2018 yil bitiruv malakaviy ishi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi
ko`rsatkichlari (kishi)
№ Shahar va tumanlar nomi Mehnar resursalari soni ming kishi Iqtisodiy faol aholi soni ming kishi Band aholi soni ming kishi Ishlayotga n o’smrlar soni kishi Ishlayotgan pensionerlar soni kishi Ishga muhtojalr (ishsizlar) ming kishi Ishsizl ik daraja si% Viloyat ko’rsatkichi: 1065,4 872,4 825,3 1979 4321 47,1 5,4 shaharlar: 1 Buxoro 162,1 133,4 126,2 415 1553 7,7 5,8 2 Kogon 43,1 34,8 33,1 65 251 1,7 4,9 tumanlar: 3 Buxoro 87,7 71 67,4 150 310 4,1 5,8 4 Vobkent 75,7 61 57,8 152 183 3,0 4,9 5 Jondor 89,9 74,9 71,5 120 213 4,1 5,5 6 Kogon 45,4 36 35,2 153 181 1,5 4,2 7 Olot 54,1 42,1 39,1 108 134 2,5 5,9 8 Peshko’ 64,8 53,2 50,1 153 125 2,9 5,5 9 Romitan 80,6 66,9 62,0 123 216 3,7 5,5 Manba : Buxoro viloyati pasporti. Buxoro 2017 – yil 2.2 Buxoro viloyatida tadbirkorlik va biznes faoliyatiga tayyorlash kurslari faoliyati tahlili. Respublikаmizda tadbirkorlik sohаsiga endi kirib kelаyotgan yoshlаr, korxonа rahbаrlаri vа ishlаb chiqаrish xodimlаriga tаdbirkorlik faoliyatigа oid zаrur bilimlаrni berish, ulаrning biznes-rejаlarni ishlаb chiqish, tаdbirkorlik sohаsidagi qonunchilik, menejment yo‘nalishlaridаgi mаlаkasini oshirishgа аlohida e’tibor qarаtilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PQ-2897- sonli qaroriga asosan Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil qilingan. Mаrkaz respublikа miqyosidа kаsb-hunar kollejlari doirаsida mashg‘ulotlardаn bo‘sh paytlаrda biznesni yuritish аsoslari, biznes-rejalar ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyati sohаsidagi qonunchilik, menedjment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zаrur yo‘nаlishlar bo‘yichа o‘quv kurslаrini tashkil etаdi. Markaz tomonidаn tаdbirkorlarga ko’mаklаshish mаqsadidа investitsiyа va ishlab chiqarish jаrаyonlarini tаshkil etish bo‘yichа аmаliy ko‘nikmаlаrni o‘zlаshtirish, tadbirkorlik fаoliyatini amаlga oshirish bilan bog‘liq zarur ma’lumotlаrni olishda, shuningdek, investitsiya jarayonini amalga oshirishning barcha bosqichlarida tadbirkorlarga hamkorlik qilish, xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasbiy mаlаkasini doimiy oshirib borishda tadbirkorlarga yordаm ko‘rsatish amаlga oshiriladi. O‘quv kurslarini tashkil qilish mаqsаdida markaz tomonidan oliy ta’lim muassasаlari, kаsb-hunаr kollejlari o‘qituvchilari, vаzirliklar va idorаlаr mutaxаssislаri, respublikаmizda ishlаyotgan kаttа muvаffaqiyatlargа erishgаn tadbirkorlаr va xorijiy mutaxаssislаr jаlb etilgаn. Shuningdek o’quv kurslаri bаrchа tаdbirkorlаr uchun bepul! 10 Shofirkon 94,1 74,1 69,3 198 258 4,5 6,1 11 Qorako’l 89,6 78,5 74,8 115 291 3,6 4,6 12 Qorovulbozor 15,4 14,8 14,5 8 55 0,4 2,7 13 G’ijduvon 162,9 131,7 124,2 219 551 7,4 5,6 Ushbu markazning faoliyatini Buxoro viloyati filiali misolida qaraydigan bo’lsak, markaz tomonidan Savdo – sanoat palatasi yordamida Buxoro shahri va tumanlarda qator tadbirkorlik kurslari yo’lga qo’yilgan. O‘quv kursini tashkil etish viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan hamda, Davlat raqobat qo‘mitasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, Buxoro viloyat O‘rta-maxsus, kasb hunar ta’limi boshqarmasi bilan kelishilgan xolda o‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish kalendar rejasi asosida tashkil etilgan. O‘quv kursining maqsadi Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning biznesni yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdir Jumladan, shu munosabat bilan Davlat raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun Peshko‘ tuman “Qishloq xo‘jaligi” kasb- hunar kolleji binosida 09.04.2018y. dan 13.04.2018y. gacha o‘tkazilgan o’quv kursini tahlil qiladigan bo’lsak, ushbu o’quv kursini o’tkazish 5 kun davom etib, o‘quv mashg‘ulotlarning umumiy davomiyligi 22 akademik soatni tashkil etgan. O‘quv kursida ishtirok etgan tinglovchilarning umumiy soni 14 tani tashkil etadi. O‘quv kursining birinchi kuni (09.04.2018 yil) Peshko‘ tumani “yagona darcha” markazi direktori Baqoyev Farxod tomonidan “tadbirkorlikning qonunchilik asoslari, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni olish”, “kommunikatsiyalarga ulanish” mavzularida o‘tkazildi. O’quv mashg’uloti tinglovchilar bilan savol javob tariqasida o’tkazildi. O‘quv kursining ikkinchi kunida (10.04.2018 yil) Turon bank viloyat filiali mutaxassisi Elov To‘lqin tomonidan “biznes-rejani ishlab chiqish”, “bankda milliy va xorijiy valyutadagi xisobvaraq ochish, kredit olish shartlari va tartibi” mavzularida ma`ruzalar o‘tildi. O‘quv kursining uchinchi kunida (11.04.2018 yil) birinchi o’quv mashg’uloti Peshko‘ tuman soliq inspeksiyasi Kameral nazorat bo‘limi boshlig‘i Navro‘zov Umar tomonidan “buxgalteriya hisobi, soliq va moliyaviy xisobot” mavzusida o’tkazilgan va mа’ruzachi o‘quv mаshg‘uloti davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berib bordi va ularga yo’l yo’riq ko’rsatdi. Kunning ikkinchi o‘quv mashg‘uloti “Soliqlar va majburiy to‘lovlar, bojxona bojlari va to‘lovlari, ular buyicha imtiyozlar” mavzusida viloyat bojxona boshqarmasi BNTE bo‘limi boshlig‘i inspektori Kаmolov Hamidjon tomonidаn o‘tildi. Ma’ruzachi o‘quv mashg‘uloti davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berib bordi. O‘quv kursining to‘rtinchi kunida (12.04.2018 yil) birinchi o’quv mashg’uloti Peshko‘ tuman savdo-sanoat palatasi tashkiliy masalalar bo‘yicha mutaxassis Xoliqov Afzal tomonidan “Tanlangan faoliyat yo‘nalishi bo’yicha biznesni tashkil etish asoslari” mavzusida, ikkinchi o’quv mashg’uloti esa Peshko‘ tumanida joylashgan “Avtotexxizmat” X.K rahbari Zayniyev Sarvar tomonidan “Muvaffaqiyatli tadbirkor tomonidan biznesni tashkil etish va rivojlantirish tajribasi haqida master-klass va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonaga tashrif” mavzusida bo’lib, qatnashuvchilar Peshko‘ tumanida joylashgan “Avtotexxizmat” xususiy korxonasiga tashrif buyurishdi va muvaffaqiyatli tadbirkor master-klass davomida tinglovchilarga qurilish sohasidagi biznes yuritish hamda tadbirkorlik faoliyatini daslabki tashkil etish tajribalari to‘g‘risida gapirib o‘tdi va o‘z maslahatlarini berdi. O‘quv kursining so’nggi kuni (13.04.2018 yil) Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi xodimlari Miyrakov Otabek Oybekovich, Latipova Mushtari Sulaymanovna, Nurmatov Baxtiyor Bafoyevich tomonidan “Mehnat qonunchiligi, kadrlarni tanlash va o‘qitish” mavzusida dars o’tildi. Bundan tashqari Davlat bojxona qo‘mitasi Buxoro viloyati boshqarmasi katta inspektori Kamolov Hamidjon yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijga eksport qilish tartibi bo’yicha ma’ruza o’tdi. Kun yakunida o‘quv kursida intizomli va vijdonan ishtirok etgan barcha tinglochilarga tadbirkolik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi, Buxoro filiali boshlig‘i R.Naimov va mutaxasis J.Jumayev tomonidan sertifikatlar topshirildi. Tinglovchilar o‘quv kursi tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi. O‘quv kursi yakunida quyidagi natijalarga erishildi: Buxoro tumanidagi xususiylashtirilgan obyektlar va korxonalar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan 14ta tadbirkorlar o‘qitildi; ularning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, yo‘nalishlari bo‘yicha biznesni tashkil etish borasidagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi; tadbirkorlarning ro‘yxatdan o‘tish, biznes rejalar ishlab chiqish, kommunikatsiyalarga ulanish kabi muammolari o‘rganildi va ularni yechish bo‘yicha mutasaddi korxona, boshqarma mutaxassislarini jalb qilgan holda ushbu ishlarni amalga oshirish usullarini tushuntirish va kerakli ko‘rsatmalar berish kabi ishlar amalga oshirildi; Peshko‘ tumanidagi muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida o‘zaro tajribalar almashinildi, ular bilan o‘zaro hamkorlik aloqalar o‘rnatildi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling