2009 yilda shartli iqtisodiy tizimda aholi soni tarkibi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud edi


Download 45.46 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi45.46 Kb.
#1612495
  1   2
Bog'liq
2 IQTISODIY DAVRLAR VA TEBRANISHLAR ISHCHI KUCHI VA ISHSIZLIK


3- MAVZU. IQTISODIY DAVRLAR VA TEBRANISHLAR. ISHCHI KUCHI VA ISHSIZLIK.


Masalalarni yechilishi bo‘yicha namunalar

1-masala

2009 yilda shartli iqtisodiy tizimda aholi soni tarkibi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar mavjud edi:


- ishchi kuchi soni – 350 mln. kishi,
- ishsizlar – 30 mln. kishi, jumladan:
- 15 mln. kishi korxona bankrotligi natijasida ishsiz bo‘lib qoldi,
- 3 mln. kishi yangi kasbni o‘rganadi;
- 3 mln. kishi ishlab chiqarish qisqartirilgani natijasida ishdan
bo‘shatilgan;
- 5 mln. kishi korxona yangi faoliyat turiga o‘tganligi tufayli ishdan
bo‘shatildi;
- 4 mln. kishi ishlamaydi, chunki yosh bolalari va qari ota-onalari mavjud.
Tabiiy va haqiqiy ishsizlik darajasini hisoblang. Ouken qonunidan foydalanib, agar potensial YaIM 4 mlrd. pul birligini tashkil etgan bo‘lsa, YaIMning uzilishini aniqlang.

Yechish:


  1. Joriy yilda tabiiy ishsizlik = yangi kasbni o‘rganuvchi (friksion ishsizlik) 3 mln. kishi + yosh bolalari va qari ota-onalari mavjud 4 mln. kishi + korxona yangi faoliyat turiga o‘tganligi natijasida ishdan bo‘shatilgan 5 mln. kishi = 12 mln. kishi.

  1. Davriy ishsizlik = korxona bankrotligi natijasida ishdan bo‘shatilgan 15 mln. kishi + ishlab chiqarish qisqartirilgani natijasida ishdan bo‘shatilgan 3 mln. kishi = 18 mln. kishi.

  2. Haqiqiy ishsizlik = 30 mln. kishi


4.

Haqiqiy ishsizlik darajasining tabiiy ishsizlik darajasida ortiqligi= 8,6% - 3,4% = 5,2%.


5. YaIMning uzilishini Ouken koeffitsientidan foydalangan holda aniqlanadi, u -2,5% x 5,2% = 13%ga teng.
YaIMning uzilishining mutlaq miqdori = 4 mlrd. pul birl. x 13%) : 100% = 0,52 mlrd. pul birl.
Binobarin, YaIMning haqiqiy hajmi potensial hajmidan, haqiqiy ishsizlik darajasi tabiiy darajadan oshishi natijasida 0,52 mlrd. pul birligiga kam.


2-masala

2005 yilda shartli mamlakatda quyidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari mavjud edi:

  • friksion - 3%; tarkibiy -3%; davriy -10%.

Nominal YaIM 27600 pul birligini tashkil etdi, Ouken koeffitsienti esa 2,5% ga teng.
YaIMning uzilishi miqdorini aniqlang.
Yechish:
Haqiqiy ishsizlik darajasi quyidagicha topiladi:
friksion (3%) + tarkibiy (3%) va davriy (10%) = 16%
Tabiiy ishsizlik darajasi quyidagichatopiladi:
friksion (3%) + tarkibiy (3%) = 6%
Potensial YaIMni Ouken qonunining matematik ko‘rinishidan foydalangan holda topamiz:
Haqiqiy YaIM = potensial YaIM ,
bu yerda, U1 – haqiqiy ishsizlik darajasi; U2 – tabiiy ishsizlik darajasi; k - Oukena koeffitsenti. Ma’lumotlarni formulaga qo‘yib, potensial YaIMni topamiz.
27600 = Potensial YaIM ;
27600 = Potensial YaIM x 0,85
Potensial YaIM = 27600 : 0,85 = 32470 (pul birl.)
Agar haqiqiy ishsizlik tabiiy darajadan oshmasa, YaIM 32470 pul birligini tashkil etar edi. Davriy ishsizlik mavjudligi sababli iqtisodiyot 4870 pul birligi (32470-27600) qiymatidagi YaIMga ega bo‘la olmagan.

3-masala
Iqtisodiyotda tabiiy ishsizlik darajasi – 6%, haqiqiy ishsizlik 10%ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish hajmi - 600 mln. so‘m. YaIMning ishsizlik darajasining o‘zgarishiga ta’sirchanligi koeffitsienti 3 ga teng. YaIM uzilishini aniqlang.

Yechish:
Ouken qonuniga ko‘ra:
(Y – Y*) : Y* = - (u – u*).
(Y – Y*) : Y* = -3 (0,1 – 0,06) = -0,12 yoki 12%.
(600 – Y*) : Y* = 0,12  Y* = 682 mln. so‘m.
Demak, YaIMning uzilishi davriy ishsizlik bilan bog‘liq, u quyidagini tashkil etadi: Y – Y* = 600 – 682 = -82 mln. so‘m.



Download 45.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling