201-guruh talabasi Qadamov Bekjonboy Inflyatsiyaning mohiyati, sabablari, turlari va hisoblash usullari. Baholar indeksi, sur’ati


Download 22.74 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi22.74 Kb.
#1064525
Bog'liq
Mustaqil ish. Qadamov Bekjonboy



Iqtisodiyot fakulteti iqtisod yo’nalishi
201-guruh talabasi Qadamov Bekjonboy

Inflyatsiyaning mohiyati, sabablari, turlari va hisoblash usullari. Baholar indeksi, sur’ati.
Inflyatsiya lotincha so’zdan olingan bo’lib “shishish”, “bo’rtish” degan ma’nolarni anglatadi. Xalq orasida esa inflyatsiyani pulni qadrsizlanishi, sinishi teb yuritishadi. Ya’ni qaysiki, mamlaktda tovar va xizmatlarni bahosini umumiy darajasini oshishi deyish ancha ta’rifga mos keladi. Bu degani hamma tovar va xizmatlarning bahosi oshavermaydi, ayrimlariniki barqaror turishi, ba’zisiniki esa tushishi ham mumkin. Shuning uchun ham tepada aytilganidek umumiysi nazarda tutilgan. Bu tovar va xizmatlarni bahosining umumiy darajasini oshishi o’z navbatida shu mamlakatning milliy pul birligini qadrsizlanishiga olib keladi. Xo’sh siz aytishingiz mumkinki pul qadrsizlanishi o’zi nima deb, men shuni ishonch bilan aytaolamanki bu bir xil pul miqdorini vaqt o’tishi bilan kamroq tovar va xizmatlarni sotib olish qobiliyatiga aniqrog’i sotib olinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarni vaqt o’tishi bilan kamayishidir. Misol tariqasida, yil boshida 100 ming so’m bolsin va shu pulga sotib olinishi mumkin bo’lgan kundalik iste’moldagi tovar va xizmatlarni miqdorini yil oxiriga kelib kamayishi. Bu esa 100 ming so’mga yil oxirida yil boshidagiga qaraganda xuddi o’sha tovar va xizmatlarni kamroq miqdorda sotib olish deganidir.
Bu inflyatsiya bozor iqtisodiyotini izdan chiqaruvchi omillar qatoriga kiradi. Ayniqsa bu inflyatsiyani yuqori darajada bo’lishi rivojlanayotgan davlatlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Lekin xalq orasida shunday tushuncha borki, inflyatsiyani har qanday darajasi iqtisodiyot uchun zarar degan fikrga borishadi. Aslida shundaymi?! Yo’q inflyatsiya har qanday darajasi iqtisodiyot uchun xavfli emas balki aksincha, barqaror past darajadagi inflyatsiya iqtisodiy o’sish uchun turtki bo’ladi. Inflyatsiyani umuman yo’q bo’lishi esa iqtisodiyotni o’sishini pasaytirib yuborishi mumkin balki to’xtatishi ham. Misol tariqasida domlam o’z ko’zi bilan ko’rgan voqeani aytib beraman. Yaponiyada inflyatsiya darajasi 1-3% oralig’da bo’ladi. Qaysidir yili shu mamlakatda inflyatsiya bo’lmay balki deflyatsiya sodir bolibdi. Bu esa rivojlangan davlat uchun xavfdir. Ya’ni shu yerlik aholi misol uchun telefon olishmoqchi bo’lishsa telefon narxi bu oyda faloncha yen ( yaponiya pul birligi) bo’lsa bir oydan so’ng u yana tushadi va u yerlik aholi ham uni yana tushishini kutishadi, natijada shu telefon ishlab chiqaradigan kompaniya mahsulot ishlab chiqarishni to’xatadi va oxirida bankrot bo’lishi yoki bo’lish yoqasiga boradi bu esa o’sha mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu davlat uchun kichik darajadagi inflyatsi bo’lgani yaxshi umuman olganda boshqa davlatlarga ham. Bu bir misol inflyatsiya umuman bo’lmagan sharoitda.
Endi inflyatsiyani kelib chiqish sabalariga to’xtaladigan bo’lsak uni ikki toifaga ajratsak bo’ladi.

  1. Talab inflyatsiyasi

  2. Taklif inflyatsiyasi

Talab inflyatsiyasi bu – iqtisodiyotda talabni haddan ziyod oshib ketishi natijasida ishlab chiqarishning real hajmi bilan uni qondira olmaslik sharoitida yuzaga keladi. Bu to’liq bandlik sharoitida ishlab chiqarish o’sib borayotgan talabni qondira olmaydi va talab inflyatsiyasi yuzaga keladi. Oddiy so’z bilan aytganda, ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to’la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovar va xizmatlarni narxi oshib ketadi. Buni iqtisodiy tilda bunday deyishadi, “ haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi “. Demak qisqa qilib aytsak talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradigan omillarga to’liq bandlik, baho, va ishlab chiqarish sur’atlarini yetishmasligi ekan. Misol tariqasida GM Uzbekistan ni olsak bo’ladi chunki bitta moshinaga bo’lgan talab shunchalikki, xaridorlarni navbatdagi soni 10 ming 20 ming nafarni tashkil qiladi. Bunga sabab ishlab chiqarilayotgan tovarlarni yetishmovchiligi va ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi matijasida yuzaga kelmoqda.
Taklif inflyatsiyasi esa – iqtisodiyotda tovar va xizmatlarning taklifi kamayishi natijasida ularni bahosi oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasada tovarni narxi oshib boraveradi. Bu jami taklif qisqarishini sababi mahsulot birligiga ketgan xarajatlarni oshishi orqali ro’y beradi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga turli xil jarayonlar sabab bo’ladi. Bularga soliqdagi o’zgarishlar, energiya resurslari narxini oshishi, davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar oshirilishi, va boshqalardir. Bu sabalar tufayli mehnat unumdorligi pasayadi va ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Natijada tovar va xizmatlarning narxi oshadi.
Mamlakatda tovar va xizmatlarning bahosini o’sib borishiga qarab inflyatsiya turlarga bo’linadi. Ular:

  • Sudraluvchi ( mo’tadil ) inflyatsiya

  • Shiddatli ( galloping ) inflyatsiya

  • Giperinflyatsiya

Sudraluvchi inflyatsiyaga ta’rif beradigan bo’lsam bu – uzoq vaqt mobaynida barqaror va past darajadagi inflyatsiyadir. Buni ko’rsatkichi 1-9 % oralig’ida bo’ladi. Zamonaviy iqtisodiyot uchun 1-4 % norma hisoblanadi. Misol uchun rivojlangan davlatlar shu inflyatsiya qatoriga kiradi. Yaponiya, Germaniya,AQSH va boshqalar. Shiddatli inflyatsiya esa yillik darajasi 10% dan oshiq bo’ladi va har oy o’sib boradi. Bu inflyatsiya turi ko’pincha rivojlanayotgan davlatlarda ro’y beradi. Misol: O’zbekiston, Rossiya va boshqalar Giperinflyatsiaya bu – o’rtacha narx navoning haddan ziyod oshganligidir. Bu oyiga 50% Yiliga 50 barobardan ham oshishi ham mumkin. Bunga yaqqol misol qilib zimbabve davlatini keltiramiz: yiliga o’rtacha u mamlakatda 686.4 % ni tashkil qilgan. Inflyatsiyani bu turi juda yomon chunki iqtisodni izdan chiqarib yuboradi. Shuning uchun ham uzoq vaqt mobaynida tovar va xizmatlarning narxlari barqaror bo’lgan rivojlangan mamlaktlarga inflyatsiya ko’rsatkichi 2% atrofida bo’lgani va rivojlanayotgan endi bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlar uchun esa biroz yuqori 2-6% atrofida bo’lgani maqbul sanaladi.
Inflyatsiyani aniqlashda baho indekslari orqali aniqlanadi. Baho indekslari – deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida topiladi.
Iste’mol narxlar indeksi – uy xo’jaliklari talabidan kelib chiqqan holda ma’lum bir tovar va xizmatlarning umumiy narxlarini o’rtacha o’zgarishini ifodalaydi. Ushbu umumiy ko’rsatkich iste’mol savatidagi har bir tovar va xizmat uchun narxlarining o’zgarishini inobatga olgan holda hisoblanadi. Inflyatsiya sur’ati = (( INI 1 – INI 0 )/ INI 0 ) *100%
Bu yerda: INI 1— joriy yilning iste’mol narxlar indeksi
INI 0 – o’tgan yilning iste’mol narxlar indeksi
Endi inflyatsiya darajasiga kelsak bu – baholar o’rtacha ( umumiy ) darajasining nisbiy o’zgarishidir. Buni yana baholar o’sish sur’ati deb ham ataydilar.
Bu baholar o’sish sur’atini quyidagicha ifodalash mumkin:

Bunda :  -- yillik inflyatisya sur’ati; P – joriy yilning narxlar indeksi; P-1 – o’tgan yilning narxlar indeksi.


Inflyatsiya namoyon bo’lish belgilariga quyidagilarni aytsak xato bo’lmaydi:

  • Valyuta kurslarining o’zgarishi

  • Kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o’sishi.

Valyuta kursini o’zgarishi milliy valyutani qadrsizlanishi olib keladi va import tovarlarini oshishi natijada mamlakatda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarini qimmatlashiga olib keladi. Misol Hindistonda chiqadigan ruchka 1$ ga import qilinsa agarda dollar oshsa bu ruchkani bahosi ham oshadi. Bu esa shu davlatda ishlab chiqarilgan ruchkani ham bahosi suniy ravishda oshadi. Endi kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o’sishi yuz bersa demak inflyatsiya sodir bo’lganidan dalolat beradi. Bu iste’mol tovarlari birlamchi ehtiyoj tovarlaridir. Misol go’sht, un, yog’ va boshqalar ya’ni insonni yashashi uchun zarur bo’lgan mahsulotlar. Bu iste’mol savati har davlatda har xil bo’ladi. Ya’ni rivojlanganlik darasiga qarab unga kiradigan tovarlar soni ko’payadi.


Xulosa shuki inflyatsiya bu hamma tovar va xizmatlarining narxini oshishi emas balki ularning baholarining umumiy darajasini oshishi degani ekan. Va bu o’z navbatida bu inflyatsiyani yuqori darajalari iqtisodiyotni izdan chiqarib mamlakatni parokanda qilishi ham mumkin. Lekin bu bilan inflyatsiya kerak emas degan tushunchaga bormaslik kerak, chunki inflyatsiya darajasi barqaror va kichik bo’lmagan davlatlarda aniqsa rivojlangan ishlab chiqarishga va iqtisodiy o’sishga ancha xavf tug’diradi. Buni misollarini yuqorida ko’rib o’tdik. Va nihoyat bu inflyatsiyani asl mohiyati, kelib chiqish sabablari va turlarini o’rganib oldik. So’ngida shuni ayta olamanki, inflyatsiya darajasi 1-6 % atrofida bo’lgan davlatlarda iqtisodiy o’sishi yaxshi bo’ladi.


Download 22.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling