2018 yil bitiruv malakaviy ishi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/30
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1832848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yollarini organish metodikasi

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun quydagi choralar taklif 
etilmoqda. 
Avvalo, biznesning barcha darajadagi davlat organlari, shuningdek, huquqni 
muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari hamda banklar bilan o‘zaro 
munosabatlarida raqobatning ustuvorligi, «sukut - alomati rizo», «ikkita o‘rniga 


bitta» kabi yangi ilg‘or tamoyillar asosida o‘rnatish taklif etildi. Ularning mohiyati, 
birinchidan, milliy qonunchilik uchun mutlaqo yangi institutlar, Ikkinchidan, 
ushbu tamoyillar orqali davlat va biznesning manfaatlari o‘zaro teng mavqeda 
ko‘rilmoqda. Masalan, «gilotina» tamoyiliga asosan, o‘zidan yuqori yuridik 
kuchga ega, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelmaydigan yoki biznes yuritish 
sharoitlarini yomonlashtiruvchi hujjatlar, ular qabul qilingan vaqtdan e'tiboran olti 
oy o‘tgach, avtomatik tarzda o‘z kuchini yo‘qotadi. Davlat tomonidan tartibga 
solish darajasini ahamiyatli darajada qisqartirish maqsadida ayrim nazorat 
funksiyalarini fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazish taklif etilgan. Bundan 
tashqari, nazorat funksiyalarining bir qismini javobgarlikni sug‘urtalash, 
sertifikatlash, vakolatlarni xususiy akkreditatsiyalangan tashkilotlarga o‘tkazish
mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 55 turdagi litsenziyalar va ruxsat etuvchi 
hujjatlarni bekor qilish, shu bilan birga, 58 turdagi litsenziyalar va ruxsatnomalarni 
26 turga birlashtirish bo‘yicha taklif tayyorlandi. Masalan, farmatsevtika, tibbiyot, 
veterinariya, turizm va bojxona sohalari, ulgurji savdo, avtotashuvlar, birja 
faoliyati sohalaridagi litsenziyalarni turlarga qarab birlashtirish. Ayrim turdagi 
faoliyatlar uchun litsenziyalarning amal qilish muddatini cheklanmagan holda 
berish taklif etilmoqda. Ilg‘or chet el tajribasini hisobga olgan holda tadbirkorlik 
sub'yektining yangi shakli - xodimlarining soni kichik korxonalar uchun 
belgilangan sondan ortiq, lekin ko‘pi bilan besh yuz nafar kishidan iborat bo‘lgan 
o‘rta korxonalar toifasini joriy etishni taklif qilinmoqda. Ularga nisbatan kichik 
biznes uchun sevimli bo‘lib qolgan soliq solishning soddalashtirilgan tizimini 
qo‘llash mumkin, bunda faqat 10 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘lovi va 20 
foiz stavka bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash maqsadga muvofiq. Shundan 
sababli, tadbirkorlik sub'yektlarining toifalarini aniqlashning yagona mezonlarini 
joriy qilish va bu real daromadlarning yashirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va soliq 
ma'murchiligining soddalashtirilgan tizimini qo‘llash uchun eng muqobil yechim 
hisoblanadi. Shu bilan birga, soliq tizimining barqarorligi biznes uchun juda 
muhimdir. Investitsion qarorlar qabul qilish uchun qonunchilikdagi, jumladan, 


soliq qonunchiligidagi tez-tez o‘zgarishlar eng katta to‘siq hisoblanadi. Shu sababli
yangi soliq tizimini joriy etish uchun shoshilmaslik kerak. Uni chuqur o‘ylab 
chiqish, biznes hamjamiyati vakillari bilan muhokama qilish va shundan keyingina 
ushbu tizimni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilish lozim. Yangi soliq tizimi 
joriy etilganidan keyin uning uzoq vaqt mobaynida barqarorligini saqlab turish 
kerak. 
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini 
berishning yagona tartibini joriy etish bunda yer uchastkalarini berishga doir 
materiallarni vakolatli organlarda ko‘rib chiqish va kelishish axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiq. Bu esa ariza beruvchilarni «otangga bor, onangga 
bor» qabilidagi ortiqcha vaqt o‘g‘irlash holatlaridan bartaraf etadi. Shu bilan birga 
resurslarni tartibga solingan narxlar bo‘yicha taqsimlash tartibini bekor qilish ham 
taklif etilmoqda. Bunda tadbirkorlar barcha resurslarni birja orqali mutlaqo shaffof 
ko‘rinishda sotib olish imkoniga ega bo‘ladilar. Tadbirkorlarga tovarlar, ishlar va 
xizmatlar eksportini oldindan to‘lovlarsiz, akkreditiv ochmasdan hamda bankning 
kafolatini rasmiylashtirmasdan turib, eksport kontraktini siyosiy va tijorat xavf-
xatarlaridan sug‘urtalash bo‘yicha polis mavjud bo‘lmagan taqdirda ham amalga 
oshirishga ruxsat betilishi taklif qilingan. Masalan, o‘z faoliyatini kamida oxirgi 
uch yil mobaynida amalga oshirayotgan, avvalgi yil mobaynida eksportga 
mahsulot yetkazib bergan hamda ilgari amalga oshirilgan eksportga mahsulot 
yetkazib berishlar bo‘yicha debitorlik qarzlari bo‘lmagan tadbirkorlarga nisbatan 
ushbu chorani qo‘llash mumkin. 
Hozirgi kunda o‘z mahsulotlarimiz uchun «Best in Uzbekistan» yagona 
eksport brendini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqilmoqda. Ko‘plab davlatlar o’z 
mahsulotlarini mamlakatning yagona brendi ostida sotuvga chiqarishni allaqachon 
boshlab yuborishgan. Ushbu yondashuv marketing va o‘z tovarlarini tashqi 
bozorlarda reklama qilish funksiyasining qisman davlatga topshirilishi hisobidan 
ishlab chiqaruvchilarning ushbu funksiyani amalga oshirish xarajatlarini 
kamaytirish imkonini beradi. Bunday harakatlar mamlakatimizda ishlab 


chiqarilgan tovarlarning xaridorgirligini va ularga bo‘lgan talabni bir necha 
martaga oshirish imkoniyatini yaratadi. Yuqoridagi choralarning barchasi 
mamlakatimiz rahbariyatining topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan hamda 
tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatidagi eng dolzarb muammolarni hal etishga 
qaratilgan hujjat loyihalarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur hujjatlar loyihalari joriy 
yil 16 avgustda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari 
muhokamasi portaliga joylashtirilgan. 
Tadbirkorlar o‘zlarining konstruktiv takliflari bilan ushbu jarayonda faol 
qatnashmoqdalar. Masalan, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot 
vazirligiga tadbirkorlik sub'yektlaridan 200 dan ortiq taklif kelib tushgan. Mazkur 
chora-tadbirlar, jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan barcha 
takliflar mamlakatimizda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun kuchli turtki 
bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Mamlakatimizda huquqiy bazani mustahkamlashdagi bunday jadallik, 
islohotlarni misliko’rinmagan darajada chuqurlashtirish jarayoni boshlanganidan 
dalolat beradi. Ushbu islohotlarning yaqqol namunasi sifatida 2017 - yil
(yanvar - sentabr) makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini 2016 - yil (yanvar - sentabr)
ko’rsatkichlariga nisbatan tahlil qiladigan bo’lsak 2017 – yilda YaIM 170074,8 
ming so’mni tashkil qilgan va bu ko’rsatkich 2016 yilga nisbatan 105,3 foizni 
tashkil qiladi. Sanoat maxsulotalari esa 99060,3 ming so’mni tashkil qilgan va 
uning 2016 yilga nisbati 105,6 foizga oshganini ko’rsatib turibdi. (1.4 - jadval) 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling