2. amaliy. Orqa miya reflekslarini o`rganish. Darsning maqsadi
Download 219.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2. AMALIY. Orqa miya reflekslarini o`rganish.
2. AMALIY. Orqa miya reflekslarini o`rganish. Darsning maqsadi: Talabalarga hozirgi zamon fan dalillariga asoslangan holda, o’quvchilar va talabalarda orqa miya reflekslarini o`rganish. Fan bo’yicha olgan nazariy bilimlarni amaliy mustaxkamlab, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish. Dars uchun kerakli jihozlar: Darslik, amaliy ishlanma, tibbiyot bolg’achasi, stul, preparovka asboblar yig`indisi, baqa, zajimli shtativ, 0,3%, 0,5%, 1,0% sulfat kislotasi eritmasi, filtr qog`oz, stakanda suv, 0,5% kokain eritmasi yoki kaliy xlor eritmasi, metronom, ko’rgazmali qurollar, bo’r, doska. Darsning borishi: Nazariy qism. Markaziy asab tizimi faoliyatining asosiy va o’ziga xos belgisi reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: “Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko’p uchraydigan asab hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to’g’ri va aniq o’zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofdagi sahroitga munosabati refleks yordamida qaror topadi”. Refleks tashqi yoki ichki muhit o’zgarganda retseptrlarning ta’sirlanishiga javoban organizmning markaziy asab tizimi yordamida ko’rsatadigan qonuniy reaksiyasidir. Tashqi ta’sirlar eng avvalo o’ta sezgir periferik nerv uchlari - retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi ta’sir natijasida faol holatga kelib, qo‘zg‘alishni javob qaytaruvchi organga o'tkazadi. Refleksning yuzaga chiqishida qo‘zg‘alish o’tadigan yo’l refleks yoyi deyiladi. Qo‘zg‘alishning o’tishi va refleks hosil bo’lishi uchun reflektor yoy butun bo’lishi kerak. Refleks yoy retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi (orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv, ya’ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan. Reflekslar orqali organizmning biror faoliyati yuzaga chiqadi yoki to’xtatiladi, muskullarning qisqarishi yoki bo’shashuvi, bezlar sekretsiyasi yoki sekretsiyannig to’xtatishi, tomirlarning torayishi yoki kengayishi va hokazo. Download 219.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling