2021 bobur g‘azallarida gul timsolining badiiy talqinlari umida Kamolova
Download 405.38 Kb. Pdf ko'rish
|
bobur-g-azallarida-gul-timsolining-badiiy-talqinlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 8 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 341 w www.oriens.uz September 2021 satrlarida shoir soqiyga murojaat qilib, unga aysh vaqtining boqiy emasligini uqtiradi, takror-takror chog‘ir tutmoqqa undaydi, shuning barobarida g‘aflatda qolmay, gul chog‘ini g‘animat bilmoqlikni ham ta’kidlaydi. MUHOKAMA VA NATIJALAR Mazkur misrada “gul chog‘i” birikmasi orqali yoshlik, inson umrining eng g‘animat onlariga ishora qilingan. Bunda yoshlikni, umrning gul chog‘ini g‘animat bilib, behudaga sarflamay, qalbni ezgulikka to‘ldirish, xush –xursandlik o‘tkinchi ekani, umr mazmunini mehnat, ilm bilan bezamoqqa undovchi jihatlar gavdalantirilgan. Demak, baytda gul so‘zi shoirning falsafiy mushohadasining badiiy ifodasi uchun xizmat qilan Yana bir g‘azalida Sen gul kibi to g‘amzadasen husnunga mag‘rur, Bulbul kibi g‘amzadamen husanunga hayron [Bobur, 2019:37], misralari keltirilgan. Bunda g‘amzadasen, g‘amzadamen singari bir-biriga ohangdosh so‘zlarni ko‘rish mumkin. Ammo bu ikki so‘z baytda ikki ma’noni ifodalaydi. Mohiyatan “g‘amzadasen” – noz-ishva qilyapsan, “g‘amzadamen” – g‘amnokman ma’nosida. Ya’niki, sen gul kabi husningga mag‘rur, noz-ishva bilan mashg‘ulsan, men esa bulbul singari chiroying g‘amnokiman, husningni ko‘rmoq qayg‘usidaman. Aytish kerakki, ushbu satrlarda ijodkor tashbeh san’ati imkoniyatlaridan unumli foydalanib, o‘z holatini bulbulga, yorni esa gulga o‘xshatadi. Bundan tashqari, “gul kibi g‘amzadasen” hamda “bulbul kibi g‘amzadamen” birikmalarini mazmunan qarshilantirilgan. “She’r misralarida bir-biriga zid mohiyatga ega narsa-hodisa, belgi, tushunchalarni o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish orqali vujudga keltiriladigan san’at tazoddir” [Sulaymonov Sh, To‘xsanov Q, 2009:111]. Muxtasar aytganda, baytda tazod san’atining go‘zal namunasi hosil qilingan. Boburo, hargiz quloq she’ringg‘a ul gul solmadi, Gulga ne parvoe, yuz faryod qilsa andalib [Bobur, 2019:5]. Baytda o‘xshatish vositalari qo‘llanmagan bo‘lsa-da, mazkur satrlarda yor – ma’shuqa gulga, oshiq –bulbul (andalib)ga qiyoslanganini anglash qiyin emas. Shuni inobatga olgan holda aytish mumkinki, tashbehi sareh she’riy san’ati yuzaga kelgan. Bulbulning yuz faryod qilishi bilan gulning hech parvosi yo‘q. Ma’shuqaning oshiq shoir she’riga quloq tutmagani andalib nolasiga beparvo gul holati bilan dalillanadi. Bu she’riyatda husni ta’lil san’ati deyiladi. “Sendek menga bir yori jafokor topilmas...” deb boshlanuvchi g‘azalining bir satrida ijodkor ma’shuqaga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri “Ey gul” deya murojaat qiladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling