2004 yil 15 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalk


Download 21.38 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi21.38 Kb.
#1390875
Bog'liq
2004 yil 15 sentyabrda O


2004 yil 15 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalk; deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo’yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon kilish tO’grisida»gi qarori qabul qilindi. 1. Unga kura ikki palatali parlamentga saylov 2004 yilning 26 dekabr kuniga belgilandi va yuqori saviyada o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasini nihoyatda faol tashkil etdi. Qonunchilik palatasiga saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish maqsadida 120 ta okrug saylov komissiyasi va 8088 uchastka saylov komissiyasi tuzildi.
Ikki palatali parlament — davlatchiligimiz tarakkiyotidagi mutlaq yangi bosqich. Bu muhim ijtimoiy-siyosiy institut milliy xususiyatlarimiz, mentalitetimizdan va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning shu yo’nalishdagi tajribalaridan kelib chiqib, mukammal tahlillar olib borishni talab etadi. 2005 yilning 27 yanvar kuni Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisi bo’lib o’tdi. Majlisga qonunga asosan Markaziy saylov komissiyasining raisi B. Mustafoev raislik kildi. Majlisda deputatlar Qonunchilik palatasining Spikeri va uning O’rinbosarlarini sayladilar. Qonunchilik palatasi fraksiyalarni belgilangan tartibda ro’yxatga olish to’g’risida qaror qabul qildi. Palataning tegishli qo’mitalari tashkil etildi hamda ularning raislari tasdiqlandi.
Download 21.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling