2018 yilning I choragida iqtisodiy islohotlarning borishi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish prognoz ko‘rsatkichlari


Download 140.44 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi140.44 Kb.
#1250736
  1   2   3
Bog'liq
2018 yil qishloq xo\'jaligidagi yutuqlar




2018 YIL QISHLOQ XO'JALIGIDAGI YUTUQLAR


2018 yilning I choragida iqtisodiy islohotlarning borishi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish prognoz ko‘rsatkichlari




Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi ilk yig‘ilishni o‘tkazib, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev saylovdan keyingi birinchi majlisda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar va klasterlar faoliyatidagi muammolarni muhokama qildi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari yanada ko‘proq imtiyozli kreditlar, davlat grantlari, mustaqillik va boshqalar beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27 oktabr kuni qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning borishi, klasterlar oldidagi muammoli masalalar va ularning yechimlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov.
Qishloq xo‘jaligidagi yutuqlar va rejalar
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident yig‘ilishning asosiy qismini o‘tgan besh yilda qishloq xo‘jaligida qilingan ishlar sarhisobidan boshladi.
«Klaster tizimiga o‘tganimiz qisqa vaqt ichida qishloq xo‘jaligida keskin o‘zgarishlar qilishga zamin yaratdi. Jumladan, birgina paxtachilikda tolani qayta ishlash 2,5 barobarga oshib, 100 foizga yetkazildi, shuningdek, ip-kalava ishlab chiqarish 2 barobarga, tayyor mahsulot — 3 barobarga ortdi, eksport yil yakuniga qadar 3 milliard dollarga yetadi», — dedi davlat rahbari.
«Paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotgacha» bo‘lgan zanjirni yaratish bo‘yicha 2 milliard dollarlik 125 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari hamda 150 mingta doimiy ish o‘rinlari tashkil qilindi.
Shuningdek, klasterlar tomonidan 5 mingdan ortiq yuqori unumli texnikalar olib kelindi, 126 ming gektar maydonda suv tejash texnologiyalari joriy qilindi, 143 ming gektar maydon foydalanishga kiritildi.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, paxta va g‘allachilikda hosildorlik yildan-yilga o‘sib bormoqda. Klasterlarning aksariyati joriy yilda paxtadan 35−40 sentnergacha hosil oldi.
Hosildorlikni kamida 2 barobarga ko‘tarish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash, soha eksportini 7 milliard dollarga olib chiqish, qishloqlardagi aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirish paxtachilikdagi asosiy rejalar sifatida belgilandi.
Paxta va to‘qimachilik
Prezident Shavkat Mirziyoyev paxta-to‘qimachilik yo‘nalishida ilgari surgan asosiy tashabbuslar:
paxta hosilini moliyalashtirish shudgor davridan, ya’ni oktabr oyidan boshlanadi;
klasterlar paxta yetishtirish (paxta qiymatining 60 foizi) uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan 24 oyga kredit ajratilib, uning imtiyozli davri 11 oydan 18 oygacha uzaytiriladi;
klasterlarga paxta terimini (paxta qiymatining 20 foizi) moliyalashtirish uchun ham Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi mablag‘laridan imtiyozli — 10 foiz stavkada kredit ajratiladi;
paxta yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar faqat klasterlar orqali moliyalashtiriladi;
yakuniy hisob-kitob uchun (paxta qiymatining 20 foizi) olingan kredit foizining Markaziy bank stavkasidan (14 foiz) oshgan qismi Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Shuningdek:
klasterlarga biriktirilgan 1 mln gektar paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish, sug‘orishning yangi texnologiyalariga o‘tish, o‘simliklar himoyasi xizmatlari, zamonaviy laboratoriyalar barpo etish, fermerlarni o‘qitish kabi tadbirlar uchun har bir gektarga 1 million so‘mdan grant ajratiladi;
klasterlar tomonidan ip-kalavani chuqur qayta ishlash kelgusi 2 yilda hozirgi 50 foizdan 70 foizga yetkaziladi;
matoni bo‘yash va aralash mato ishlab chiqaradigan uskunalar xaridi uchun korxona quvvatiga qarab davlat hisobidan moliyaviy grantlar ajratiladi;
bo‘yalgan mato va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksportini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan stavkasi 4−5 foizdan oshmagan 100 million dollarlik yangi kredit liniyasi ochiladi;
bo‘yalgan mato va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi hamda ularning kamida 80 foizini eksport qiluvchi klaster va boshqa to‘qimachilik korxonalariga 3 yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi amaldagi 12 foiz o‘rniga 1 foiz qilib belgilanadi,

Download 140.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling