200. Mehnatga qanday axloqiy tayyorlash mumkin Mehnatga axloqiy tayyorlash


Mehnatning psixologik komponentlari qaysi qatorda to’g’ri


Download 30.65 Kb.
bet4/8
Sana05.04.2023
Hajmi30.65 Kb.
#1274887
1   2   3   4   5   6   7   8
203. Mehnatning psixologik komponentlari qaysi qatorda to’g’ri
ko’rsatilgan? Mehnat psixologiyasi - insonning mehnatga munosabati, mehnat faoliyatining qonuniyatlari va uning rivojlanishini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Mehnat psixologiyasi mehnatda shaxsning faoliyati, boʻsh vaqti, dam olishining ishlab chiqarishga taʼsirini ham oʻrganadi. Mehnat psixologiyasi nemis-amerikalik psixolog G. Myunsterberning (1863—1916) "Psixologiya va ishlab chiqarish unumdorligi" (1913) va "Psixotexnika asoslari" (1914) kitoblari chiqqan davrdan boshlab alohida soha sifatida vujudga kelganligi eʼtirof etilgan. Mehnat psixologiyasining asosiy vazifasi ishlab chiqarish munosabatlarini yaxshilash, mehnatkashlarga zarur shart-sharoit yaratib berish, kasb layoqatini aniqlash, kasb kasalliklarining , ishlab chiqarishda jismoniy falokatlarning , psixologik stress, tolikish va zoʻriqish holatlarining oldini olishdir
204. Applikatsiya nima? Applikatsiya — lotincha so‘z bo‘lib, yopishtirish degan ma’noni anglatadi, ya’ni bir material turini ikkinchisining ustiga qo‘yib tikish yoki yopishtirishdir. Bunda biror ko‘rinishda (syujet, o'simliklar, hayvonlar, geometrik shakllar va hokazo) ishlatila­digan materiallar xususiyatidan kelib chiqib, uni asosiy materialga tikish yoki yopishtirish mumkin.
Applikatsiya — texnik ijodkorlikning bir tarmog‘i bo‘lib, u turli shakllami qirqish, joylash va asos (fon) deb atalgan materialga yopishtirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Applikatsiya tayyorlash jarayonida kishining ijodkorlik qobiliyati shakllanadi, kuzatuv- chanlik, e’tibor, tasawur doirasi kengayadi, rang-tasvir, chama- lash qobiliyati kuchayadi, sabr, chidamlilik, qo‘l mehnatiga bo'lgan munosabati, badiiy didi ijobiy shakllanadi.
Applikatsiya kiyimlami, turli buyumlami va xona jihozlarini bezashda, ko‘rgazma materiallami tayyorlashda qoilaniladigan qadimiy amaliy san’at turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim- kechak va ro‘zg‘or buyumlarini bezash uchun gazlama, fetr, zamsh, charm, mo‘yna parchalaridan foydalaniladi, ya’ni ulami bezak bo‘yicha asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok, petlya chok, popop chok va hokazolar bilan chatib qo‘yiladi. Gazlamalaming turli-tumanligi, ularning rangi fakturasi qiziqarli va antiqa pannolar yaratishga yordam beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar alohida dekorativ xarakterda bo‘lib, zamonaviy interyerga juda mos tushadi.
Applikatsiya oson tikilishi, turli gazlama va materiallami ishlatish mumkinligi bilan ko'pchilikning diqqat-e’tiborini tortadi. Qo‘l hunarining bu turiga har qanday ochiq rangli gazlama parchalari yaraydi. Bitta rangni ikkinchisiga qo‘yib ko‘rib, ranglaming juda chiroyli uyg‘unligini va kompozitsiyalarini topish mumkin.

Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling