Topshiriq: Fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada hisobotini yozing.
7-mashg’ulot
MAVZU: XIZMAT YOZISHMALARI BO‘YICHA MASHG‘ULOT
1. Xizmat yozishmalari haqida umumiy tushuncha.
2. Xizmat yozishmalariga oid mashq.
X I Z M A T Y O Z I S H M A L A R I
Muassasalar o‘rtasida xizmat aloqalari asosan rasmiy xatlar orqali amalga oshiriladi. Bunday yozishmalar orqali turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul qilinadi. Xizmat xatlari quyidagi vazifalarni bajarishiga ko‘ra ikki turga ajraladi:
1. Javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so ‘rov xatlar, iltimos xatlar kabi).
2. Javob talab qilmaydigan xatlar (tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat kabi).
Topshiriq. Berilgan shakl asosida mahsulot turini ko‘rsatgan holda da’vo xati mazmunini to‘ldiring.
___________ yetkazib berish kechiktirilgani
(mahsulot turi)
uchun jarima to‘lash haqida
DA’VO
_______dagi ________raqamli shartnomaga binoan Siz_______________ ga (sana) (tashkilot nomi)
bahosi _____________ bo‘lgan____dona ________ yetkazib berishingiz kerak edi.
(so‘m so‘z bilan) (tovar nomi)
Biroq ko‘rsatilgan shartnomaning shartlari buzilgan holda ________ __kun
(tovar nomi)
kechikib yetkazib berildi.
Shartnomaning bandiga muvofìq, tashkilotingiz muddatida yetkazib bermagan ______ so‘mlik __________ ________ bahosidan ___ % miqdorida
(tovar nomi)
Sizning hisobingizga _________ so‘m jarima yozildi.
Ko‘rsatilgan jarima summasini 30 kunlik muddatda bizning ____________ hisob-kitob raqamimizga o‘tkazishingizni so‘rayman. Mazkur summa belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda ish xo‘jalik sudiga oshiriladi.
Direktor (imzo) B. Karimov
|
Do'stlaringiz bilan baham: |