Mavzu: "Oila" Ilmiy-amaliy markazi faoliyatini o'rganish va ahamiyatini yoritish. Oila tarbiyasi metod, shakl va vositalardan bittadan tanlab olib amaliy ishlanma tuzish
Download 23.94 Kb.
|
5 Mavzu
Oila tarbiyasi kabi katta ma’suliyat birinchi navbatda ota va ona zimmasiga tushadi. Shu o‘rinda bir narsani alohida aytish kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta’sir chan kuch-qudrat bu – Onadir. Ota ko‘pchilik xalqlarda oilaning moddiy ehtiyojlariniqondirish va ta’minlash,qolaversa oilaning xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi. Bu o‘zbek oilalarining tarixidan ma’lum bo‘lgan haqiqat va ota-bobolarimizdan maros bo‘libqolgan an’anadir. SHunga ko‘ra bola bilan ko‘proq ona birga bo‘ladi. Axir xalqimiz: “Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi” deb bejiz aytmagan. Yuksak axloq-odob aqidalari bola ruhiga ko‘proq ona suti bilan kiradi. Oila tarbiyasida to‘g‘ri yoki egri o‘sishga bog‘bon mehnati va mahoratiga bog‘liq. Egri o‘sayotgan niholningqaddini rostlabqo‘ymasa, u noto‘g‘ri o‘sadi. Yangi tug‘ilgan go‘dak tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o‘rtasida qandaydir o‘xshashlik mavjud.
Bundan ko‘rinib turibdiki axloq-odobning normalari – kattalarga xurmat, kichiklarga shafqat, xalollik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik va ush kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikrqilingan pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liqdir. Deylik, dehqon dunyoqarashi uning halol mehnatqilib, dastlab oila to‘kinligi so‘ng xalq farovonligini ta’minlashda ko‘rinadi. Uning barcha faoliyati shu liyjanob tuyg‘u bilan uyg‘unlashgan. Bu oilada bola mehnatsevarlik ruhida tarbiyalanadi. Turmushning hammaqiralari mehnat bilan ravshanlashadi. Zotan mehnatkash inson har sohada o‘z yo‘lini topa oladi. Oilada bolaga ma’naviy axloqiy tarbiya berishning asosiy maqsadi ularda axloqiy fazilatlarni hosilqilish va ularni rivojlantirish, ularni yaxshi xulq-atvorga o‘rgatish, ularda ijobiy xatti-harakatlar ko‘nikma va odatlarni vujudga keltirishdan iborat.
Download 23.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling