Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana23.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1390621
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bank tizimi. pul-kredit siyosati (1)

o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya darajasi quyidagicha 
ifodalanishi mumkin: 
P-P
-1


 = ---------- 


P
-1
 bunda:

yillik inflyatsiya sur’ati;
P - joriy yilning narxlar indeksi; P
-1
- o’tgan yilning narxlar indeksi. 
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb 
atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o’sishi sharoitida inflyatsiya 
darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik 
inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya: 
Baholar ikki martaga 70 
oshishi uchun zarur = ---------------------- 
yillar soni

 
Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo’lsa, taxminan 10 yilda baholar ikki 
martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10). 
Real YaMM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini hisoblash zarur 
bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi. 


2. Inflyatsiyaning turlari. Talab va taklif inflyatsiyasi. 
Talab inflyatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning 
real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq 
bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi
talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko’payishiga iqtisodiy bosim 
beradi va talab inflyatsiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «haddan ziyod 
pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyatsiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar 
aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyatsiya 
talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq.
Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi 
ko’payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda 
o’zgaradi. Baho o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom 
ashyo resurlarini shu o’zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan 
kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya hamda 
qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q. 
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham 
oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab 
chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga
taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling