2020-yil 24-yanvar kuni Prezidentimiz Oliy Majlisga murojaatnoma yo'lladi 2020 yil — Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.. Shavkat Mirziyoyev joriy yilni ana shunday nomlashni taklif etdi, parlamentariylar buni ma’qulladi. Ushbu yilda Nukus, Buxoro, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida IT-parklar tashkil etiladi. «Elektron hukumat» tizimining barcha tashkiliy va institutsional masalalari hal etiladi. - Shavkat Mirziyoyev joriy yilni ana shunday nomlashni taklif etdi, parlamentariylar buni ma’qulladi. Ushbu yilda Nukus, Buxoro, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida IT-parklar tashkil etiladi. «Elektron hukumat» tizimining barcha tashkiliy va institutsional masalalari hal etiladi.
- Shuningdek, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish ishlari boshlanadi. Yaqin ikki yilda barcha qishloq va mahallalar tezkor internet bilan ta’minlanadi.
- Ikki oy muddat ichida «Raqamli O‘zbekiston-2030» dasturi ishlab chiqilishi kerak. Ishlarni tizimli tashkil etish uchun hukumatda bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi.
Prezident 2019 yili o‘tkazilgan parlament saylovini eslab, saylov jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha alohida masalalarni ma’lum qildi: - Prezident 2019 yili o‘tkazilgan parlament saylovini eslab, saylov jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha alohida masalalarni ma’lum qildi:
- saylov komissiyasi va aholining saylov madaniyatini oshirish;
- siyosiy partiyalarning o‘z elektorati bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish;
- mahalliy kengashlarga saylov o‘tkazishning uch pog‘onali tizimini optimallashtirish, bunda tuman va shahar saylov komissiyasining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim;
- partiyalarning siyosiy faolligini oshirish lozim.
- «Demokratik islohotlar sari yo‘l — biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir», — deya ta’kidladi prezident.
- Uning qayd etishicha, davlat doim bosh islohotchi sifatida bo‘lib kelgan va bu siyosat darajasiga ko‘tarilgan. Barchasi «yuqoridan» belgilanar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |