2003 yil 4-5 oktabr bir guruh tashabbuskorlar kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va
partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
Download 149.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi - Vikipediya
partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda joriy yilning 29 mart kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida OʻzLiDePning ishtiroki bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilindi. Siyosiy Kengash Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimov nomzodini koʻrsatish masalasini partiyaning VII Sʼezdi muhokamasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 2015 yil 6 fevral — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining VII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda jami 344 nafar delegat ishtirok etdi. Sʼezd kun tartibida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodi toʻgʻrisidagi masala atroflicha koʻrib chiqildi. Sʼezd „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi Qonuniga muvofiq, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Abdugʻanievich Karimovni nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mazkur yigʻilishda Islom Karimov „Bizning maqsadimiz — erkin va farovon, demokratik hayot qurish“ nomli maʼruza bilan ishtirok etdi. 2015 yil 14 mart — Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda parlamentning quyi palatasida „Demokratik kuchlar bloki“ni tuzish masalasi muhokama etildi. Muhokama yakunlariga koʻra Tabirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyalari qoʻshma faoliyatining asosiy shartlari va ustuvor yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama Bitim imzolandi. 2015 yil 12 dekabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal- demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda asosiy eʼtibor Prezidentimiz Islom Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23-yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi „Asosiy vazifamiz — jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga koʻtarishdan iborat“ mavzuidagi maʼruzasini har tomonlama oʻrganishga, OʻzLiDeP tuzilmalari va deputatlik birlashmalarining maʼruzadan kelib chiquvchi vazifalari hamda partiya tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish yoʻllariga qaratildi. 2015 yil 25-26 dekabr - OʻzLiDeP ning „Eng namunali boshlangʻich partiya tashkiloti“, „Yilning eng yaxshi deputati“ va „Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti“ koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda „Eng namunali boshlangʻich partiya tashkiloti“ tanlovi boʻyicha Toshkent viloyatidagi „Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyatida tashkil etilgan boshlangʻiya partiya tashkiloti, „Yil deputati“ tanlovi boʻyicha xalq deputatlari Buxoro viloyat kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi aʼzosi Tohir Baxronov hamda „Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti“ tanlovi boʻyicha esa OʻzLiDeP Samarqand shahar kengashi mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2016 yil 22 yanvar — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maʼruzasidan kelib chiquvchi partiyaning ustuvor vazifalari muhokama qilindi. 2016 yil 16 aprel — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda „Sogʻlom ona va bola yili“ Davlat dasturidan kelib chiqadagan partiyaning ustuvor vazifalari, partiyaning oʻtgan yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2016 yilga moʻljallangan Amaliy chora-tadbirlar kompleks harakat dasturiga oʻzgartish kiritish masalalari muhokama qilindi. Partiyaning markaziy nashri — „XXI asr“ ijtimoiy-siyosiy gazetasi. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? Yana q. Havolalar Soʻnggi tahrir 7 oy avval RedaktorWiki tomonidan amalga oshirildi title=O ʻzbekiston_Liberal_demokra tik_partiyasi&oldid=2609461 " dan olindi Download 149.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling