2021 йил «12» сентябрь 141-8-0-Q/21


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/115
Sana30.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1309672
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
141-8-0-Q 21 (2)



e-qaror.gov.uz
12.10.2022
1
2021 йил «12» сентябрь
141-8-0-Q/21
Сурхондарё вилояти ҳокимлиги
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi “Mahalliy
ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda
faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni
tasdiqlash haqida”gi 548-sonli qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari
rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaxsiy masʼuliyatini
kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-avgustdagi PQ-5230-
son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi
“Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda
faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni
tasdiqlash haqida”gi 548-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida
QAROR QILAMAN:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-avgustdagi “Mahalliy
ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda
faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni
tasdiqlash haqida”gi 548-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi viloyat hokimi oʻrinbosarlarining
funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi
nizomlar 1-16 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
hokim oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari;
hokim oʻrinbosarlarining zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqadigan, ular
amalga oshiradigan funksiyalar;
hokim oʻrinbosarlarining huquqlari, shaxsiy masʼuliyati va javobgarligi;
hokim oʻrinbosarlarining faoliyatini tashkil etish hamda uni baholash;
hokim oʻrinbosarlarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling