
MMT-95-2 Guruh talabasi Xatamov Umrbek 20-variant 1.O’zbekistoda so’nggi yillarda nima sabadan inflatsiyaning yuqori darajasi kuzatilmoqda. 2.Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A.Ouken qonuni. 3.Yalpi talabning narx omillariga izoh bering. Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15% darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu yil oxirigacha quyidagilar ta’siri bilan bog‘liq inflyatsion xatarlar saqlanib qolayotgani sababli o‘zgarishsiz qoldirildi: tashqi iqtisodiy muhitdagi noaniqliklar; global inflyatsion jarayonlar; yuqori ichki iqtisodiy faollik; mavsumiylikning iste’mol narxlariga oshiruvchi ta’siri. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar Tashqi va ichki omillarlarning turli xil ko‘lamdagi ta’sirlari sentabr oyida yillik inflyatsiyani 12,2%ga teng bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Aprel-sentabr oylarida iste’mol savatidagi aksariyat tovar va xizmatlarning narxlarida sezilarli o‘sish kuzatilgan. Avgust oyidan boshlab bazaviy inflyatsiya ko‘rsatkichi umumiy inflyatsiyadan yuqoriroq shakllana boshladi va sentabr oyida yillik 12,7%gacha tezlashdi. Bazaviy inflyatsiyaning oshishiga bir tomondan import inflyatsiyasi ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘tgan davrda shakllangan yuqori yalpi ichki talab sezilarli bosim yaratmoqda. O‘tgan oyda aholining inflyatsion kutilmalari 15,2% va tadbirkorlar kutilmalari 13,8% doirasida shakllandi. Mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta’sirining saqlanib qolayotganligi va yuqori noaniqliklar sharoitida yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 12−12,5% atrofida shakllanishi hamda 2023-yil uchun esa bazaviy ssenariy doirasida 8,5−9,5%gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. Ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlar Yilning ikkinchi choragidan boshlab iqtisodiy faollikning jadallashishi kuzatilmoqda. Joriy yil 9 oyi yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulotning real o‘sishi 5,8%ni tashkil etib, qurilish ishlari va chakana savdo sohalarida o‘sish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori bo‘ldi. Byudjet sohasida oylik ish haqi va pensiyalar miqdorining oshirilishi hamda ajratilgan ijtimoiy transfertlar aholining real daromadlarini 10,7%ga ko‘payishiga zamin yaratdi. Shuningdek, o‘tgan 9 oy davomida iqtisodiyotda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 27%ga va chakana savdo aylanmasi 10,8%ga oshdi. Budjet xarajatlari, transchegaraviy pul o‘tkazmalarning yuqori sur’atlari va iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalar yalpi iste’mol va iqtisodiy faollikni yil oxirgacha qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘ladi. Yil yakuni bo‘yicha yalpi ichki mahsulot 5,2−5,8%lik prognoz koridori doirasida bo‘lishi kutilmoqda. 2023 yil uchun esa iqtisodiy o‘sish sur’atlari joriy yilgidan biroz sekinlashib 4,5−5%ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Tashqi iqtisodiy sharoitlar. AQSh Federal zaxira banki tomonidan pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi hisobiga dunyoning aksariyat valyutalari AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Dollar indeksi yil boshiga nisbatan 17%ga oshib 112 bandni tashkil etmoqda. Bu esa, iste’molda import ulushi yuqori bo‘lgan va inflyatsion kutilmalari valyuta kursiga ta’sirchan davlatlarda inflyatsion jarayonlarning yanada tezlashishiga olib kelmoqda. Tashqi vaziyat va savdo hamkorlardagi o‘zgarishlarga tashqi iqtisodiy munosabatlarning moslashib borishi hisobiga mamlakatga valyuta oqimlari hajmida ijobiy tendentsiyalar kuzatilmoqda. Jumladan, 9 oyda oltinsiz eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,6%ga ortib — $11,1 mlrd.ni tashkil etdi. Pul-kredit sharoitlari Joriy yilning o‘tgan davrida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari 1,5 barobarga oshdi. Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar darajasida ijobiy o‘zgarishlar sezila boshlagan bo‘lsa ham, tashqi xatarlar va noaniqliklar yuqoriligicha saqlanib qolayotganligi, pul-kredit sharoitlarini o‘zgartirishda ehtiyotkorona yondashuvni kelgusida ham saqlab qolishni talab etadi. Regulyatorda qayd etilishicha, tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta’sirida yuzaga keladigan inflyatsion omillar va xatarlar sinchkovlik bilan o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rib boriladi. Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi 15 dekabrga belgilangan. Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi iste'mol sektoridagi inflatsiya darajasi haqida ma'lumot berdi. Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil davomida iste'mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma'lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgani e'tirof etilgandi. Qo‘mita axborotnomasida ta'kidlanishicha, yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste'mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur'ati 1,6 foizni tashkil etgan. 2020 yilning iyun va iyul oylarida iste'mol narxlari indeksi 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur'ati faqat sentyabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsatkichdan o‘tib ketgan. Inflatsiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflatsiya 1 foizni ham tashkil etmagan (nooziq-ovqat mahsulotlari narxi faqat sentyabr oyida 1 foiz inflatsiyaga erishgandi). Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovga ko‘ra, bosh regulyatorning 2021 yildagi asosiy maqsadi inflyatsion targetlash siyosatini davom ettirish hamda inflatsiya ko‘rsatkichini 10 foizdan oshirmaslikdan iborat. Markaziy bank iqtisodiyotda inflatsiyani oshiruvchi asosiy xatarlarni ma'lum qildi Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning tas`irida ishlab chiqarilmay qolgan mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo`lmasa, mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo`qotiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo`qotish yalpi ichki mahsulot(YaIM) hajmining orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan kam bo`lgan sifatida ko`rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik kata bo`ladi. Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va YaIM hajminin orqada qolishi o`rtasidagi nisbatni matematik ifodalab, Ouken qonunini yaratdi. Ouken qonuni — qisqa mudsatli ishsizlik darajasining oʻsishi bilan ishlab chiqarish hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi bogʻliqni ifodalaydigan qonun. Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken (1929— 1979) aniqlangan. Bu qonunga koʻra, yalpi milliy mahsulotning yillik oʻsishi 2,5%ni tashkil etganda ishsizlik darajasi amalda doimiy boʻlib qoladi. Ishsizlik darajasidagi oʻzgarishlarga qarab yalpi milliy mahsulot real hajmining potensial hajmiga nisbati oʻzgarishlari (elastikligi) doimiy va taxminan 3% ga teng. Mac., ishsizlikning 1% ga oʻsishi real ishlab chiqarish hajmida 3% ga teng qisqarishga olib keladi yoki aksincha. Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy darajasida saklash va tartibga solib turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan milliy iqtisodiyot barcha ishlashni xohlovchilarga va mehnatga layo-qatli fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib bera olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va xizmatlar ishlab chiqarish potensialini toʻliq ishga sola olmaydi. Ouken qonuni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning ko'payishi natijasida mumkin bo'lgan YAMMni iqtisodiyot ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikning tabiiy darajasida saqlash va uni tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qancha yuqori bo'lsa, YAMM uzilishi shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YAMM haqiqiy YAMMdan katta bo'ladi. Ya'ni YAMM*>YAMM yoki U*>U. Potensial YAMM* ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo'q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada deb hisoblanadi. Ishsizlik darajasi va YAMM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun Ouken qonuni deyiladi. Ouken qonuni — qisqa muddatli ishsizlik darajasining oʻsishi bilan ishlab chiqarish hajmidagi yoʻqotishlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydigan qonun. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1% (bir foiz)ga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1% (bir foiz)ni tashkil etsa, milliy iqtisodiyot YaIMni 2.5% (ikki yarim foiz)ga kam yaratadi. YaIMning pastroq darajasi o'z navbatida ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo'qotishlari hajminia niqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2% dan 3% oralig‘ida deb hisoblanadi. A.Ouken formulasi: Z= -2.5[U-U*] U*- ishsizlikning tabiiy darajasi U- ishsizlikning tabiiy darajasi Shu sababli mamlakatda ishsizlikni tabiiy darajasida saqlash va tartibga solib turish muhim ahamiyatga ega. Muayyan milliy iqtisodiyot barcha ishlashni xohlovchilarga va mehnatga layoqatli fuqarolarga yangi ish joylarini yaratib bera olmas ekan, bu iqtisodiyot tovar va xizmatlar ishlab chiqarish potensialini toʻliq ishga sola olmaydi. Ouken qonuni dunyodagi deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotidagi ishsizlik muammolarini tartibga solishda katta ahamiyatga ega. Yalpi talab (inglizcha: Aggregate demand) — iqtisodda yakunlangan mahsulotlar va xizmatlar uchun maʼlum bir paytda va narxda boʻlgan umumiy talab.[1] Yalpi talab barcha mumkin boʻlgan narx darajalarida sotib olinadigan mahsulotlar va xizmatlar qiytmatini belgilaydi.[2] Yalpi talab biror bir mamlakatning Yalpi ichki maxsulotga boʻlgan talabdir. Yalpi talab. Egri chiziq yalpi talab. Tovarlarning alohida olingan narxlarini umumiy narxga (narxlar darajasiga) birlashtirish, alohida tovarlarning muvozanat miqdorini milliy ishlab chiqarishning real hajmiga aylantirish jarayoni deyiladi. ahro'yxatga olish. Agar agregatsiyaning mohiyati tushunilsa, yalpi talab tahliliga o'tish mumkin bo'ladi va umumiy ta'minot, chunki bu tushunchalarning egri chiziqlari mos ravishda ordinata va abtsissa o'qlari bo'yicha chizilgan umumiy narx (narx darajasi) va milliy ishlab chiqarishning real hajmi o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlashtirish asosidagina tuzilishi mumkin. Yalpi talab- bu pul shaklida ifodalangan aholi, korxonalar, davlat va xorijiy davlatlar tomonidan tovarlar va xizmatlarga bo'lgan ehtiyoj. Bu narx darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi o'rtasidagi munosabatlarning mavhum modelidir. Bu modelning umumiy xarakteristikasi shundan iboratki, tovarlarga narxlar darajasi qanchalik past bo'lsa, milliy ishlab chiqarishning real hajmining ko'p qismi xaridorlarni egallashi mumkin bo'ladi. Aksincha, narxlarning yuqori darajasi milliy mahsulotni sotishning mumkin bo'lgan hajmining pasayishi bilan birga keladi. Binobarin, narx darajasi va milliy ishlab chiqarishning real hajmi o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. U eng aniq yalpi talab egri chizig'i orqali ifodalanadi (8.1-rasm). Guruch. 8.1. Yalpi talab egri chizig'i Pastga egri chiziq shakli AD pastroq narx darajasida milliy mahsulotning ko'proq hajmi sotilishini ko'rsatadi. Kümülatif narx omillaritalab. Yalpi talabning narx omillari, birinchi navbatda, foiz stavkasining ta'sirini, moddiy qadriyatlarning ta'sirini yoki O ~ X real pul qoldiqlari, va ta'siri import xaridlari. Foiz stavkasi ta'siri yalpi talab egri chizig'i harakatining tabiatiga shunday ta'sir qiladiki, bir tomondan, iste'mol xarajatlari uning darajasiga bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, investitsiyalar, ya'ni. narxlar darajasining oshishi bilan foiz stavkalari ko'tariladi va foiz stavkalarining oshishi iste'mol xarajatlari va investitsiyalarning qisqarishi bilan birga keladi. Gap shundaki, narx darajasining oshishi naqd pulga bo'lgan talabni oshiradi. Iste'molchilar xarid qilish uchun qo'shimcha mablag'larga muhtoj, tadbirkorlar - xom ashyo, uskunalar, to'lovlarni sotib olish uchun. ish haqi va hokazo. Agar pul massasi hajmi o'zgarmasa, puldan foydalanish narxi oshadi, ya'ni. foiz stavkasi va bu xaridlar va investitsiyalar uchun sarf-xarajatlarni cheklaydi. Bundan kelib chiqadiki, tovarlar narxlari darajasining oshishi pulga bo'lgan talabni oshiradi, foiz stavkasini oshiradi va shu bilan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotning real hajmiga bo'lgan talabni kamaytiradi. Narx omillari yalpi talab yoki narx effektlari, bu: Foiz stavkasi ta'siri (kredit bo'yicha foiz); Boylik yoki pul balansi ta'siri; Import xaridlarining ta'siri. Foiz stavkasi ta'siri ekanligida namoyon boʻldi narxlarning oshishi pulga talabni oshiradi. Doimiy pul massasi hajmi bilan bu foiz stavkasini oshiradi, ya'ni puldan foydalanganlik uchun to'lov, bu olib boradi korxonalar (ular investitsiyalarni kamaytiradi) va iste'molchilar (ular xaridlarini keyinga qoldiradilar) xarajatlarining bir qismini qisqartirish, shu bilan birga yalpi talabning pasayishi. Boylik yoki pul balansi ta'siri narxlarning oshishi bilan aholining moliyaviy aktivlari, masalan, banklardagi depozitlar, obligatsiyalar sotib olish qobiliyatining pasayishi bilan bog‘liq. Ya'ni, aktivlari bo'lmagan aholi haqiqatda kamroq tovar va xizmatlarni sotib olishi mumkin, ya'ni u qashshoqlashadi va shuning uchun u o'z xarajatlarini kamaytirishi mumkin, bu esa yalpi talabni kamaytiradi. Import xaridlarining ta'siri o'rnini bosuvchi mahsulot vazifasini bajaradi va sof eksport qiymatiga (Xn) ta'sir qiladi, demak, agar biror mamlakatda narx darajasi ko'tarilsa, u holda bu mamlakat tovarlariga xorijda talab kamayadi, bu eksportning pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, mamlakat aholisi mahalliy tovarlarni kamroq sotib olishni boshlaydi, ular endi import qilinganidan qimmatroq bo'ladi, arzonlashadi, bu importning oshishiga olib keladi. Natijada, sof eksport kamayadi va ular yalpi talabning tarkibiy qismlaridan biri bo'lganligi sababli, bu ADning pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, ushbu uchta ta'sirning har birining ta'siri natijasida o'sish iqtisodiyotdagi narxlarning umumiy darajasi yalpi talab qiymatining pasayishiga olib keladi. Download 27.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling