Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги


Download 1.09 Mb.
bet1/3
Sana25.10.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1719678
  1   2   3
Bog'liq
2-MA’RUZA TAQDIMOTI (3)

TOSHKЕNT DAVLAT TRANSPORT UNIVЕRSITЕTI Qurilish muhandisligi fakultetining “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi


“QURILISHDA MЕTROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” fanidan ma’ruzalar
2-mavzu:
O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunining ahamiyati.

Toshkent– 2023

2-Ma’ruza mashg‘uloti rejasi:

1. “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunining ahamiyati.

2. Qonunni qabul qilinishi.

3. Qonunda qo‘llanilgan atama va ta’riflar.

4. Qonunning mohiyati va mazmuni.

5. Metrologiyaning aksiomalari.

1. “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunining aHamiyati


«Metrologiya to‘g‘risida»gi Respublika qonunining eng ahamiyatli tomonlaridan biri-quyida keltirilayotgan holatlarning oldini olishdir:
  • ishonchsiz o‘lchash asboblarining yoki uslublarining qo‘llanilishi texnologik jarayonlarning izdan chiqishiga sababchi bo‘lib, bundan tashqari, energetik resurslar asossiz sarflanib, avariya holatlari va brak mahsulot kelib chiqishi mumkin;
  • o‘lchashlarning ishonchli natijalarini olishga katta sarf harajatlar ketishi (rivojlangan davlatlarda o‘lchashlarga yalpi daromadlarning 6% sarflanadi);
  • iqtisodiy boshqaruvdagi o‘zgarishlar metrologiyadagi tashqi milliy o‘zgarishlarga olib keladi.

  • Mazkur qonun metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikning qonuniy asoslarini mustaxkamlab, quyidagi amallarga munosib zamin yaratadi:
  • alohida yondashuvdagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni qo‘llab - quvvatlash;
  • O‘zbekiston Milliy metrologiya markazining xalqaro tashkilotlardagi obro‘sini yanada oshirish;


Davlat metrologik xizmatining huquqiy holatidagi alohida xususiyati shundaki, barcha metrologiya xizmatlari vertikal bo‘yicha birgina boshqarmaga – O‘zdavstandartga bo‘ysinadi.
«Metrologiya to‘g‘risida»gi qonunda metrologik me’yor va qoidalarni buzganlar, unga rioya qilmagani uchun huquqiy javobgarlikka ham alohida e’tibor berilgan (16 modda).
Bu esa o‘z faoliyati davrida metrologik me’yor va qoidalar bilan muloqotda bo‘luvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun tegishli hisoblanadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling