Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги


Download 1.09 Mb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1719678
1   2   3
Bog'liq
2-MA’RUZA TAQDIMOTI (3)

2. Qonunni qabul Qilinishi.


MЕTROLOGIYA TO‘G‘RISIDA O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI 28-dekabr, 1993 yil qabul qilingan.
Qonun 5 bo‘limdan iborat:
Birinchi bo‘lim - umumiy holatlar;
Ikkinchi bo‘lim – fizik kattaliklar va ularni qo‘llash;
Uchinchi bo‘lim – O‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmatlari;
To‘rtinchi bo‘lim – davlat metrologik nazorati;
Beshinchi bo‘lim – metrologiya bo‘yicha moslash ishlari;
Qonunning 1-bo‘limi 4ta moddadan iborat bo‘lib, unda xalqaro shartnomalar, bitimlar xam kiradi.
3. Qonunda qo‘llanilgan atama va ta’riflar
Ushbu Qonun 1-moddasida quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
  • "metrologiya" - o‘lchovlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab qilinadigan aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan;
  • "yagona o‘lchov birligi" - o‘lchovlarning natijalari qonunlashtirilgan birliklarda aks ettirilgan va xatoliklari berilgan ehtimollikda ma’lum bo‘lgan o‘lchov holati;
  • "o‘lchov vositasi" - o‘lchovlar uchun foydalaniladigan va normalangan metrologik xususiyatga ega bo‘lgan texnika vositasi;
  • "davlat etaloni" - vakolat berilgan milliy organning qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon;
  • "metrologik xizmati" - davlat organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tarmog‘i hamda ularning o‘lchovlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
  • "davlat metrologiya nazorati" - metrologiya qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida davlat metrologiya xizmati organlari amalga oshiradigan faoliyat;

4. Qonunning mohiyati va mazmuni.


Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yhatiga kiritish “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yhati belgisini qo‘yish to‘g‘risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yhati belgisi qo‘yilishi shart.
Qonunning 4-moddasida metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarish tartibi keltiriladi. Metrologiyaga oid faoliyatni davlat tomonidan boshqarishni metrologiya bo‘yicha milliy organ «O‘zstandart» agentligi amalga oshiradi.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti-vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yhatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yhati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yhatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling