20. Xizmat doirasidagi kommunikatsiya shakllarstrrepla: Munshaot haqida ma'lumot. Munshaot (ish yuritish)tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligi


Download 472.5 Kb.
bet7/43
Sana23.12.2022
Hajmi472.5 Kb.
#1050117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
20. XIZMAT DOIRASIDAGI KOMMUNIKATSIYA SHAKLLARI

1-topshiriq. Xat va ularning turlari haqida ma'lumot bering.


2-topshiriq. Quyidagi xat namunasini tahlil qiling va undan rasmiy xatdan farq qiluvchi leksik-grammatik vositalarni toping.

Yusuf savdosida beqaror Zulayxo ismidan, Majnun ishqida yig‘lag‘an Layli otidan sizga boshimdag‘i sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan haddu-hisobsiz gunoh, sizdan kechirish. O‘tkan ishka salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish manim uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kunlarni siz unuting, unutmang, men unutdim. Shuning uchun, so‘zimni o‘zimning oxirg‘i, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman.


Siz-qochqoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozg‘andek bo‘lib qochqansiz, ikki yil bo‘yi Marg‘ilon kelib yurishlaringizni men o‘zimcha yeshdim, lekin topib yeshdim: sizning barcha mashaqqatlaringiz-dushmanlaringizdan o‘ch olish uchun bo‘lg‘anini angladim. Yo‘qsa, meni ko‘rar edingiz, ko‘rgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni ko‘rar edilar, to‘yar edilar. Men kabi baxtsiz, men kabi g‘ovg‘asi ko‘b sizni zeriktirib, jondan to‘ydirg‘an bo‘lsa, ajab emaski, qocha boshlag‘ansiz. Qochsangiz qochib ko‘ringiz, ammo men bu kundan boshlab birovlarni quvushqa bel bog‘ladim: otam bilan onam rafoqatlarida (rafoqat-hamrohlik, yo‘ldoshlik, eshlik) xizmatingizga-cho‘rilig‘ingizga erta-indin yuraman, suyganingiz kundoshim oldida qadr-u qiymatimning nima bo‘lishini ham bilaman. Siz oliyjanobsiz: eski qadrdonliq hurmatiga ko‘ngil uchun kulib boqarsiz. Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas'uda qilarsiz. Ammo suyganingiz –kenjangizning jekirishlaridan, qarg‘anishlaridan behad qo‘rqaman, o‘zimda yo‘q qo‘rqaman. Shu yaqin oradag‘i uning bilan bo‘ladig‘an mas'ud daqiqalaringizda xudo yo‘lig‘a va'da olingiz-meni og‘ritmasin, raqibam keldi deb o‘ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do‘stka bir cho‘rilik va shu munosabat bilan biravlarni ko‘rib yurish...
Xatim oxiriga shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o‘rinlashib olsam, u yog‘ini o‘zim bilar edim...
Erta-indin ko‘zimga yil ko‘rinur, Yo‘l bosishliq ko‘ngilga bir umr ko‘rinur...
3-chi hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdi.



Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling