2021 badiiy matnning lingvistik mohiyati
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
badiiy-matnning-lingvistik-mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- April 2021 NATIJALAR VA MUHOKAMA
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Maqolada bugungi o’zbek tilshunosligida badiiy matn lingvistikasi tushunchasining mohiyati xususida so’z boradi. Jahon tilshunosligida matnga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Adabiyot sifatida matnning lingvistik mohiyati bilan bog`liq bo`lgan ilmiy adabiyot, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 48 w www.oriens.uz April 2021 NATIJALAR VA MUHOKAMA Insoniyat jamiyati vujudga kelgandan buyon ular o‘rtasidagi munosabatlar orasida eng muhimi va eng murakkabi lisoniy aloqalardir. Ularni ,to‘g‘rirog‘i, o‘sha aloqalar mohiyatini o‘zida aks ettirgan matnlarni o‘rganish, ularni tuzish qonun- qoidalarini tahlil qilish ham amaliy, ham nazariy jihatdan katta ahamiyatga egadir. Hayotimizda sodir bo’layotgan islohotlar hech bir sohani chetlab o’tayotgani yo’q, jumladan, tilshunoslik fani ham bugungi kunda tilning barcha sohalarida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi.Tilda bir qator yangi yo’nalishlarning maydonga kelishi (kompyuter lingvistikasi, psixolingvistika, matematik lingvistika, sotsolingvistika va boshq.) va ularni tadqiq etish bilan bog’liq holda yaratilgan ilmiy tadqiqotlarning ko’lami ham bundan dalolardir. Xususan, matn tilshunosligi ham tilshunoslik sohasidagi yangi yo’nalishlardan biri sanaladi. Filologiya fanini va boshqa gumanitar fanlarni xalqlar madaniyati, tili hamda adabiyoti namunalarini o‘zida mujassamlashtirgan matn haqidagi bilimlarning majmui deb hisoblash mumkin. Shunga qaramay, aynan matn tushunchasini izohlashda tilshunos olimlar turlicha fikr bildiradilar. Matn va uning tabiatini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar XX asr oxirlariga kelib paydo bo’ldi. Matn tilshunosligi masalalari juda ko’plab tilshunoslarning e’tiborini tortgan masalalardan biridir. Jumladan, dunyo tilshunosligida V.Matezius, I.Galperin, L.Loseva, O.Moskalskaya, K.Abdullayev, o’zbek tilshunosligida bu borada R. Qo’ng’urov, I. Qo’chqortoyev, Q. Samadov, N.Mahmudov, M.Yo’ldoshev, X.Doniyorov, E. Qilichev, S. Karimov, B.Umurqulov kabi olimlar matn haqida fikrlarini bildirganlar. Matn nazariyasi, matn lingvistikasining umumiy rivojlanishida Praga lingvistik to’garagi vakillari, nemis, fransuz, ingliz, Amerika, golland, polyak va boshqa tilshunoslik maktablarining xizmatlari dunyo tilshunosligida e’tirof etilsa, rus tilshunosligida V.V.Odinsov, I.R.Galperin, O.I.Moskalskaya, L.M.Loseva, Z.Ya.Turayeva, N.S.Valgina, N.D.Zarubina kabi ko’pgina tilshunos olimlarning xizmatlari alohida e’tiborga loyiq. O’zbek tilshunosligida birinchilardan bo’lib akademik G’.Abdurahmonov 1980 - yil Toshkentda bo’lib o’tgan sobiq Ittifoq turkiyshunoslarining III kon- ferensiyasida matn nazariyasiga bag’ishlangan ma’ruza qilib, muammoning mohiyati va yechimlari haqida o’z fikrlarini bildirgan, bir qancha matn turlarini ajratib ko’rsatgan edi. Shuningdek, tilshunos olim A. G’ulomov ham matnning mohiyati bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilgandi. Keyingi davr o’zbek tilshunosligida A.Mamajonov, M.To’xsonov, M.Abdupattoyev, N. Turniyozov, M. Xakimov kabi olimlarning shu sohaga taalluqli bo’lgan ishlarini alohida qayd etish mumkin. Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida sohasi, yo’nalishi sifatida shakllandi, muttasil rivojlanib kelmoqda, yangidanyangi nazariy umumlashmalar qilinmoqda. Avvalo, shuni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling