2021 bobur g‘azallarida gul timsolining badiiy talqinlari umida Kamolova
Download 405.38 Kb. Pdf ko'rish
|
bobur-g-azallarida-gul-timsolining-badiiy-talqinlari
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 343 w www.oriens.uz September 2021 bo‘lmasin, u toqat qiladi, chidaydi...Sadoqatli oshiq sevgilisidan xafa bo‘lmaydi, unga shodu xurramlik tilaydi[Qayumov A, 2008:30]: Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol, Men archi dahr bog‘idin xazon yafrog‘idek bordim[Bobur, 2019:69] - Tahlilga tortilgan aksariyat baytlarda yor yuzi gulga qiyoslangan, ayrimlarida esa ma’shuqaning o‘ziga “ey gul” deya murojaat qilingan. Ushbu misralarda oshiq ma’shuqasining latofat gulshani, ya’ni yoshlik chamanida gul singari sabzu xurramlikda bo‘lishini xohlaydi... Shuning barobarida o‘z holatini xazon yafrog‘iga qiyoslaydi. Ayon bo‘ladiki, shoir tazod san’atini qo‘llagan. Boshqa bir g‘azalda quyidagi bayt keltirilgan: Gahi guldek yuzini ul shakar so‘zlukni islasam, Gahi shakkar kibi ul yuzi gulning la’lidin totsam[Bobur, 2019:71] - Avvalgi misrada “guldek yuz” birligi mavjud. Bunda gul –mushabbih, yuz – mushabbihunbih, -dek – vositai tashbeh, chiroylilik, go‘zallik sifati – sababi tashbehni hosil qilmoqda. Demak, tashbeh san’ati qo‘llangan. Keyingi satrga e’tibor qaratilsa, “yuzi gul” ifodasi uchraydi. Bunda “guldek yuz” va “yuzi gul” tardi aks san’atini yuzaga keltirgan. Binobarin, “tardi aks – arabcha teskari qilib takrorlash. Bu san’at takrirning o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, uning talabiga ko‘ra, she’r misrasidagi so‘z birikmasi yoki misraning o‘zi keyingi misrada teskari qilib takrorlanadi”[Sulaymonov Sh, To‘xsanov Q, 2009:114]. XULOSA Umuman, Bobur g‘azallarida gul timsoli orqali yor go‘zalli, husnu chiroyi, nozikligi, gulning tikani vositasida uning oshiq ko‘ngliga solgan jafosi tasvirlangan. Shuning barobarida o‘quvchi qalbiga yaqin ifodalar, beqiyos tasvirlarda tazod, tanosib, ishtiqoq, mubolag‘a, tamsil, tardi aks kabi badiiy tasvir vositalari imkoniyatlaridan foydalanilgan. REFERENCES 1. Bekmirzayeva Xosiyat. Gul va bulbul //Yoshlik. 2014. 2 - son. 2. Bobur. Har kimki vafo qilsa. –Toshkent: Yangi asr avlodi. 2019. 160 b. 3. Sulaymonov Sh., To‘xsanov Q. Adabiyotshunoslik atamalarining qisqacha izohli lug‘ati. – Buxoro. 2009 4. Qayumov A.Zahiriddin Muhammad Bobur. ––Toshkent: Fan. 2008.52b. Download 405.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling