2021 badiiy matnning lingvistik mohiyati


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana12.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1089788
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
badiiy-matnning-lingvistik-mohiyati

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Maqolada bugungi o’zbek tilshunosligida badiiy matn lingvistikasi 
tushunchasining mohiyati xususida so’z boradi. Jahon tilshunosligida matnga 
berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr 
yuritiladi. Adabiyot sifatida matnning lingvistik mohiyati bilan bog`liq bo`lgan ilmiy 
adabiyot, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan. 
 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
48 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
NATIJALAR VA MUHOKAMA 
Insoniyat jamiyati vujudga kelgandan buyon ular o‘rtasidagi munosabatlar 
orasida eng muhimi va eng murakkabi lisoniy aloqalardir. Ularni ,to‘g‘rirog‘i, o‘sha 
aloqalar mohiyatini o‘zida aks ettirgan matnlarni o‘rganish, ularni tuzish qonun-
qoidalarini tahlil qilish ham amaliy, ham nazariy jihatdan katta ahamiyatga egadir. 
Hayotimizda sodir bo’layotgan islohotlar hech bir sohani chetlab o’tayotgani yo’q, 
jumladan, tilshunoslik fani ham bugungi kunda tilning barcha sohalarida ulkan 
yutuqlarni qo’lga kiritdi.Tilda bir qator yangi yo’nalishlarning maydonga kelishi 
(kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika, matematik lingvistika, sotsolingvistika va 
boshq.) va ularni tadqiq etish bilan bog’liq holda yaratilgan ilmiy tadqiqotlarning 
ko’lami ham bundan dalolardir. Xususan, matn tilshunosligi ham tilshunoslik 
sohasidagi yangi yo’nalishlardan biri sanaladi. Filologiya fanini va boshqa gumanitar 
fanlarni xalqlar madaniyati, tili hamda adabiyoti namunalarini o‘zida 
mujassamlashtirgan matn haqidagi bilimlarning majmui deb hisoblash mumkin. 
Shunga qaramay, aynan matn tushunchasini izohlashda tilshunos olimlar turlicha fikr 
bildiradilar. Matn va uning tabiatini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar XX asr 
oxirlariga kelib paydo bo’ldi. Matn tilshunosligi masalalari juda ko’plab 
tilshunoslarning e’tiborini tortgan masalalardan biridir. Jumladan, dunyo 
tilshunosligida V.Matezius, I.Galperin, L.Loseva, O.Moskalskaya, K.Abdullayev, 
o’zbek tilshunosligida bu borada R. Qo’ng’urov, I. Qo’chqortoyev, Q. Samadov, 
N.Mahmudov, M.Yo’ldoshev, X.Doniyorov, E. Qilichev, S. Karimov, B.Umurqulov 
kabi olimlar matn haqida fikrlarini bildirganlar. Matn nazariyasi, matn 
lingvistikasining umumiy rivojlanishida Praga lingvistik to’garagi vakillari, nemis, 
fransuz, ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablarining 
xizmatlari dunyo tilshunosligida e’tirof etilsa, rus tilshunosligida V.V.Odinsov, 
I.R.Galperin, 
O.I.Moskalskaya, 
L.M.Loseva, 
Z.Ya.Turayeva, 
N.S.Valgina, 
N.D.Zarubina kabi ko’pgina tilshunos olimlarning xizmatlari alohida e’tiborga loyiq. 
O’zbek tilshunosligida birinchilardan bo’lib akademik G’.Abdurahmonov 1980 - yil 
Toshkentda bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III kon- ferensiyasida 
matn nazariyasiga bag’ishlangan ma’ruza qilib, muammoning mohiyati va yechimlari 
haqida o’z fikrlarini bildirgan, bir qancha matn turlarini ajratib ko’rsatgan edi. 
Shuningdek, tilshunos olim A. G’ulomov ham matnning mohiyati bo’yicha o’z 
fikrlarini bayon qilgandi. Keyingi davr o’zbek tilshunosligida A.Mamajonov, 
M.To’xsonov, M.Abdupattoyev, N. Turniyozov, M. Xakimov kabi olimlarning shu 
sohaga taalluqli bo’lgan ishlarini alohida qayd etish mumkin. Matn lingvistikasi 
tilshunoslikning alohida sohasi, yo’nalishi sifatida shakllandi, muttasil rivojlanib 
kelmoqda, yangidanyangi nazariy umumlashmalar qilinmoqda. Avvalo, shuni 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling