О‘timli-о‘timsiz, bо‘lishli-bо‘lishsiz, nisbat, zamon, mayl


Download 50.51 Kb.
Sana02.12.2023
Hajmi50.51 Kb.
#1779839
Bog'liq
Fe\'llarda zamon kategoriyasi


Fe'llarda zamon kategoriyasi
Fe’llar gapda asosan kesim bо‘lib keladi. Hol va tо‘ldiruvchi asosan fe’lga bog‘lanadi, lekin xohlagan gap bо‘lagi bо‘lib kela oladi.
Fe’llarning о‘timli-о‘timsiz, bо‘lishli-bо‘lishsiz, nisbat, zamon, mayl kategoriyalari, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi xoslangan shakllari bor.
Fe’llardagi shaxs-son, zamon, mayl, tasdiq va inkor shakllari gap tuzilishi asosidir. Masalan, U ishlaydiMen ishlaymanSen ishlaysan. Fe’llar lug‘aviy ma’noga egaligiga kо‘ra ikki xil bо‘ladi: mustaqil fe’llar, yordamchi fe’llar.
Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’no bildiradi, grammatik kategoriyalarga, xoslangan shakllarga ega bо‘ladiо‘qimoq, yozmoq, qilmoq kabi.
Nomustaqil fe’llar grammatik ma’nolarni ifodalash uchun qо‘llaniladi.
1. Sо‘z yasaydi: bо‘lmoq (sog‘ bо‘ling), qо‘ymoq (imzo qо‘ydi)...
2. Fe’llarga qо‘shilib turli ma’no ifodalaydi: tashlamoq (gapirib tashlamoq) olmoq, (yozib olmoq).
3. Fe’llarga qо‘shilib ma’noni aniqlashtiradi: edi, ekan, emish (aytgan emish) kabi.
О‘timli va о‘timsiz fe’llar
Fe’ldan anglashilgan harakatning predmetga о‘tgan yoki о‘tmaganligini ifodalovchi fe’llar о‘timli va о‘timsiz fe’llardir. Fe’l bilan bog‘langan sо‘z tushum kelishigini olsa, о‘timli(kitobni о‘qimoq), olmasa, о‘timsiz (kо‘chada ishlamoq) hisoblanadi.
Fe’l nisbatlari
Harakat va holat bilan uning bajaruvchisi va obyekti orasidagi munosabatlar fe’l nisbatlari orqali ifodalanadi. Masalan, fe’ldan anglashilgan harakat obyektga о‘tadi va bajaruvchi aniq bо‘ladi: Ular kitobni о‘qidi(aniq nisbat), obyektga о‘tmay shaxsda (ega) qoladi: Bolalar yuvindi (о‘zlik nisbati); harakat bajaruvchisi noaniq bо‘ladi: Oynalar yuvildi(majhul nisbat), harakat bir necha odam tomonidan birgalikda bajariladi: Bolalar bahslashdi (birgalik nisbati), harakat bajarilishiga kimlardir ta’sir qiladi: Dadam kitob о‘qitdi (orttirma nisbat) kabi shakllarda yuzaga keladi.
Fe’lning xoslangan shakllari
Fe’lning boshqa sо‘z turkumiga xos vazifani bajarish uchun moslangan
shakllari xoslangan shakllar deyiladi.
1. Ravishdosh: yugurib, о‘ylay-о‘ylay.
2. Sifatdosh: о‘qigan, oqar(suv).
3. Harakat nomi: о‘qigan, ishlamoq.
Fe’lning modal shakllari
-la, -gila, -g‘ila (-kila, -qila) qо‘shimchalari harakatning takrorlanishini, davomiyligini, kuchliligini bildiradi: M: ishqala, savala. -msira (-imsira), -nqira (-inqira) qо‘shimchalari harakatning kuchsizligini bildiradi: kulimsira, о‘ylanqira.
Fe’l zamonlari
Fe’l zamonlari harakatning nutq vaqtiga munosabatini
ifodalaydi. Harakat nutq vaqtdan oldin, о‘sha vaqtda va keyin bajarilishi mumkin. Shunga kо‘ra fe’lda uchta zamon bor.
1. О‘tgan zamon: ketdi, uqigan, yozibdi
2. Hozirgi zamon: ketyapti, о‘qimoqda, yozmoqda
3. Kelasi zamon: ketadi, yozadi, kuladi, boradi
Fe’llarda shaxs-son
О‘zbek tilida harakat bajaruvchining shaxsi va sonini ifodalash –tuslanishning quyidagi shakllari mavjud.

Birlik Kо‘plik

I shaxs -m,-man(yozaman) -k,-miz:(yozamiz)
II shaxs -ng,-san(yozasan,) -ngiz,-siz:(yozasiz)
III shaxs -di(yozadi) di (lar): (yozadilar)

Fe’l mayllari
Harakatning bajarilishga munosabatini ifodalaydigan shakllar fe’l mayllaridir. Xabar (aniqlik) mayli: bordi. Buyruq-istak mayl: bor. Shart mayli: borsa. Maqsad mayli: bormoqchi.
Fe’llarning yasalishi
Fe’llar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Morfologik usul: sо‘z yasovchi qо‘shimchalar qо‘shish orqali fe’l yasalishi.
-la: gulla, о‘yla-a (-y): yasha, qoray; -r (-ar): oqar-ik (-iq): yо‘liq, hayiq;
-ir (-ur): gapir; -ira (-ila): yaltira, gurilla.
Sintaktik usul bilan murakkab va juft fe’llar yasaladi: xabar berdi, xursand bо‘ldi; sotib oldi; bordi-keldi.
Murakkab fe’llarda asosiy ma’no ifodalovchi birinchi sо‘z – yetakchi fe’l, qо‘shimcha ma’noli ikkinchi qism esa – kо‘makchi fe’l deyiladi: gapirib tashladi.
Mustaqil holda ma’no bildirmaydigan edi, ekan, emish tо‘liqsiz fe’llar tuslanadi: aytgan edim, aytgan eding, aytar ekansan.
Download 50.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling