2017 yilda o'zbekistonda keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar dasturini qabul qilinishi


Download 286.89 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi286.89 Kb.
#1399110
Bog'liq
2017 YILDA O\'ZBEKISTONDA KENG KO\'LAMLI IQTISODIY ISLOHOTLAR DASTURINI QABUL QILINISHI


2017 YILDA O'ZBEKISTONDA KENG KO'LAMLI IQTISODIY ISLOHOTLAR DASTURINI QABUL QILINISHI
Reja:

  1. O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida bir yil o‘tdi. Ushbu davr mobaynida mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar

  2. Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlari

  3. ‘zbekistonning bugungi kunda asosiy tashqi savdo sherigi kim?





O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida bir yil o‘tdi. Ushbu davr mobaynida mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston o‘ziga xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar e’tiborini qarata boshladi. Endilikda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‘lmoqda va Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi.
Shu bilan birga O‘zbek jamiyatining mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati ancha o‘zgardi, xalqning islohotlarga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi har doimgidan ko‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni televideniedagi har kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Mamklakat Senati raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ko‘ra, yuqori iqtisodiy o‘sish va O‘zbek iqtisodining o‘sib borayotgan raqobatbardoshligini ta’minlash milliy rahbariyat uchun birinchi darajali masalaga aylandi. Prezidentlikning birinchi kunlaridan boshlab Shavkat Mirziyoev davlatning investitsion iqlimini rivojlantirish va milliy iqtisodning chet el investorlari uchun yanada ko‘rkamligini ta’minlash yo‘lida siyosat olib bordi. O‘zbek hukumatining moliya, savdo, soliq va investitsiya sohalarida olib borayotgan siyosat orqali boshlab yuborgan iqtisodiy liberalizatsiyasi Jaxon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, YeTTB, OTB kabi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ma’qullandi. Sentabr oyidagi milliy valyutaning to‘liq konvertatsiyasi shu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Iqtisodiy liberalizatsiya va jamiyat modernizatsiyasi O‘zbekistonning yangi realligiga aylandi. Ushbu islohotlarni xalqaro ekspertlar “Toshkent butun e’tiborini o‘ziga qaratgan izolyatsion holatga tushib qolgan edi, endilikda esa u qo‘shnilar va dunyo u
chun ochilmoqda”, deya baholashmoqda.
Bugungi kunda O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish yo‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi barcha islohotlarni tartibga soladigan va yo‘l xaritasi sifatida xizmat qiladigan hujjat hisoblanadi.
Strategiya mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yo‘nalishni aniqlab beradi: davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish; qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish; ijtimoiy sohani rivojlantirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish. Strategiyada alohida e’tibor davlat suvereniteti va erkinligini kuchaytirishga, uning xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘sib borayotgan o‘rni, rivojlangan demokratik mamlakatlar qatoriga kirib borishi, atrofida xavfzlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatni xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Fraser strategiya va uning asosida qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosat yondashuvi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning kelajakdagi farovonligi va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, xalqaro ekspertlarning fikricha, Harakatlar strategiyasini qabul qilish va amalga oshirish suveren O‘zbekistonni rivojlantirishda yangi ustun ekanligini a
nglatadi.
Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlarini hisobga olishimiz kerak. Birinchidan, Strategiyani qabul qilish bugungi O‘zbek jamiyatida jiddiy muammolar mavjudligini tan olish ekanini anglatadi. Bunday holatda, ushbu muammolarni yechish ham ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishidan boshlanadi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati Harakatlar Strategiyasi doirasida keng ko‘lamli va tarixiy islohotlarni yo‘lga qo‘yish orqali muhim qadamni qo‘ydi.
Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng ko‘lamli dastur Hukumat va xalq o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish strategiyasining loyihasi ommaviy axborot vositalarida va Internetda e’lon qilindi va har bir fuqaro o‘z fikrini bildirish, qarashlari bilan bo‘lishish va unga o‘zgartishlar kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda o‘zbek xalqi, jumladan, ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlar, hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari bo‘lishdi. Shu orqali xalq qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatni qo‘lga kiritdi va bu umummilliy muhokama mavzusiga aylandi.
Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar uchun yo‘l xaritasidir. Bu balandparvoz gaplar yoki PR kampaniyasining populist deklaratsiyasi emas. Shu bois bugun biz O‘zbekistonda ijobiy va dinamik o‘zgarishlarni kuzatmoqda
O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgarganidan so‘ng o‘tgan bir yil davomida, bu sobiq SSSR hududidagi eng «vazmin» davlat imijning keskin o‘zgarishi bilan hayratga soldi, umumiy qabul qilingan xalqaro shakllarda istalgan sheriklar bilan hamkorlikka ochiqligi haqida ma'lum qildi. Yangi prezident Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga muvaffaqiyatli tashriflari, Toshkentning tashqi iqtisodiy faoliyatini maksimal diversifikatsiya qilish bo‘yicha siyosatini tasdiqladi. O‘zbekiston oldida turgan vazifalar, istiqbollar haqida EADaily nashri An'anaviy madaniyatlar markazi O‘rta va Markaziy Osiyo geomadaniyati va geoiqtisodiyoti bo‘yicha direktori o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev (O‘zbekiston) bilan suhbatlashdi.
Toshkent tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu mamlakatni rivojlantirishdagi inqilobiy bosqichmi yoki rivojlanishning bir modelidan boshqasiga o‘tishmi? Iqtisodiy sektorda valyuta bozori katta o‘zgarishlarga yuz tutdi. O‘zbekiston bir yil ichida qanday o‘zgardi?
Valyuta bozorini erkinlashtirishni umumiy iqtisodiy siyosatdan ajratgan holda ko‘rish to‘g‘ri emas. Umumiqtisodiy vaziyat qanday? Mamlakat iqtisodiyotini import o‘rnini bosish modelidan eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish yangi modeliga o‘tish bo‘yicha tizimli ish ketmoqda. Aynan shu bilan qator islohotlar, jumladan valyuta bozorining erkinlashtirilishi bog‘liq. Bu eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish siyosatining iqtisodiy o‘sishi yangi modelini yo‘lga qo‘yishning muhim bosqichi. Va bu siyosatni valyuta konvertatsiyasi mexanizmi va valyuta kurslarini bir xil qilmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi. Albatta, bundan so‘ng milliy valyuta - so‘mning devalvatsiyasi yuz berdi - deyarli ikki barobarga. Biroq so‘mning kuchsizlanishi eksport va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashda ish berdi. Shu bilan birga, yuridik shaxslar erkin konvertatsiyani qo‘lga kiritishdi, jismoniy shaxslar esa qisman konvertatsiyadan foydalanishi mumkin. Hamda konvertatsiyaning bosqichma-bosqich evolyutsiyasi bo‘yicha bu variant – bu to‘g‘ri evolyutsion yo‘l.
Ushbu islohotlarning kamchiliklari qanday?
Kursni bir xil qilish so‘mning qadrsizlanishiga olib kelishi kutilgandi. Va aholining daromadlari dollarda hisoblaganda ikki martaga kamayib ketdi. Albatta, bunday kursni joriy etish importchilarga zarba bo‘lib tushdi. Import kutilganidek qimmatlashdi. Biroq falokatli ssenariydan qochishning uddasidan chiqildi. 
Valyutadan tashqari, boshqa qanday muhim islohotlar amalga oshirildi?
Bu haqda kam gapirishmoqda, biroq mamlakatda juda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mening fikrimcha, prezidentning davlatning yanada ochiqligi siyosatini amalga oshirish bo‘yicha taklifi davlat boshqaruvi tizimi, davlat hokimiyati organlari tizimi faoliyati va boshqaruvda katta o‘zgarish bo‘ldi. Gap faqat virtual qabulxonalar haqida emas, u bilan birga «xalq qabulxonalari» ham ko‘paydi. Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi mexanizmining joriy etilishi shunga olib keldiki, pastroq darajadagi amaldorlar aholi oldida hisobot berishning yangi shakllarini o‘zlashtirish, muloqot olib borish va noqulay savollarga javob qaytarishga majbur bo‘ldi.
Qarorlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish, davlat siyosatini amalga oshirish doirasida elektron hukumatning yangi shakllarini tatbiq etish bo‘yicha jiddiy ish ketmoqda. Inson, fuqaro, tadbirkor uchun ma'lumot ochiqroq bo‘ldi. Hattoki xorijda ham shuni tan olishdiki, O‘zbekiston elektron hukumat va boshqaruv sohasida loyihalarni amalga oshirish sur'ati bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanmoqda. Barcha deyarli har hafta elektron hukumatning yangi shakllari va ko‘rinishlari tatbiq etilayotganini ko‘rmoqda: elektron kadastr tizimi, elektron sudlar va hokazo. Hamda bu juda muhim – davlat, jamiyat va biznesning o‘zaro aloqasi jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha haqiqiy mexanizmlar paydo bo‘lmoqda. Fuqaro uchun ma'lumot olish huquqi texnologik yechimni olayapti.

Ba'zi kuzatuvchilarga ko‘ra, islohot loyihalari uchun mablag‘ yetmayapti...


Juda keng ko‘lamli vazifalar qo‘yilgan, ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha jiddiy loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlarda muhandislik-kommunal infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha loyiha va dasturlarning o‘zi juda katta mablag‘lar hamda yangi shakllarni talab qiladi (xususiy-davlat sherikchiligi mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha loyihalar). Men shunga qo‘shilamanki, bu barcha loyiha va dasturlarni bir vaqtning o‘zida bajarish byudjyet uchun juda kuchli yukdir. Albatta, dastur va loyihalarni amalga oshirishda ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi. Hammasini birdaniga qilish imkonsiz.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo strategiyasi doirasida qo‘shnilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Qozog‘iston, Turkmaniston bilan hammasi tushunarli. Tojikiston? Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi tayyorlanmoqda, hamda shu bilan birga, Tojikiston hukumati «mojaroli» Rog‘un GESni qurishda davom etmoqda. O‘zbekiston rahbariyatining bu masala bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgardimi?
Turkmaniston, Qozog‘iston bilan avvalgi bosqichda yaratilgan asos tufayli munosabatlar iliqlashdi va hamkorlik masalalarida oldinga siljish ro‘y berdi. Mintaqada o‘ziga xos o‘zak tashkil topdi: Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston. So‘nggi bahli masala hal etildi – chegaraning Ustyurt qismi bo‘yicha nuqta qo‘yildi. Noyabrda davlat chegaralarining tutashish nuqtasi tumani bo‘yicha muddatsiz uch tomonlama kelishuv imzolandi.
Qirg‘iziston bilan ba'zi kelishuvlarga kelindi, biroq hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Qirg‘iziston O‘zbekiston uchun muhim – «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish lozim, buni avtomobil qismini qurishdan boshlab, temir yo‘l magistralini qurishga o‘tish orqali qilish kerak. Bu loyiha Xitoydan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa portlariga katta transport yo‘lagining asosiy qismi bo‘ladi. Ya'ni, XQO‘ loyihasi hisobga olinsa, Turkiyadan Xitoyning dengiz portlariga qadar transport-kommunikatsiya magistrali yaratiladi.
Kelajakda bu yo‘l Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mojaroga olib kelmaydimi?
Qozog‘istondan ekspertlar darajasidagi ilk xavotirlar 2000-yillar o‘rtalarida bildirilgandi. O‘shanda Qirg‘iziston temir yo‘li yo‘nalishini shunday qurishni taklif qilganki, o‘zida Shimolni Janub bilan birlashtirmoqchi bo‘lgan. «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi loyihasiga qarshi RF avvaliga jiddiy qarshi chiqqan. Qozog‘iston transport loyihalarini o‘z hududi orqali amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan («G‘arbiy Xitoy-G‘arbiy Yevropa» loyihasi) va XQO‘ loyihasiga qiziqish bildirmagan. Faqatgina so‘nggi yillarda, Qozog‘iston mintaqaviy ahamiyatdagi transport-logistik xab roliga da'vogarlik qilishni boshlaganidan so‘ng, qozoq ekspertlari orasida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport loyihasi yuk tashuvlarining bir qismini XQO‘ yo‘lagiga ketib qolishiga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirila boshlandi.
Albatta, yuklarning ma'lum qismi uchun bu janubiy yo‘nalish muddatlar va masofa bo‘yicha optimaldir. Yuklar Xitoyning dengiz portlaridan Janubiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Yaqin Sharq portlariga yuboriladi. U yuklarni Xitoydan O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya orqali O‘rta Yer dengizidagi Mersin portiga yetkazish imkonini beradi, Mersin esa O‘rta va Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalarini ta'minlaydi. Biroq agarda yuklarni Xitoydan, aytaylik, Bremenga yetkazish bo‘lsa, ularni O‘zbekiston orqali olib o‘tishmaydi, sababi Qozog‘iston orqali tranzitdan foydalanish qulayroq. Hammasi ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va importchilarning logistik manfaatlari bilan aniqlanadi. Hamda asosiy oqimlar esa baribir Qozog‘istonda qoladi. XQO‘ga tranzitning 10-15 foizidan ortig‘i to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun men yangi yo‘nalishning qurilishi Qozog‘iston bilan ziddiyatga olib keladi, deb o‘ylamayman.

Prezident Mirziyoyev nima uchun Tojikistonga borishga shoshilmayapti? Tashrif haqida anchadan beri aytiladi, biroq muddat hali noma'lum. Gap Rog‘un GESdami?


Bu sabablardan biri. Markaziy Osiyodagi muammolar va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan Samarqand konferensiyasida prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada suvdan foydalanish muammosi hamon hal etilmaganini aytdi. BMTning Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha Konventsiya loyihasi bor va O‘zbekiston uni qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekiston aynan shu konvensiya asosida bundan keyin ham ishlashga rozi.
Tojikiston rahbariyati uchun vaziyat shundayki, O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikdan qanday foydalar kelishiga qaramay, ular bu g‘oyadan (Rog‘un GES qurilishi) voz kecha olmaydi. Bu afsuslanarli, lekin fakt. Rog‘un qurilishda davom etadi, hamda bu, albatta, O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilashga turtki bermaydi, har holda bu Dushanbe o‘zida Amudaryoning quyi oqimida joylashgan barcha mamlakatlar salbiy munosabatda bo‘layotgan bu loyihadan voz kechishga kuch topa olganida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sur'atlar va dinamikada yuz bermaydi.
O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi davomida bu masala muhokama etiladimi? Kun tartibida yana qanday masalalar bo‘lishi mumkin?
Ikki davlat rahbarining Dushanbedagi uchrashuvida Rog‘un GES qurilishi masalasi muhokama qilinadimi? Albatta, muhokama etiladi. Biroq bu muzokaralardan effekt savollarni keltirib chiqaradi. Aftidan, chegara masalalari tilga olinadi. Hozir davlatlararo chegaraning 70-80 foizini delimitatsiya qilish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi mumkin. Qolgan 20 foizi, xuddi Qirg‘iziston bilan bo‘lgani kabi, murakkabdir. Bu qismlar aholi zich joylashgan tumanlarda bo‘lib, ular bo‘yicha oson yechim yo‘q. Gap gaz yetkazib berishni tiklash haqidagi ham borishi mumkin – yiliga taxminan 900 mln kubometr. Boshqa real loyihalar yo‘q.
O‘zbekistonning bugungi kunda asosiy tashqi savdo sherigi kim? Avvalgidek Xitoymi, yoki Rossiya vaziyatni o‘zgartirishning hamda yetakchilikka chiqishning uddasidan chiqdimi?
Katta ehtimol bilan joriy yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston tashqi savdo sheriklari ro‘yxatida Rossiya birinchi o‘ringa qaytadi, u bu pozitsiyani 2015 yilda yo‘qotgandi. Toshkentning jahon kuch markazlaridan bir xil masofani saqlash siyosati ishlamoqda. Ba'zilar bu to‘siqlarga chap berish siyosati ekanini aytmoqda. Biroq siyosat – to‘siqlardan qochish san'atidir. Hamma gap bu senda qanday yuz berishi va nimalarni berishida. U esa ko‘p narsa beradi: Rossiya bilan 15,5 mlrd dollarlik sarmoyalar va savdo kelishuvlari Xitoy bilan 22 mlrd dollarlik savdo va investitsiya kelishuvlari bilan to‘ldirildi. Bu O‘zbekiston YaIM yarmidan ko‘p. Shu bilan birga, kimdir oldinga o‘tib ketgani, kimdadir ko‘proq imkoniyatlar borligi haqida gapirmagan bo‘lardim. Toshkentning strategik vazifasi – Xitoy, Rossiya va G‘arb o‘rtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatda muvozanatni saqlash. Toshkentning istalgan turdagi va mintaqadan tashqaridan bo‘lgan xohlagan davlat tomonidan taklif etiluvchi integratsion birlashmaga kirmaslik bo‘yicha qat'iy pozitsiyasini ham Pekin, ham Moskvada tushunishmoqda. Rossiyada shuni tushunishmoqdaki, biz – Xitoy tomonidan ilgari surilayotgan ShHT doirasida Erkin savdo zonasiga qarshimiz. Boshqa tomondan, ham G‘arbda, ham Pekinda O‘zbekiston Rossiya tomonidan ilgari suriluvchi intergatsiya loyihalari bo‘yicha aniq pozitsiyaga ega, - O‘zbekiston na KXShT, na YeOIIga kirishni mo‘ljallamayapti. Rahbariyatning bunday pozitsiyasi to‘g‘ri tushunilmoqda. O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qandaydir ittifoqlar, alyanslar shakllari bilan cheklanmagan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdori.
Iqtisodiyotning qanday yo‘nalishlari Rossiya-O‘zbekiston hamkorligida eng istiqbolli?
Bizda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ijobiy, ishonchli dinamikasi bor. O‘zbekiston RFdan noenergetik eksport (mashinasozlik, stanoksozlik) bo‘yicha yetakchiga aylandi.

Bu katta o‘zgarishlar, rossiyalik ishlab chiqaruvchilar 2030 yilgacha modernizatsiya va texnik qayta jihozlanish jiddiy dasturini amalga oshirayotgan va Rossiya texnologiya uskunalarini jiddiy xaridoriga aylanayotgan O‘zbekiston bilan ishlashidan darak beradi. Shuningdek, Rossiyaga o‘zbek meva-sabzavot mahsuloti eksporti ancha o‘sganini ta'kidlab o‘tmoqchiman. Joriy yilda u minimum 2 barobarga oshadi. Hamda bu chegara emas – ijobiy kayfiyat Rossiya bundan manfaatdor ekani bilan mustahkamlangan. Siz RJD qandaydir davlat uchun tariflarni 50 foizga kamaytirganini eshitganmisiz? O‘zbekiston uchun bu qilindi. Bizda Rossiya bilan tashqi savdoda jiddiy disbalans hamda biz uni hozir o‘zgartirishimiz kerak: hozir Rossiyadan O‘zbekistonga, O‘zbekistondan Rossiyaga qaraganda qariyb bir milliard dollarga ko‘proq tovarlar olib kiriladi. Xitoy bilan ham shunday vaziyat. Biz eksport-import ko‘rsatkichlarini tenglashtirishimiz, xomashyo hajmini emas, balki boshqa mahsulot eksportini oshirishimiz kerak.
Download 286.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling