Mavzu: “Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodi”. REJA: - 1. XX asr o'zbek adabiyoti namoyandasi Ozod Sharafiddinov.
- 2. Yoniq qalb egasi.
- 3. Ozod Sharafiddinov istiqlol fidoyisi.
- 4. Haqiqiy insoniy jasorat.
- 5. Savol – javoblar.
O'zbek adabiyotshunosligining yirik vakili Ozod Sharafiddinov 1929-yilning 1-martida Qo'qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog'ida tavallud topgan. Ozod Sharafiddinov Toshkent shahrida o'rta maktabni tugallab, O'rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O'zMU)ga o'qishga kiradi va 1951-yilda uni bitiradi. Oradan uch yil o'tar-o'tmas, Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini ham himoya qiladi. Olim mehnat faoliyatining asosiy qismi o'zi o'qigan universitetda kechdi. U 1955-1995-yillar oralig'ida, qariyb qirq yil mana shu ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi. Ozod Sharafiddinovning 1996 -1997-yillarda «Tafakkur» jurnali bosh muharriri o'rinbosari, 1997-yildan «Jahon adabiyoti» jurnali Bosh muharriri vazifalarida ishlagan kezlari ham nihoyatda barakali, sermahsul ijodiy yillar bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |