2020 yilda O’zbekiston uchun eng yaxshi 10 ta biznes g’oya
Download 305.36 Kb. Pdf ko'rish
|
Jahongir Po'latovdan biznes g'oyalarning top10 taligi
Aralash ta’lim shaklidagi o’quv markazini oching Kelajak blended–learningga tegishli (aralash onlayn va oflayn ta’lim). Endilikda odamlar pandemiyadan oldingi vaqtdagidek oflayn ravishda o’qiy olmaydilar. Bu o’quv markazlari uchun juda yaxshi yechim. Pandemiya paytida onlayn, undan keyin esa, oflayn shaklda ishlaydigan o’quv markazini oching. Ammo ikkala ta’lim shaklini birdak olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. 10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
10 ta biznes g’oya O’zbekiston 2020
Digital — marketing agentligi. Pandemiya, bunday vaqtda barcha kompaniyalar Internetda bo’lishi va digital orqali o’z mijozlarini topishlari kerakligini isbotladi. Odamlar ko’chaga chiqmagani uchun, oflayn marketing vositalarini ko’rmaydilar. Endilikda digital–agentliklarga talab ortadi. Sifatli digital–agentlikni ochish juda yaxshi g’oya.
Uygacha yetkazib berish xizmatini o’z ichiga olgan oziq-ovqat do’koni — kichik do’kon oching, lekin asosan u yetkazib berish xizmatini ko’rsatadigan bo’lsin. Xodimlar buyurtmalarni qabul qiladi, yetkazib berish esa bepul amalga oshiriladi. A’lo darajadagi xizmat sifati bilan ushbu loyiha tezda keng tarmoqqa aylanishi mumkin.
10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
Yetkazib berish xizmati — istalgan narsani yetkazib berish xizmati, oziq-ovqatdan tortib, kiyim-kechakgacha. Ushbu xizmat pandemiya paytida ham, undan keyin ham aktual bo’ladi.
10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
Dizayn studiyasi — digital-marketingga talab ortib borayotganligi sababli, yuqori sifatli dizaynga talab ham o’sib boradi, yuqori sifatli rasmlar — juda muhim. Shu sababli, 2020 yilda dizayn studiyasini ochish juda yaxshi g’oya bo’ladi.
10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
Telegram / Instagram marketing — bu faqat Instagram yoki Telegram-da reklama bilan shug’ullanadigan studiya. Ushbu agentlik va uning mutaxassislari faqat shu yo’nalishda ishlaydilar. Ishonamizki, bu ham katta talabga ega bo’ladi, chunki yangi korxonalar tez-tez ochilmoqda. Masalan, kichik loyihalar — ularda kichik marketing byudjeti bor va ular o’zlarini Telegramda yoki Instagramda 200-300 dollargacha mablag’ evaziga yaxshigina reklama qilishlari mumkin. 6 10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
Savdo do’konlaridagi shaxsiy xizmatlar — xaridorlar buyurtmalariga asoslanib xodimlar har xil do’konlarda xaridni amalga oshirishadi va uyga yetkazib berishadi. Ushbu xizmat karantinda juda muhimdir, ammo karantindan keyin ham u bozorda munosib o’rin egallashi mumkin. Bu xizmat asosan vaqtini qadrlaydigan va xarid qilish o’rniga ish yoki vaqtni oila a’zolari bilan o’tkazishni afzal biladigan odamlar uchun mo’ljallangan.
10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
Sport jihozlarini ijaraga berish xizmati karantindagi juda muhim xizmatdir — karantin davrida sport jihozlarini sotib olmasdan - ijaraga olishingiz mumkin. Masalan, 1000 dollargacha narxdagi yugurish yo’lakchasini sotib olishingiz shart emas. Bunday biznes foyda keltirishi mumkin, chunki sport zallari hozir yopiq, ammo karantindan keyin ularning qachon ochilishi hozircha noma’lum, ammo sport jihozini ijaraga berib pul ishlashingiz mumkin.
10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
Tashqi xizmatdagi Call-center– ham juda yaxshi biznes, chunki ko’pgina korxonalar endi digital– marketingga o’tishadi, ular reklamaga pul kiritishga majbur bo’lishadi, ammo aksariyat kompaniyalarda telefonda yaxshi savdo qiladigan xodimlar yo’q, ular qanday qilib to’g’ri javob berishni va sotishni bilishmaydi. Shunga ko’ra, professional savdo menejerlari ishlaydigan yuqori sifatli Call-Center ko’pchilik uchun foydali bo’ladi. 9 10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
Veb-studiya — biznes digitalga o’tayapti va u vizual taqdimotiga va o’z veb-saytiga ega bo’lishi kerak. 2020 yilda har bir kompaniya Internetda o’z o’rniga ega bo’lishi va uni Internet so’rovi orqali topish imkoniyati bo’lishi lozim. Shu munosabat bilan veb-studiyalarga talab ham ortadi.
10 ta
biznes g’oya O’zbekiston 2020
Ushbu g’oyalar siz uchun qiziqarli va foydali bo’ldi degan umiddaman! Keling, birgalikda O’zbekistonda biznes hamjamiyatini yaratamiz! Xulosa qilib aytganda, 2020 yilda bir nechta asosiy global biznes tenden- tsiyalari mavjud: 1. Internetda biznes qilishga o’tish; 2. Yetkazib berish; 3. Tashqi xizmat (ijara). 10 ta biznes g’oya O’zbekiston 2020 Download 305.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling