Mavzu: "Oila" Ilmiy-amaliy markazi faoliyatini o'rganish va ahamiyatini yoritish. Oila tarbiyasi metod, shakl va vositalardan bittadan tanlab olib amaliy ishlanma tuzish


Download 23.94 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi23.94 Kb.
#1820256
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 Mavzu

Mavzu: "Oila" Ilmiy-amaliy markazi faoliyatini o'rganish va ahamiyatini yoritish. Oila tarbiyasi metod, shakl va vositalardan bittadan tanlab olib amaliy ishlanma tuzish. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq" asaridagi oilaviy tarbiyaga oid g'oyalari

RESPUBLIKA “OILA” ILMIY-AMALIY MARKAZINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

  • Jamiyat taraqqiyotida, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rni muhim ekanligini hisobga olib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an’analarni avaylab-asrash, ularni umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo‘li bilan oilalarning mustahkamligini ta’minlash, oila a’zolarining huquqiy savodxonliklarini oshirish muammolarini ilmiy o‘rganishni va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishni muvofiqlashtirish maqsadida, 1998-yilning Respublika Prezidenti tomonidan “Oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan

Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  • Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
  • 1. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tashkil etilsin.
  • Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi Toshkent davlat universiteti va Toshkent davlat pedagogika institutidagi oila muammolarini o‘rganish laboratoriyalari negizida tashkil qilinishi belgilab qo‘yilsin.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan laboratoriyalarning shtatlari va ish haqi fondini “Oila” ilmiy-amaliy markaziga bersinlar, jihozlarini balansdan balansga o‘tkazsinlar.
  • 2. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazining Nizomi va tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Markaz direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilsin.
  • 3. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” jamg‘armasi, “Ekosan” jamg‘armasi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, Respublika Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi faoliyatida ishtirok etishi haqidagi takliflari ma’qullansin.

Download 23.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling