2020-yil 2-sentabr kuni Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili filologiyasi 4-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyot jarayoni boshlandi


Download 20.29 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi20.29 Kb.
#139408
Bog'liq
hisobot


Hisobot

2020-yil 2-sentabr kuni Buxoro Davlat Universiteti Xorijiy tillar fakulteti ingliz tili filologiyasi 4-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyot jarayoni boshlandi. Yurtimizdagi pandemik vaziyatni inobatga olgan holda, pedagogik amaliyotni tashkil etish va o`tkazish masalasini zoom platmormasida olib borilgan online konferensiyada muhokama qildik. Online muloqotda Xorijiy tillar fakulteti dekani M.M.Jo`rayeva, fakultet dekani o`rinbosari M.M.Tursunov, ingliz tili filologiyasi kafedrasi mudiri Z.I.Rasulov hamda metodist ustozlarimizdan Djumayeva N.Dj, Shukurova M.A, Umurova X.H lar ishtirok etdilar. Ular o`z nutqlari davomida bizga pedagogik amaliyot tartibi, nizomi, va qonun-qoidalarini tanishtirib o`tdilar. Bundan tashqari, pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilar tomonidan yuritilishi kerak bo`lgan hujjatlar ro`yhati e`lon qilindi va har bir hujjat haqida atroflicha tushuntirish berildi. Yurtimizdagi pandemik vaziyatni inobatga olgan holda, pedagogik amaliyotimiz online tarzda olib borilishi ta`kidlandi. Har bir amaliyotchi o`zi yashaydigan tuman va shahardagi maktablarga taqsimlanishi haqida aytib o`tildi. Biz, 16 nafar amaliyotchilar, pedagogik amaliyot jarayonida ishtirok etishimiz uchun Buxoro shahar 23-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabiga biriktirildik.

Keyingi kuni biz zoom platformasida tashkil etilgan muloqot jarayonida o`zimiz biriktirilgan maktabning ingliz tili mutaxassislari jamoasi bilan tanishuv olib bordik. Muloqot jarayonida ma`sul mutaxassis-o`qituvchi Haydarova L.H bizni maktab, uning ahil jamoasi va tartib-intizomi bilan tanishtirib bordilar. Pedagogik amaliyotni samarali olib borishimizni ta`minlash maqsadida amaliyotchilar guruhimiz sinflar kesimida taqsimlandi. Menga shu maktabning 7-“B”sinfida tahsil oluvchi o`quvchilar jamoasi bilan ingliz tili darslarini olib borish topshirildi. Bu jarayonda men sinf rahbari Bobojonova G.J va ingliz tili o`qituvchisi Haydarova L.H bilan hamkorlikda ishlashim belgilandi. Amaliyotning dastlabki bosqichida men sinf rahbari bilan online muloqotda bo`lib, bu guruhning umumiy xarakteri, o`quvchilar haqida malumotlarga ega bo`la boshladim. Pedagogik amaliyotimiz jarayonida ustozlarimiz bilan online muloqotlar o`tkazib bordik va har bir muloqot jarayonida darslarni tashkil etish tartibi, hujjatlarni yuritish qonun-qoidalari va o`qituvchi shaxsiga qo`yiladigan talablar bilan tanishib bordik. Ustozlarimiz biz bilan ochiq va samimiy muomalada bo`lib, o`z bilimlarini biz bilan bo`lishishga harakat qilishdi.

Maktablarni bosqichma-bosqich an`anaviy ta`lim jarayoniga o`tkazish dasturi asosida bu maktabda ham darslar boshlanishiga yetarlicha tayyorgarlik ko`rildi. Dars paytida va maktab hududida harakat qilish jarayonlarida karantin qonun qoidalariga to`liq rioya qilish uchun ko`plab chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Boshlang`ich sinflarda 30-sentabrdan va yuqori sinflarda 5-oktabrdan boshlab an`anaviy darslar boshlandi. Bu bizga maktab jamoasi bilan tanishish va maktab muhitida ishlash imkoniyatini berdi va biz ham an`anaviy dars jarayonlarida qatnasha boshladik. Dastlabki kunlarda ustozlarimizning mahoratli tarzda o`tilgan darslarini kuzatib borgan bo`lsak, keyingi haftalarda o`zimiz ham ustozlarimiz yordamlari bilan darslarni olib borishga harakat qildik. Bu jarayonda men o`zimga biriktirilgan 7-“B” sinf o`quvchilari bilan ish olib bordim hamda bu inoq va faol guruh bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldim. Aktiv amaliyotimiz davomida men guruhim bilan sinov va ochiq darslar o`tkazdim. ``I`ve brought warm clothes `` mavzusidagi sinov va “ You should take medicine” mavzusida olib borgan ochiq darsim metodist ustozlarimiz tomonidan tahlil qilindi va men uchun eng zarur maslahatlar berildi. Bundan tashqari men guruhim bilan birgalikda maktabda olib borilgan ta`limiy-tarbiyaviy ishlarda ham faol ishtirok etishga harakat qildim va guruhlar kesimida tashkil etilgan “ Language is a mirror of each nation” mavzusidagi bayram kechasida o`z chiqishlarimiz bilan qatnashdik.



Pedagogik amaliyotimiz 2020 yil 28-oktabrgacha davom etdi. Bu muddat ichida men metodist ustozlarim va maktabning malakali pedagoglari ko`magida o`z nazariy bilimlarimni amaliyotda qo`llashga harakat qildim, natijada ajoyib ko`nikma va malakaga ega bo`ldim.
Download 20.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling