2003 yil 4-5 oktabr bir guruh tashabbuskorlar kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va


partiyasining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy


Download 149.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.02.2023
Hajmi149.24 Kb.
#1188934
1   2   3
Bog'liq
Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi - Vikipediya


partiyasining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy
assotsiatsiyasi tashkil etildi. Aynan, mazkur Assotsiatsiyaning saʼy-harakati bilan bugun
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan va aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya
qilishga xizmat qilayotgan 400 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari yagona tuzilmaga
birlashdi. Partiya ushbu tashkilot faoliyatiga yaqindan koʻmak berish tarafdori.
2005 yil 19 mart — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi V Majlisida Teshaboev
Muxammadyusuf Mutalibjonovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston
Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi.
2005 yil 25 iyul — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik
partiyasining navbatdan tashqari III Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya Dasturi va Ustaviga
tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.


2006 yil — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
taʼsischiligida Tadbirkorlik va fermerlikni qoʻllab-quvvatlash markazi tashkil etildi. Shu kunga
qadar 4000 mingga yaqin tadbirkor va fermerlarning qonuniy huquq va manfaatlari Markaz
tomonidan himoya qilindi. Bundan tashqari, mamlakat parlamentida tadbirkorlik faoliyatini
huquqiy tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi, shuningdek, hukumat tomonidan
tegishli qonunosti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
2006 yil 7 dekabr — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining VIII Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga boʻshab qolgan oʻrinlar uchun
nomzodlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi.
2007 yil 6 noyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik
partiyasining IV Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga navbatdagi
saylovda OʻzLiDePdan nomzod koʻrsatish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Partiya Sʼezdi
tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimov
nomzodini koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Mazkur yigʻilishda I.Karimov „Vatanimiz va
xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish — oliy saodatdir“ nomli maʼruza bilan ishtirok etdi.
2007 yil 27 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtgan saylovda
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan
koʻrsatilgan nomzod Islom Abdugʻanievich Karimov gʻalaba qozondi.
2008 yil 20 sentyabr — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi
boʻlib oʻtdi. Unda partiyaning dasturiy vazifalarini hayotga tatbiq qilish hamda „Davlat
boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya
qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun
talablarini bajarish doirasida partiya tuzilmalari va deputatlik guruhlari tomonidan olib
borilayotgan ishlar holati va navbatdagi vazifalar haqida"gi masala koʻrib chiqildi.
2009 yil 27 dekabr — OʻzLiDeP Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtgan saylovlarda
muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 53 nafar deputatlik oʻrnini egallagan OʻzLiDeP ikkinchi bor
parlamentdagi eng yirik fraksiyani tashkil etdi. Shuningdek, Xalq deputatlari mahalliy
kengashlariga 2159 nafar deputat saylandi.
2010 yil 2 fevral — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida OʻzLiDeP
fraksiyasi tashabbusi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-
demokratik partiyasi, Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston
„Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyalari oʻrtasida „Demokratik kuchlar bloki“ga
birlashish toʻgʻrisida Bitim imzolandi.


2010 yil 18 dekabr — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining II Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Prezident
Islom Karimovning „Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi“ nomli maʼruzasidan kelib chiqadigan ustuvor
vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan OʻzLiDePning aniq maqsadli kompleks chora-
tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
2011 yil 15 iyul — parlamentdagi OʻzLiDeP fraksiyasi tashabbusi bilan mamlakat tarixida ilk
bor Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining "Demokratik bozor islohotlarini yanada
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, „Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili“
Davlat dasturi ijrosining borishi toʻgʻrisida"gi hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma yigʻilishida eshitildi.
2012 yil 31 mart — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining IV Majlisi boʻlib oʻtdi. Unda
„Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
shakllantirish Konsepsiyasi“ hamda „Mustahkam oila yili“ Davlat dasturining ijrosi boʻyicha
OʻzLiDeP tomonidan 2012 yilda amalga oshiriladigan partiyaviy loyihalar toʻgʻrisidagi
masalalar koʻrib chiqildi.
2013 yil 2 dekabr — OʻzLiDeP Siyosiy Kengashining navbatdagi VI Majlisida Sodiqjon Turdiev
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy
Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi.
2012 yil — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Bosh bitim imzolandi. Hozirgi kunda mazkur bitim
doirasida tabdirkorlar muammolarini yaqindan oʻrganish va ularni oʻz vaqtida bartaraf etish
borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
2013 yil — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Fermerlari kengashi oʻrtasida oʻzaro
hamkorlik toʻgʻrisidagi Bosh bitim imzolandi. OʻzLiDeP Oʻzbekiston Fermerlari kengashi va
uning hududiy tuzilmalari bilan hamkorlikda fermerlik harakatini yanada rivojlantirish,
fermerlar oldida turgan muammolarni oʻrganish, ularni hal qilishni asosiy vazifa deb biladi va
bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirib boradi.
2014 yil 13 sentyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-
demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi,
unda OʻzLiDeP ning 2014 yilgi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy
kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlardagi faol ishtirokini taʼminlash va boshqa muhim
masalalar muhokama qilindi.


2014 yil 30 sentyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-
demokratik partiyasi Ciyosiy Kengashining VIII majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarda
OʻzLiDePning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan olib borayotgan faoliyati hamda
navbatdagi ustuvor vazifalar, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-
demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi loyihasi, OʻzLiDePning navbatdagi VI Sʼezdini
chaqirish va shu munosabat bilan hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarini
oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
2014 yil 31 oktabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik
partiyasining VI Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Sʼezd kun tartibida partiyaning oʻtgan 5 yillik ish faoliyati
sarhisobi va kelajakdagi rejalari, shuningdek, mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea
hisoblangan boʻlajak saylovlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi,
muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Partiyaning Sʼezdida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari saylovida faol ishtirok etish masalalari
muhokama qilindi, delegatlar tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi tasdiqlab olindi va
OʻzLiDePdan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlar koʻrsatildi.
2014 yil 21 dekabr — OʻzLiDeP Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtgan saylovlarda
muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Saylovlar natijasiga koʻra, OʻzLiDeP parlament quyi palatasida eng koʻp — 52 oʻringa, xalq
deputatlari viloyat Kengashlarida — 307 (38 %), tuman (shahar) Kengashlarida esa — 1806
(35 %) deputatlik oʻriniga ega boʻlib, parlamentda oʻzining fraksiyasini, joylardagi vakillik
organlarida esa — oʻz deputatlik guruhlarini shakllantirdi.
2015 yil 5 yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi
fraksiyasining taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi. OʻzLiDePdan Qonunchilik palatasiga saylangan
deputatlardan iborat partiya fraksiyasini taʼsis etish masalasini muhokama etish kun
tartibidagi asosiy masala boʻldi.
Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi
S.Turdiev fraksiya rahbari etib saylandi.
2015 yil 15 yanvar — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik
Download 149.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling