2009 yilda shartli iqtisodiy tizimda aholi soni tarkibi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud edi
Download 45.46 Kb.
|
1 2
Bog'liq2 IQTISODIY DAVRLAR VA TEBRANISHLAR ISHCHI KUCHI VA ISHSIZLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yechish
3- MAVZU. IQTISODIY DAVRLAR VA TEBRANISHLAR. ISHCHI KUCHI VA ISHSIZLIK. Masalalarni yechilishi bo‘yicha namunalar 1-masala 2009 yilda shartli iqtisodiy tizimda aholi soni tarkibi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud edi:- ishchi kuchi soni – 350 mln. kishi, - ishsizlar – 30 mln. kishi, jumladan: - 15 mln. kishi korxona bankrotligi natijasida ishsiz bo‘lib qoldi, - 3 mln. kishi yangi kasbni o‘rganadi; - 3 mln. kishi ishlab chiqarish qisqartirilgani natijasida ishdan bo‘shatilgan; - 5 mln. kishi korxona yangi faoliyat turiga o‘tganligi tufayli ishdan bo‘shatildi; - 4 mln. kishi ishlamaydi, chunki yosh bolalari va qari ota-onalari mavjud. Tabiiy va haqiqiy ishsizlik darajasini hisoblang. Ouken qonunidan foydalanib, agar potensial YaIM 4 mlrd. pul birligini tashkil etgan bo‘lsa, YaIMning uzilishini aniqlang. Yechish:Joriy yilda tabiiy ishsizlik = yangi kasbni o‘rganuvchi (friksion ishsizlik) 3 mln. kishi + yosh bolalari va qari ota-onalari mavjud 4 mln. kishi + korxona yangi faoliyat turiga o‘tganligi natijasida ishdan bo‘shatilgan 5 mln. kishi = 12 mln. kishi. Davriy ishsizlik = korxona bankrotligi natijasida ishdan bo‘shatilgan 15 mln. kishi + ishlab chiqarish qisqartirilgani natijasida ishdan bo‘shatilgan 3 mln. kishi = 18 mln. kishi. Haqiqiy ishsizlik = 30 mln. kishi 4. Haqiqiy ishsizlik darajasining tabiiy ishsizlik darajasida ortiqligi= 8,6% - 3,4% = 5,2%. 5. YaIMning uzilishini Ouken koeffitsientidan foydalangan holda aniqlanadi, u -2,5% x 5,2% = 13%ga teng. YaIMning uzilishining mutlaq miqdori = 4 mlrd. pul birl. x 13%) : 100% = 0,52 mlrd. pul birl. Binobarin, YaIMning haqiqiy hajmi potensial hajmidan, haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy darajadan oshishi natijasida 0,52 mlrd. pul birligiga kam. |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling