2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21
Viloyat hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 9 va 10-bandlaridagi o‘ziga
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
141-8-0-Q 21 (2)
12. Viloyat hokimining o‘rinbosari ushbu Nizomning 9 va 10-bandlaridagi o‘ziga
yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir. Shu jumladan: yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarga va maqsadlarga erishilishi; yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etilishi; “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida nazarda tutilgan tadbirlarning, xususan, imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlar tadbirkorligining keng rivojlanishi; iqtidorli yoshlarni, shuningdek, yosh oilalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kamayishi; “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun sog‘lomlashtirish oromgohlari va shahar tashqarisidagi uylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralari ko‘rilishi; doimiy ravishda bevosita ta’lim muassasalariga chiqqan holda pedagog xodimlar ish faoliyati samaradorligini oshirishga, ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilishi, o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik uchun qat’iy nazorat amalga oshirilishi, o‘quvchilar to‘garaklarga to‘liq jalb etilishi hamda ularning yozgi va qishgi ta’tillari mazmunli tashkil etilishi; aholi salomatligi ko‘rsatkichlarining yildan yilga yaxshilanishi, ayniqsa, aholining o‘rtacha umr ko‘rish yoshining oshishi, onalar va bolalar o‘limi, baxtsiz hodisalardan o‘lim, yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan barvaqt o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayishi, onkologiya kasalliklaridan besh yillik yashash ko‘rsatkichi oshishi, bir yillik o‘lim ko‘rsatkichining Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling