200. Mehnatga qanday axloqiy tayyorlash mumkin Mehnatga axloqiy tayyorlash


Texnologiya ta`limining maqsadi nima?


Download 30.65 Kb.
bet3/8
Sana05.04.2023
Hajmi30.65 Kb.
#1274887
1   2   3   4   5   6   7   8
202. Texnologiya ta`limining maqsadi nima?
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha fanlarning DTS lari va o’quv dasturlari ishlab chiqildi va u bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda.
Texnologiya ta’limi bo’yicha DTS da umumiy o’rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi va kasb tanlashga yo’naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o’quvchilarning mehnat ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasini me’yorlari ifodalanadi.
Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy, ruhiy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:


  1. Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;


  2. Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish;


  3. Mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni uyg’otish;


  4. O’quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish;


  5. Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish;


  6. Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;


  7. Mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo’lish;


  8. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;


  9. O’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati samarasidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish;


  10. Muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va hokazolar.


Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarda rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi:


mehnat o’yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o’zlashtirilishiga erishiladi;
mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
Ijtimoiy mehnatning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad, avvalo, o’quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.

Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling