Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1390621
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bank tizimi. pul-kredit siyosati (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
 
«BIZNES VA TADBIRKORLIK» KAFEDRASI

 
Mavzu
Bank tizimi. Pul-kredit siyosati 
 
 
 
 
 
TOShKENT - 2016


Reja 
1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari. 
2. Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi. 
3. Inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liklik. Fillips egri 
chizig’i. 
4. Aksilinflyatsiya siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi sharoitida uni amalga oshirish xususiyatlari. 


 
1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari. 
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish)

ma’lum davr 
mobaynida mamlakatda baholar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi, pulning xarid 
qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi 
omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri 
shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan 
mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning 
erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog’liq. 
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki 
barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi Fuqarolar urushi 
davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz pul massasining tovarlarning 
real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo 
inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman 
olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy 
muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. 
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq bandlik 
sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish 
quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish 
yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib 
kelmaydi deb hisoblashishadi. 
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan 
ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi. Demak keynschilar
inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o’ssa, 
yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining 
ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy 
iqtisodiyotning qo’shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish
mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o’sishi, pul birligi 


xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo’lishining quyidagi uch belgisi 
ham bor. Bular: 
1) valyuta kururslarining o’zgarishi; 
2) kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o’zgarishi; 
3) kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o’sishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.
Baholar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi (baholarning

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling