20. Xizmat doirasidagi kommunikatsiya shakllarstrrepla: Munshaot haqida ma'lumot. Munshaot (ish yuritish)tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligi
Download 472.5 Kb.
|
20. XIZMAT DOIRASIDAGI KOMMUNIKATSIYA SHAKLLARI
1. Rasmiy hujjatlar.
2. Shaxsiy hujjatlar. Rasmiy hujjatlar “xizmat hujjatlari” deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar tushuniladi. “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: “Ma'muriy boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari”. Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma'lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma'lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e'lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi. Ma'lum bo‘lyaptiki, ma'muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega.Demak,kim tomonidan yozilganlik, ya'ni tegishlilik nuqtai nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi. A R I Z A Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi. Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt. Namuna*: Samarqand tibbiyot kolleji direktori Ya.N.Allayorovga Sug‘diyona massivi 14-uy,6-xonadonda yashovchi Amirova Marhabo tomonidan A R I Z A Meni akusherlik va ginekologiya bo‘limiga o‘qituvchilik vazifasiga qabul qilishingizni so‘rayman. Arizaga oliy tibbiy ma'lumot haqidagi diplom, mehnat daftarchasi, so‘rovnoma va yashash joyidan ma'lumotnomani ilova qilyapman. _______________ AMIROVA M. 2003.15.02. Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli yuqoridagi tartibda bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling