2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta’minot funksiyalarini amalga oshirish Xarid logistikasida «ishlab-chiqarish yoki xarid qilish»


Yetkazib beruvchini tanlash masalasi


Download 122.5 Kb.
bet6/14
Sana23.02.2023
Hajmi122.5 Kb.
#1223873
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
QISHLOQ XOʻJALIGIDA XARID LOGISTIKASI

4. Yetkazib beruvchini tanlash masalasi
«Ishlab-chiqarish yoki xarid qilish» masalasi yechilgandan, va korxona qaysi xom ashyo va qaysi mahsulotlarni xarid qilish zarur ekanligi belgilab olganidan so‘ng, yetkazib beruvchini tanlash masalasini hal qilishga kirishiladi. Bu ishning asosiy bosqichlarini sanab o‘tamiz va tavsiflaymiz.

  1. Potensial yetkazib beruvchilarni izlash.

Bunda quyidagi uslublar qo‘llanilishi mumkin:

  • tender e’lon qilinishi;

  • reklama ma’lumotlarini: firma kataloglarini; ommaviy axborot vositalari-dagi e’lonlarni va boshqalarni, o‘rganib chiqish;

  • ko‘rgazma va yarmarkalarga tashrif buyurish;

  • potensial yetkazib beruvchilar bilan aloqada bo‘lish.

Sanab o‘tilgan tadbirlar natijasida potensial yetkazib beruvchilar ro‘yxati shakllanadi, va u doimo yangilanib turiladi.

  1. Potensial yetkazib beruvchilarning tahlili.

Potensial yetkazib beruvchilarning tuzilgan ro‘yxati, talablarga mos keladigan yetkazib beruvchilarni tanlash imkoniyatini beradigan maxsus mezonlar asosida tah-lil qilinadi. Bunday mezonlar soni bir necha o‘ntagacha bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘p-gina hollarda yetkazilayotgan mahsulotning narxi va sifati bilan, hamda yetkazib be-ruvchining ishonchliligi (bunda yetkazib beruvchining mahsulotni yetkazish muddati, assortimenti, butligi, sifati va miqdori bo‘yicha olgan majburiyatlarini bajarish tushuniladi) bilan cheklanadilar.
Yetkazib beruvchini tanlashda e’tibor berilayotgan boshqa mezonlarga quyidagi-lar kiradi:

  • yetkazib beruvchini iste’molchidan yiroqda joylashishi;

  • joriy va tezkor buyurtmalarni bajarish muddatlari;

  • zaxira quvvatlari mavjudligi;

  • yetkazib beruvchida sifat boshqaruvini tashkil etilishi;

  • yetkazilayotgan uskunalarning butun xizmat muddati davomida ehtiyot qismlari-ni yetkazib berish qobiliyati;

  • yetkazib beruvchining moliyaviy ahvoli va boshqalar.

Potensial yetkazib beruvchilarni tahlili natijasida aniq yetkazib beruvchilar ro‘yxati shakllanadi, va ular bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha ish olib boriladi.


  1. Download 122.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling