Tursunboyev Humoyunmirzoning "Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlash asoslari"
Download 20.26 Kb.
|
1-amaliy metrologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- "“Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsad, vazifalari va rivojlanish tarixi Ishdan maqsad
- Savolllarga javob: .Metrologiya va standartlash» fanini о’rganishning tabiiy zarurligi
- 2.«Metrologiya»ning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan
- 3.Fanning rivojlanishida о’ziga xos hissa qо’shgan olimlardan kimlarni bilasiz
Farg’ona Politexnika instituti Kimyo texnologiya fakulteti 74-18KT guruh talabasi Tursunboyev Humoyunmirzoning “Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlash asoslari”fanidan 1-Amaliy mashg’ulotning xisobot varaqasi. Mavzu: "“Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsad, vazifalari va rivojlanish tarixi Ishdan maqsad: Qonun bilan yaqindan tanishish hamda amaliy foydalanishda bо’lgan о’lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi о’lchash natijalarini o’rganishdan iboratdir. Savolllarga javob: .Metrologiya va standartlash» fanini о’rganishning tabiiy zarurligi. О’lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. О’lchashlarga bо’lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning о’lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, о’zining sezgisi va tajribasi asosida о’lchay boshlagan. XX asrning ikkinchi yarmida xalq xо’jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg’or ilmiy yutu muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan о’lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan tо’rttasining kengligi; fut- oyoq qlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bо’lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e’tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba’zan esa, bizga, korhona yoki laboratoriyaga yetib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yо’llardan о’tganligini kо’z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. 2.«Metrologiya»ning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan? О’lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. О’lchashlarga bо’lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Eng qadimgi о’lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillika asoslangan holda kelib chiqqan о’lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon-bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan tо’rttasining kengligi; fut-oyoq tagining uzunligi; pyad - yozilgan bosh va kо’rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar. Ba’zi bir tabiiy о’lchovlar ham uzoq о’tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma yerda ishlatiladigan vakt о’lchovlaridir. Munajjimlarning kо’p yillik kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik yerningо’z о’qi atrofida tо’la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bо’lgan II asrdayoq vaqtni Minalarda о’lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oraligiga teng bо’lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bо’lgan suv soatidan massasi taxminan 500 grammga teng bо’lgan "mina suv" oqib ketgan. Keyinchalik mina о’zgarib, biz о’rganib qolgan minutga aylandi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, о’lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi. Bu borada kо’plab olimlar о’lchash texnikasining rivojiga munosib hissa qо’shganlar. Ular ichida birinchi navbatda quyidagilarni: Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ulug’bek, Mixail Lomonosov, Dmitriy Mendeleyev va boshqalarni alohida kо’rsatib о’tish о’rinli bо’ladi. Ahmad Farg’oniyning «Miqyosi Nil», ya’ni Nil daryosining sathini tutash idishlar qonuniyati asosida о’lchash va uning natijasiga kо’ra yilning yog’ingarchiligi va uning ekin hosiliga ta’siri tо’g’risidagi ma’lumotlari, Ulug’bekning «Zij jadvallari»da keltirgan, hozirgi kunlarda eng zamonaviy о’lchash qurilmalarida olingan natijalardan juda oz tafovut qiluvchi ma’lumotlari alohida tahsinga sazovordir. Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak quyidagi, muxim olimlardi keltirishimiz mumkin. - 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleyev tomonidan о’lchov va og’irlik (tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi; - 1931 yilda Leningrad shaxrida о’lchov va tarozi Bosh palatasi asosida D.M. Mendeleyev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining tashkil topishi.
Download 20.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling