полосах, применяемых на автомобильных дорогах. При движении по этой
полосе, водитель автомобиля почувствует воздействие сильного шума и
вибрации, и его внимание резко возрастет.
Ключевые
слова:
полоса
движения,
дорожно-транспортные
происшествия, поперечные шумовые полосы, вибрация, шум, термопластика,
блок шумовых полос, дорожная разметка, шумовые полосы, поперечные
шумовые полосы, продольные шумовые полосы, фрезерование.
KIRISH
Bugungi kunda avtomobil yollarida harakatlanayotgan avtomobillarning yuqori
tezlikda harakatlana olish imkoniyati kengligi hamda harakat jadalligini oshib borishi
natijasida, yo’l-transport hodisalari (YTH) ni ortishiga sabab bo’lmoqda. Yuqori
toifali avtomobil yo’llarida ushbu ko’rsatkich sezilarli darajada ortmoqda. Bundan
ko’rinadiki, Respublikamiz avtomobil yo’llaridagi YTH kuzatilayotgan xavfli
uchastkalarida yo’l harakati xavfsizligini oshirish bo’yicha keskin chora-tadbirlarni
ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishni taqazo etadi. YTH ni kamaytirishning
bir nechta usullari mavjud bo’lib, ulardan shovqin chiqaruvchi tasmalarni joriy etish
usuli samarali hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Ushbu tadqiqod bo’yicha quyidagi ilmiy manbaalar [1-11] da xarakat
xavfsizligini oshirish uchun, ko’ndalang va bo’ylama shovqin chiqaruvchi tasmalarni
qurish usullari keng yoritilgan. Ammo ko’ndalang shovqin tasmalaridan chiqadigan
shovqinni yo’l bo’yida joylashgan aholi punktiga tasiri to’liq o’rganilmagan.
Avtomobil yo’llarida sodir bo’layotgan turli xil yo’l-transport xodislarini oldini
olishga qaratilgan ko’ndalang va bo’ylama shovqin tasmalarini qo’llash usullaridan
foydalanildi. Yuqorida keltirilgan adabiyotlar va internet saytlari metodologik manba
bo’lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |