Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
bank tizimi. pul-kredit siyosati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan inflyatsiya
Taklif inflyatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi
natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi. Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko’payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko’ra, taklif inflyatsiyasi o’z- o’zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo’shimcha o’sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o’sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’ladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo’ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o’sishi aholi qo’lidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o’tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% ga ko’paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo’lsa, unda aholining real daromadlari 20% ga kamaygan bo’ladi. Chunki, narxlarning o’sishi aholi pul daromadlarining o’sishidan yuqori bo’lgan (30% - 50%q- 20%). Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga ham bog’liq. Kutilayotgan inflyatsiya sharoitida daromad oluvchi inflyatsiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajavsini saqlab qolish chorasini ko’radi. Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin: i = r + kut., bu erda i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; kut- kutilayotgan infnflyatsiya darajasi. Inflyatsiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko’rinishni oladi: i - kut. r = ----------- 1+ kut. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling