Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar - Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar
- Avvalo, soliq islohotini barqaror davom ettirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi qoshida Fiskal institut tashkil etiladi. Unda soliqchilar malakasi oshiriladi, yangi bilimlar beriladi. Bo‘sh turgan yer maydonlari va binolar haqida aniq ma’lumot beruvchi onlayn platforma ishga tushadi. To‘lovga qobiliyatsiz korxonalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi.
- «Kichik va o‘rta biznes to‘g‘risida»gi qonun loyihasi tayyorlanadi, bundan tashqari litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibida jiddiy o‘zgarish kutilmoqda. Mirziyoyevning ta’kidlashicha, ruxsatnomalar soni 2−3 baravarga kamayishi lozim.
- «Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti a’zolariga „jinoiy uyushma“ degan ayblov qo‘yib, ularga og‘ir jazo tayinlash kabi allaqachon umrini o‘tab bo‘lgan tartiblarni bekor qilish vaqti yetdi. Buning oqibatida yuzlab tadbirkorlar qanchadan-qancha aziyat chekib, moddiy zarar ko‘rayotganlarini inobatga olsak, bu o‘zgarishlarning qanday katta ahamiyatga ega ekani yaqqol ayon bo‘ladi», — dedi prezident.
- Shunga muvofiq, Oliy sud, Bosh prokuratura, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi 2020 yil 1 aprelgacha ana shu masalalar bo‘yicha tegishli qonun loyihasini puxta ishlab chiqishi lozim.
Qishloq xo‘jaligida kutiladigan o‘zgarishlar - Qishloq xo‘jaligida kutiladigan o‘zgarishlar
- Paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinadi. Kelgusida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ko‘rsatma berish, resurslarni taqsimlash, reja belgilash kabilardan voz kechiladi. Agrar sohaning boshqa sohalariga ham arzon kreditlar ajratilishi yo‘lga qo‘yiladi. Shundan keyin, joriy yilda 2 milliard AQSH dollariga teng, kelgusi 5−7 yilda esa bundan 3−4 baravar ko‘p meva-sabzavot mahsulotlari
- Agrar sektorda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun «Kooperatsiya va klasterlar to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilinadi. Shu yilning o‘zida 44 ming ga yer maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladi.ni eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |