2018 yil bitiruv malakaviy ishi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi
II BOB. BIZNES VA TADBIRKORLIKKA O’RGATISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARINI BAHOLASH 2.1. Buxoro viloyatida tadbirkorlik va biznes sohasining taraqqiyoti ko`rsatkichlari tahlili O’zbekistonning barcha moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari bo’yicha yetakchi o’rinni egallay oladigan iqtisodiy hududlardan hisoblanuvchi Buxoro viloyatida tadbirkorlik sub’yektlarning tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatish yo’nalishlarini tahlil etish maqsadida statistik ma’limotlar bilan tanishamiz. 2017 yil yakunlariga e’tibor qaratadigan bo’sak, O’zbekiston Respubliksida. 41.0 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar yangidan yangi tashkil etilgan bo’lib, bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 25,2 foizga ko’pdir. Tugatilgan korxonalar soni tahlil etilganda, ularning umumiy soni 26,5 mingtani tashkil etgan. Natijada, 2017 yil boshiga nisbatan faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 6,4 foizga oshgan va umumiy soni 285,5 mingtani tashkil etgan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha jami faoliyat ko’rsatayotgan korxona tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 22,1 foizi savdoda, 17,2 foizi sanoatda, va 8,5 foizi qurilishda, 7,4 foizi esa qishloq, o’rmin va baliq xo’jaligida, 6,0 foizi yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmat ko’rsatish korxonalarida, 4,2 fozi tashish va saqlash, 2,2 foizi axborot va aloqa, 2,0 foizi sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish va 30,4 foizi boshqa faoliyat turlarining hissasiga to’g’ri keladi. 15 ( 2.1- diagramma) Buxoro viloyatida yaratilgan yalpi hududiy mahsulot tarkibini o’rganadigan bo’lsak, 2017- yil yakuni bo’yicha, qishloq xo’jalik sohasining ulushi 31,0 foizni, sanoat ulushi 19,7 foizni, qurilish sohasi 9,7 foizni va xizmatlar sohasi 39,6 foizni tashkil etgan. Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlarga erishishda tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi, albatta. Buxoro viloyatida xo’jalik yurituvchi umumiy soni 13122 tani tashkil etgan bo’lib, har 1000 aholiga tog’ri keladigan kichik biznes sub’yektlari soni 7,4 taga teng bo’lgan. ( 2.2- diagramma) 15 Statistika kun.uz 2018-yil 12- yanvar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling