2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot funksiyalarini amalga oshirish Xarid logistikasida «ishlab-chiqarish yoki xarid qilish»
Download 122,5 Kb.
|
QISHLOQ XOʻJALIGIDA XARID LOGISTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Xarid logistikasining tahlili. 5. Xarid logistikasida «aniq muddatga» yetkazish tizimi 1. Xarid logistikasining mohiyati va vazifalari.
QISHLOQ XOʻJALIGIDA XARID LOGISTIKASI Reja: 1. Xarid logistikasining mohiyati va vazifalari. 2.Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot funksiyalarini amalga oshirish 3.Xarid logistikasida «ishlab-chiqarish yoki xarid qilish» masalasi. 4. Xarid logistikasining tahlili. 5. Xarid logistikasida «aniq muddatga» yetkazish tizimi 1. Xarid logistikasining mohiyati va vazifalari. Xarid logistikasi – bu, korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlash ja-rayonida, moddiy oqimlarni boshqarishdir. Mikrologistik tizimning katta ahamiyatga ega unsurlaridan biri bu xarid ti-zimchasidir, u moddiy oqimni logistik tizimga kirib borishini tashkil etadi. Bu bosqichda moddiy oqimlarni boshqarish ma’lum o‘ziga xos xususiyatlarga ega, aynan shu holat xarid logistikasini ayrim bob sifatida o‘rganilishiga sabab bo‘ladi. Moddiy oqimlarni qayta ishlovchi har bir korxona, jumladan qishloq xo‘jalik korxonalari ham, o‘z tarkibida, mehnat buyumlarini (urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i moylash materiallari va b.) sotib olishni, yetkazishni va vaqtinchalik saqlashni amalga oshi-ruvchi bo‘limga egalar. Bu bo‘lim faoliyatini uchta pog‘onada ko‘rib chiqishimiz mum-kin, chunki bu bo‘lim bir vaqtning o‘zida;
Har bir belgilangan pog‘onada ta’minot bo‘limi faoliyatining maqsadlarini ko‘rib chiqamiz:
Yetkazib beruvchilar bilan logistik integratsiya iqtisodiy, texnik, texnologik va uslubiy xarakterdagi tadbirlar majmui hisobiga erishiladi. Integratsiya, ishonchli hamkorlik munosabatlariga, agarda daromad bo‘lmasa ham hamkorga qo‘l uza-tishga, asoslangan bo‘lishi kerak. «Menga baribir...» falsafasini ilgari suruvchi-lar, hozirgi tadbirkorlar dunyosida o‘z o‘rnini topa olmaydilar. Logistikada yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar quyidagi tamoyillarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Ta’minot bo‘limi, yangi mahsulotni ishlab chiqish yo‘llarini izlash bosqichidan boshlab, korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlash masalasini yechishga kirisha-di. Logistik tashkil etilgan tizimlarda esa, bu bosqichda yetkazib beruvchi ham ishti-rok etishi mumkin.
Ta’minot – ishlab-chiqarish – sotish zanjiri zamonaviy marketing konsepsiya-si asosida barpo etilishi lozim, ya’ni birinchi navbatda sotish strategiyasi, keyin-chalik undan kelib chiqqan xolda ishlab-chiqarishni rivojlantirish strategiyasi va undan keyingina ishlab-chiqarishni ta’minlash strategiyasi ishlab chiqilishi lozim. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki marketing bu masalani faqatgina konseptual nuqtai nazardan belgilaydi. Sotish bozorlarini har tomonlama tekshirishga mo‘l-jallangan marketing ilmiy qurollari, mos talablarga bog‘liq bo‘lgan, yetkazib beruv-chilarni texnik-texnologik kelishishi masalalarini yechishga imkon beradigan us-lublarni ishlab chiqmagan. Shuningdek marketing, xom-ashyoning birlamchi ishlab-chi-qaruvchisidan oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan materiallar xarakati jarayonidagi bar-cha ishtirokchilarning tizimli tashkil etish uslublarini ham taklif etmaydi. Bu nuqtai nazardan logistika ishbilarmonlik faoliyatiga marketing yondashuvini ri-vojlantiradi, marketing konsepsiyasini amalga oshirish imkonini yaratuvchi usul-larni ishlab-chiqadi, konsepsiyaning o‘zini ham sezilarli darajada kengaytiradi va to‘ldiradi. Ta’minot bo‘limining samarali faoliyat yuritishi, korxona miqyosida ham, makrologistika miqyosida ham sanab o‘tilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, bularning barchasi ta’minot bo‘limini tizimli tashkil etilishga bog‘liqdir. Download 122,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling