« » _________ 2018 yil DARS REJASI № 1
Darsning ta’limiy maqsadi:
O‘quvchilarga informatika fan xonasidagi kompyuterlaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O‘quvchilarga inson hayotida moddiy boyliklar va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini tushuntirish. Kompyuterning Informatika sohasiga qo‘shgan xissasini ochib berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
O‘quvchilarning Kompyuter haqidagi tasavvurini kengaytirish.
Asosiy tushunchalar: Kompyuter xonasidatexnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya - gigiyena talablari
Mavzuni boshlashga hozirlik:
Informatika darsligi, va plakat tayyorlab qo‘yiladi. Mavzuga mos elektron qo‘llanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
Darsda qo‘llash mumkin bo‘lgan uslub: aqliy hujum, klaster, noma’lum halqa.
O‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi, kommunikativ kompetensiya.
Yangi mavzuni o`rganish
Aziz o'quvchilar! Informatika fani elektr toki yordamida ish-laydigan kompyuter bilan bog'liq. Siz yaxshi bilasizki, elektr toki inson hayoti uchun xavflidir. Kelgusida sizning hayotingizga va j sog'lig'ingizga zarar yetmasligi, shu bilan birga qimmatbaho texnik vositasi bo'lgan kompyuterning buzilib qolmasligi uchun ba'zi qoida va talablarni yodda saqlang. Ular Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari deb ataladi
X avfsizlik texnikasi qoidalari
Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:
kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;
kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o'chirish;
qurilmalardagi murvatlarni burash;
monitorga qo'l va boshqa narsalarni tek-kazish, himoya qopqoqlarini ochish;
qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish;
qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta'sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor bo'lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish;
kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish;
kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |